3-Laboratoriya ishi Xayotchan achitqi hujayralarini begona mikrofloraning miqdori bilan baxolash. Ishdan maqsad
Download 0.53 Mb.
|
3-laboratoriya FB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jixoz va uskunalar
- Ishni bajarish tartibi
3-Laboratoriya ishi Xayotchan achitqi hujayralarini begona mikrofloraning miqdori bilan baxolash. Ishdan maqsad: 1. Ozuqa muxitidan saxaroza substratining kamayib borishi. (achitqilar tomonidan saxarozani o’zlashtirish natijasida); 2. Achitqilar biomassasining o’sishi; 3. Ozuqa muxitidan ajralgan etanolning miqdori; 4. Ajralib chiqqan karbonat angidridning miqdori; 5. Substrat bo’yicha biomassani xosil bo’lish samaradorligi; Saccharomyces cerevisiae zamburug'i – nopatogen bir hujayrali mikroorganizm. Hujayra diametri – 5 mkm. Ko'p jihatdan ichak tayoqchasiga o'xshaydi. Saccharomyces cerevisiae metabolizmi, genetikasi va molekulyar biologiyasi yahshi o'rganilgan. Saccharomyces cerevisiae ichak tayoqchasi kabi oddiy ozuqa muhitida ham ko'payaveradi. Bu zamburug' qandlarni etanol va karbonat angidridga aylantira oladi. Qadimda zamburug'ning ushbu hususiyatidan alkogol ichimliklar, non mahsulotlari tayyorlashda foydalanilgan. Bugungi kunda butun dunyoda 1 mln.tonna Saccharomyces cerevisiae zamburug'i ishlatiladi. S. cerevisiae ilmiy tadqiqotlar uchun ham kerakli mikroorganizmdir. Hususan, eukariotlarni, jumladan, inson hujayralarini o'rganishda S. cerevisiae juda qulay model bo'lib hizmat qiladi. Chunki zamburug'ning aksariyat genlari insonnikiga o'hshashligi aniqlangan. Bu kashfiyot inson tanasida turli o'simtalarni paydo bo'lishiga sabab bo'luvchi genlarni topish va ularni tavsiflashga imkon berdi. Shuningdek inson DNK sini o'rganishda albatta S. cerevisiae genetik sistemasidan foydalaniladi. 1996 yilda eukariotlar orasida eng birinchi bo'lib S. cerevisiae zamburug'I xromosomalaridagi barcha nukleotidlar ketma-ketligi aniqlandi. Bu esa zamburug'ning ilmiy ahamiyatini yanada oshirdi. Kerakli jixoz va uskunalar: -Saccharomyces cerevisiae, -250ml kolba, -avtoklav, -agar quruq preparati, -buyum oynachasi, -etil spirti 96%, -mikroskop, -fuksin (gramm bo’yicha bo’yash), -distillangan suv, -filtr qog’oz, -mikrobiologik tayoqcha, -lyugol eritmasi, Saccharomyces cerevisiae Avtoklav Ishni bajarish tartibi: Ishni boshlashdan avval achitqilar kulturasining tozaligi va xayotchanligini tekshirish kerak. Oziqa muxitini tayyorlash: Kolbaga 3.8 g agar-agarning quruq preparati 100 ml distillangan suvga solinadi va to’liq qaynaguncha suv xammomida qizdiriladi. 250 ml li kolbaga eritma filtrlab olinadi. Kolbaning og’zi paxtali probka qog’ozli qalpoq bilan berkitilib 1200 C da 20 minut davomida avtoklavda sterillanadi. Sterillangan ozuqa muxiti 45- 500C gacha sovutiladi va quyib olinadi. Sterillikni tekshirish uchun termostatga 48 soatga 37 0 C ga qo’yiladi. Sterillangan suyultirilgan hujayra suspenziyalarini tayyorlash. Probirkaga 0.1 g quruq achitqi solinadi so’ng 1 soat xona xaroratida ushlab turiladi. Tayyorlangan suspenziyadan steril pipetka yordamida 1 ml o’lchab olinib boshqa probirkaga solinadi va sterillangan suv bilan xajmi 9 ml gacha yetkaziladi. Probirka ichidagi suyuqlik pipetka orqali havo oqimi yordamida yaxshilab aralashtiriladi. So’ng shu probirkadan 1 ml suspenziya olinib sterillangan petri kosachasiga solinadi. Yana xuddi shu suspenziyadan 1 ml olib 9 ml li distillangan suv solingan probirkaga solinadi. Shunday tarzda 3 ta petri kosachaga suspenzya ekiladi. Tekshirilayotgan achitqi suspeziyalari 1:10, 1:100, 1:1000. Petri kosachalarni tag qismini tepaga qaratilgan xolda 370Cga qo’yiladi. 48 soatdan keyin o’sib chiqqan kolonniyalarni ularni rangini tavsiflash shakli, o’lchamlari aniqlandi. Xar bir o’sib chiqqan kolonniyalar mikroskopda ko’riladi. Buning uchun surtma tayyorlash uchun 2-3 ta izolirlangan kolonniya ajratib olinadi. Tirik hujayralarni bо‘yash. Hujayralarning ba’zi xususiyatlarini va ulardagi qо‘shilmalarni aniqlash uchun mikroorganizmlarni tirik holda bо‘yash usulidan foydalaniladi. Bо‘yoq moddalarning zaharliligini hisobga olgan holda, tirik hujayralar neytral qizil, neytral binafsha, kо‘k metilen, fkusin, eozin va eritrozinlarning juda kam miqdordagi (0,001-0,0001%) konsentratsiyalari bilan bо‘yaladi. О‘rganilayotgan mikroorganizmlar tomchisi buyumoynasida bо‘yoq aralashmasi tomchisi bilan aralashtiriladi, qoplagich oyna bilan yopiladi va 2-3 minutdan sо‘ng mikroskopda qaraladi. Mikrobiologiya texnikasida mikroorganizmlarni bо‘yash uchun quyidagi anilin bо‘yoqlari ishlatiladi: qizil bо‘yoqlardan – asosiy fuksin, eritrozin; kо‘k bо‘yoqlardan- metilin kо‘ki, tionin; binafsha bо‘yoqlardan – gensian violet, metil violet va boshqa bо‘yoqlar ishlatiladi. Mikroorganizmlar quyidagi usullarda bо‘yaladi: Oddiy usul. Bunda fiksatsiya qilingan preparatlar faqat bir hil fuksin, metilin kо‘ki, gensian violet kabi bо‘yoqlar bilan bо‘yaladi. Murakkab usul. Bunda fiksatsiya qilingan preparat bir necha xil bо‘yoq bilan bо‘yaladi. Masalan: bakteriyalarni gramm va bakteriya sporalarini sil-nilsen usulida bо‘yash. Nazorat uchun savollar: Saccharomyces cerevisiae zamburug'i haqida qanday nazariy ma’lumotlarga egasiz? Bugungi kunda butun dunyoda qancha miqdorda Saccharomyces cerevisiae zamburug'i ishlatiladi va qaysi sohalarda? S. cerevisiae zamburug'Ii xromosomalaridagi barcha nukleotidlar ketma-ketligi qachon aniqlandi? Mikroorganizmlar qanday usullarda bо‘yaladi? Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling