I-ma’ruza. Neft emulsiyalarini hosil bo‘lishi va ularni tasniflari. Reja
Download 257.6 Kb. Pdf ko'rish
|
1-МАЬРУЗА
I-MA’RUZA. Neft emulsiyalarini hosil bo‘lishi va ularni tasniflari. REJA: 1.1.Umumiy tushunchalar. 1.2.Neft va gazning hosil bо‘lishi tо‘g‘risidagi gipotezalar. 1.3.Neft va gaz hosil bо‘lishining noorganik nazariyasi 1.4. Neft va gaz hosil bo‘lishining organik nazariyasi 1.5. Neft emulsiyalari. Emul’siyalarni hosil bо‘lishi va ularni tasniflari. 1.1. Umumiy tushunchalar Neft va gaz sanoati xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishi davlatimizning iqtisodiy salohiyatini belgilaydigan sohalardan biridir. Keyingi yillarda Respublikamizning neft va gaz sanoati juda tez sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda, neft va gazni qazib chiqarish miqdori ancha o‘sdi hamda neft mustaqilligiga erishildi. Respublika hududidagi konlardan qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz barcha turdagi ishlab chiqarish korxonalari va aholining gazga bo‘lgan talablarini qondirish bilan bir qatorda xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda. Neft va gaz qazib chiqarishning o‘sishi yangi neft va gaz uyumlari va konlarini ochish va konlarni ishlatish samaradorligini oshirish hamda zaxiralardan foydalanish darajasini ko‘paytirishning yangi usullarini qo‘llash kabilar evaziga erishilmoqda. Bunday murakkab masalalarni yechishda neft va gaz geologiyasi va qidiriv ishlari muhim o‘rin tutmoqda. Neft va gaz uyumlarini geologik tadqiq qilish usullari so‘nggi yillarda jadal mukammallashdi. Neft va gaz konlarini loyihalash va ishlatishni tahlil qilish hozirgi kunda to‘liq kon geologiyasi ma'lumotlari asosida amalga oshiriladi. Keyingi yillarda yangi neft va gaz konlarini aniqlashda quduqlar kesimini mufassal taqqoslash yo‘li bilan yer osti qatlamlarini xaritalash ishlari kon geologiyasi tadqiqotlaridan foydalanilgan holda olib borilmoqda. Geologiya - bu litosferaning tarkibi va tuzilishi, ichki va va tashqi yuzalarida sodir bo‘ladigan jarayonlar, bu jarayonlarning sabablari, sodir bo‘lish qonuniyatlari va rivojlanish bosqichlari hamda yerning tarkibi, tuzilishi va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadigan sohadir. Geologiya yer bag‘ridagi barcha turdagi foydali qazilmalarning konlarini, shu jumladan neft va gaz konlarini, izlash va qidirish hamda ularni ishlatish uchun nazariy asos hisoblanadi. Download 257.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling