Sut kislotali bijg’ish Reja: - 1. Eritma tayorlash
- 2. Bijg‘ish jarayonini olib borish mexanizmi.
- 3. Sut kislotali bijg‘ish kо‘zg‘atuvchisini mikroskopda kо‘rish.
- Asbob va reaktivlar: mikroskop, buyum oynalari, bakterial ilmoq, qatiq, tuzlangan bodring va karam namakoblari, 1% li fenol eritmasi, G‘yesl3 ning 1% li eritmasi, Lyoffler sinkasi va fuksin bо‘yog‘i.
- Sut kislota hosil bо‘lganligini aniqlash uchun Uffelman reaksiyasi о‘tkaziladi. Buning uchun probirkaga fenolning 1% li eritmasidan 3 ml quyib, unga bir necha tomchi FeCi3 eritmasi qо‘shilsa, aralashma kо‘k rangga kiradi. Shu probirkaga tuzlangan bodring yoki karam namakobi qо‘shilgandan keyin eritmaning rangi sarg‘ayishi tarkibida sut kislota borligini bildiradi. Qatiq tarkibida sut kislota borligini aniqlashda ham shunday hodisa yuz beradi.
- Qatiqdan kuyidagi usulda preparat tayyorlanadi: oddiy buyum oynasida qatiqdan mazok tayyorlanib quritiladi. Fiksatsiya qilish uchun mazok ustiga 10 tomchi spirt-efir aralashmasi tomizilib, sо‘ngra 5—10 minut tinch koldiriladi. Spirt-efir aralashmasi ta’sirida qatiq tarkibidagi yog‘ zarrachalari yо‘qoladi, bakteriyalar esa nobud bо‘lib, oynaga yopishib qoladi. Ma’lum vaqtdan sо‘ng mazok Lyoffler sinkasi bilan bо‘yaladi va mikroskopda kо‘riladi. Bunda oval shakldagi va bir-biriga zanjir halqalariga о‘xshab ulangan streptokokkus laktis hamda uzun tayoqcha shaklidagi bakterium bulgarikum kо‘rinadi (80- rasm, a, b).
- Bodring namakobida bakterium kukkumeris fermentati, karam namakobida esa bakterium brassika nomli bakteriyalar mayda tayoqcha shaklida kо‘rinadi. Ularni kо‘rish uchun namakobdan mazok tayyorlanib, havoda quritiladi, spirt lampa alangasida fiksatsiyalanadi va bо‘yalgandan sо‘ng mikroskopda kо‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |