Xossalariga xos tajribalar


Download 153.2 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.04.2023
Hajmi153.2 Kb.
#1346084
Bog'liq
laboratoriya ishi-15



15-LABORATORIYA ISHI 
MURAKKAB EFIRLAR, YOG‘LAR VA MOYLARINING KIMYOVIY 
XOSSALARIGA XOS TAJRIBALAR. 
 
1-tajriba

Oleinkislotaning xossalari

Reaktivlar: 
Olein 
kislota, 
bromli 
suv, 
kaliy 
permanganatning 1% li eritmasi, o’yuvchi natriyning 10% li eritmasi. 
Ish tartibi 
a) Olein kislotaning bromli suv bilan 
reaksiyasi
.
Probirkaga 3-4 ml bromli suv quyib, ustiga 2-3 tomchi olein 
kislotasidan qo’shing va chayqating. Bromli suvning rangsizlanishini kuzating. 
b)olein kislotaning oksidlanishi
. Probirkaga 4-5 ml kaliy permanganatning 
ishqoriy eritmasidan quyib, uning ustiga 2-3 tomchi olein kislotasidan qo’shing 
va yaxshilab chayqating. Natijada kaliy permanganat eritmasining rangi 
yo’qoladi va dioksistearin kislotasi hosil bo’ladi. 
 
Savollar va topshiriqlar.
1. 
Olein kislotasiga bromning birikishi reaksiyasi tenglamasini yozing. 
2. 
Olein kislotaning oksidlanishi reaksiyasi tenglamasini oxiriga etkazing va 
koeffsientlarini qo’yib tenglashtiring: C
17
H
33
COOH+KMnO
4
+HOH→ 
3. 
Yuqorida keltirilgan sifat analizida qanday maqsadda ishlatiladi?
2-tajriba

Paxta moyining sovunlanishi

Reaktivlar:
O’simlik (paxta) moyi, etil spirti, 40% li o’yuvchi natriy eritmasi. 
Ish tartibi 
Probirkaga 3 ml paxta moyi solib, ustiga 5 ml etil spirti va 5 ml 40% 
li ishqor eritmasidan qo’shing. Probirkani havo sovutgich (shisha nay o’rnatilgan 
tiqin) bilan berkiting, suv hammomida 8-10 minut qizdiring. Bunda sovunlanish 
reaksiyasi sodir bo’ladi. Aralashmani taxminan 50 ml suv solingan stakanga 
ag’daring va aralashtiring. 
Natijada tiniq eritma hosil bo’ladi. Shu eritmadan 2-3ml olib, suv qo’shib 
chayqatilsa sovun ko’piklari paydo bo’ladi. 
 
Savollar va topshiriqlar. 
1. 
Paxta moyini - triolein glitseridi deb hisoblab, uning struktura 
formulasini yozing. 
2. 
Moyning sovunlanishi reaksiyasi tenglamasini yozing.
3-tajriba

Moy emulsiyalarini hosil qilish

Paxta moyi, 10% li o’yuvchi natriy eritmasi, 10% li natriy karbonat eritmasi, 
sovun eritmasi. 
Ish tartibi
To’rtta probirka olib, ularning har biriga 2-3 tomchidan paxta moyi 
solib, biriga 2ml suv, ikkinchisiga 2ml o’yuvchi natriy eritmasi, uchinchisiga esa 2 
ml natriy karbonat eritmasi, to’rtinchisiga, 2ml sovun eritmasi qo’shing. So’ngra 
probirkalarni kuchli chayqating va 3-5 minutdan so’ng probirkalardagi moy 
emulsiyalarining barqarorligini aniqlanadi. Moyning suvdagi emulsiyasi beqaror 
bo’lib u tezda buziladi.
 


4-tajriba

Fenolftaleyni olish
Reaktivlar
Ftal angidrid, fenol kristallari, konts. H
2
SO
4
, 10% li 
:
ishqor 
eritmasi, etil spirti. 
Ish tartibi
Quruq probirkaga taxminan 1g ftal angidridi va o’shancha fenol 
kristallaridan olib, 2-3 tomchi kontsentrlanganH
2
SO
4
qo’shing. Aralashmani biroz 
qizdirib, so’ng sovuting va 2ml etil spirti qo’shib eriting. Hosil bo’lgan fenolftaleyin 
eritmasidan bir necha tomchisini boshqa probirkadagi 10% li ishqor eritmasiga 
qo’shganda u qizil rangga bo’yaladi. Shu probirkaga HCl eritmasidan qo’shilsa rang 
yo’qoladi. 
 
 
 
 
Savollar va topshiriqlar. 
1. 
Ftal angidrid va fenoldan fenolftalein olish reaksiyasi tenglamasini yozing. 
2. 
Nima uchun fenolftalein qo’shilgan eritma ishqoriy muhitda qizilga 
bo’yaladi, kislotali muhitda rangsizlanadi? 

Download 153.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling