1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
Entobaktyerin - bu preparat ham entomopatogen mikroblar, baktyer
turingaenzis sporasidan iborat. 1 gg dorida 30 mlrd mikrob bor. Atmosfera havosi orqali katta koncentraciyada o’pkaga tushsa, 5 kunda bu mikrob o’pkaning hamma joyida ko’payishi mumkin, preparatning 2,5-3 grammi hayvonlar o’limiga sabab bo’ladi. 1 m 3 havoda 330 u preparat ishlatilganda ma’lum vaqt o’tgach 1 dan 20 minggacha mikrob topishi mumkin (V. I. Murza). Bu preparatdagi mikroblar 28-30°S da rN - 4,5 dan - 10,5 gacha bo’lganda yaxshi rivojlanar ekan. Preparatni o’simliklarga samolyot yoki traktorlar yordamida sepilsa atmosfera havosi anchagina ifloslanadi. SHuningdek, qishloq xo’jaligida mog’orli sporali dorilardan bi- toksibacillin, bovyerin va boshqalar keng ko’lamda ishlatilmoqda. Hasharot va o’simliklarning turli kasalliklariga qarshi ishlatiladigan biologik dorilarning hujayralarida oqsil moddalari bo’lganligidan, u moddalar ko’p miqdorda kishi organizmiga turli yo’llar bilan tushib uning sezgirligini oshirib, allyergiya kasalliklarini keltirib chiqaradi. Ular qisman zaharli bo’lsada, ammo tyeri shilliq qavatlarining yallig’lanish kasalliklarini keltirib chiqaradi. SHuning uchun ham gigienistlar tomonidan ishlab chiqilgan gigienik normalarga amal qilib turar joylar bilan dori sepiladigan maydonlar oralig’idagi sanitariya himoya chegaralarining saqlanishi dorilangan maydonlardan shamol vaqtida dorilarni aholi turar joylariga uchib kelishi oldini oladi. Biologik preparatlar bilan ishlaganda sanitariya nazoratini olib borish ikki mutaxassisning ya’ni kommunal gigiena va mehnat gigienasi bo’yicha sanitariya vrachining zimmasiga tushadi. Demak, biologik preparatlar bilan ishlayotganda kishilarning mehnat gigienasi bilan birga kommunal gigiena ob’yektlari - havo, suv, tuproqning ifloslanishi, ularning odam organizmiga ta’siri o’rganiladi, laboratoriya yordamida olingan ma’lumotlar, tekshirishlarga asoslanib sanitariya va gigiena tadbir-choralari ishlab chiqiladi. IX BOB Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling