1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
YUqumli kasalliklar bo’limi
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
YUqumli kasalliklar bo’limi. Bu bo’limlarning o’ziga xos tomonlari
ularni qurish uchun maxsus loyihalar chizishni taqazo qiladi. Asosiy maqsad, bo’lim ichida boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olishga qaratilgan bo’ladi, hamda bo’limdagi bemorlar o’z kasalliklarini boshqalarga yuqtirmaslik chora-tadbilari kuriladi. SHuning uchun ham yuqumli kasalliklar bo’limi, shifoxonalar hududida alohida binoga joylashtiriladi. YUqumli kasalliklar bo’limida har bir infekciya uchun boks yarim boksli xona bo’lib, tashqi tomondan bemorlarni kirishi uchun mo’ljallangan eshik qurish ko’zda tutiladi. Bu boksining ichki tomonida bemor uchun zarur sharoitlar tug’diriladi. U tuzalgandan so’ng o’sha tashqi eshikdan chiqarib yuboriladi. Boks tarkibiga palata (1 yoki 2 o’rinli), hojatxona, vanna va xodimlar 340 kirib-chiqishi uchun mo’ljallangan shlyuz va yo’lakcha kiradi. Bir o’rinli boks uchun 22 m 2 va ikki o’rinli boks uchun 27 m 2 joy ajratiladi. YArim boksli xonalarning o’ziga xos tomoni shundaki, ularning eshiklari tashqi tomonga ochilmaydi, kasallarni qabul qilish yoki jo’natish bo’lim yo’laklari orqali amalga oshiriladi Ikki qavatli yuqumli kasalliklar shifoxonasida boks va yarim bokslar har bir qavatda tashkil qilinadi. Boksli yoki yarim boksli qismlardan tashqari, yuqumli kasalliklar shifoxonasida umumiy palatali bo’limlar ham bo’ladi. Bu palatalarda albatta bir xil kasallikka uchragan bemorlar davolanadi. Jumladan, qorin tifi bilan og’rigan bemorlar bir bo’limda, sarig’ kasali bilan og’rigan bemorlar ikkinchi bo’limda davolanadilar. Har bir yuqumli kasallik bo’limi alohida-alohida bo’lishi kerak. Sog’liqni saqlash tajribasidan ma’lum bo’lishicha yuqumli kasalliklarni qabul qilish uchun eng kamida 4 bo’lim bo’lishi talab qilinadi. Jumladan, boks, yarim boksli bo’limlar va kichik palatali bo’limlar. Bu bo’limlarning ichki va tashqi eshiklari bo’lib, kasallar tashqi eshik orqali qabul qilinadi. Ichki eshik esa shifoxona xodimlarining kirib-chiqishi uchun mo’ljallangan bo’ladi. Idish-tovoqlar bo’limning o’zida tozalab yuviladi, qaynatiladi, bir bo’limning idish-tovog’i ikkinchi bo’limga byerilmaydi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling