1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
MIKROBLARGA QARSHI KURASH
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
MIKROBLARGA QARSHI KURASH
SHifoxonalarda ichki mikroblarning tarqalishini oldini olish uchun infekciyalar bilan zararlangan bemorlarni ajratib, ularni alohida palatalarda izchillik bilan davolash, ular bilan muloqotda ehtiyot bo’lish, ya’ni nafas yo’llariga fil’trli niqoblar kiyish, palataga kirishdan oldin va chiqqandan so’ng qo’lni dezinfekciya qilish, bemor foydalangan narsalarni maxsus idishlarda dezinfekciya eritmalariga solib olib chiqib ketish kerak bo’ladi. Palata yoki shifoxonalarda olib boriladigan tadbir-choralar qanday infekciya bo’lishidan qat’i nazar epidemiologik holatga qarab belgilanadi. Masalan; adenovirus infekciyalari tarqalsa, birinchidan shaxsiy gigiena qoidalarini bajarish tavsiya etiladi. SHuningdek yo’talganda, aksirganda qo’l bilan yoki dastro’mol bilan og’iz-burinni to’sish, bemor tomonga qarab yo’talmaslik, aksirmaslik, kundalik dizenfekciya ishlarini olib borish, bemorlarni ajratilgan palatalarda saqlash va davolash maqsadga muvofiqdir. SHifoxona ichki infekciyasi tarqalishining oldini olish ishi sanitariya vrachlari bilan klinicistlar va elidemiolog, baktyeriologlar hamjihatligida olib borilishi kerak. Infekciya tarqalishining oldini olish uchun bemorlarni davolashda antiseptik dorilardan foydalanish, ularni sifatli ovqatlantirish, vaqti-vaqti bilan palatalarni shamollatish, dezinfeciya ishlarini bajarish kerak bo’ladi. 353 Bemor atrofidagi muhitni yaxshilab, kerakli sharoitni tug’dirish, shuningdek infekciya bilan zararlangan zonalarda karantin e’lon qilish katta ahamiyatga ega. Masalan, yangi tug’ilgan bacilla tashuvchi bolalar burnining shilliq qavatlariga antiseptik kremlardan surilsa, bacilla tashuvchilar miqdori 100- 80% dan 20% gacha kamayadi. YOki shifoxonalarda ishlatiladigan choyshab, sochiq va ko’rpa-to’shaklarni dezinfekciya qilish maqsadida ularga dezinfekciya qiladigan moddalar shimdiriladi. Maqsad, yuqorida zikr qilingan narsalar orqali bemorlarga mikroblar yuqishini oldini olishdir. Kimyoviy dezinfekciya moddalaridan biri emul’sol’ eritmasi bo’lib, 0,5 kg emul’sol’ 1 litr toza suvda eritiladi so’ng unga choyshab va boshqa narsalar bo’ktirib qo’yiladi, 2-3 minut o’tgach emul’siyaga bo’ktirilgan narsalar olinib siqiladi va yoyib qo’yiladi. Palata xonasi sut kislotasi, glikol va boshqa kimyoviy moddalar bilan ham dezinfekciya qilinishi mumkin. Palatalardaga infekciyalarni yo’q qilish uchun fizik usullardan ham foydalanish mumkin. Bu o’rinda palatalarni infekciyalardan tozalashda ul’trabinafsha nurlaridan foydalaniladi. Dezinfekciya turli buyumlarni infekciyalardan tozalash maqsadida qilinadi. Buning uchun mikroblarni yo’q qiladigan usullardan foydalaniladi. Dezinfekciya yordamida turli mikroblarning tarqalishi kamayadi. Nemis olimlari dezinfekciyani darajasiga qarab 4 guruhga bo’lishni tavsiya qiladi: 1) A - darajali dezinfekciya - bunda yuqumli kasalliklarni o’zg’atuvchi mikroblar juda tez qiriladi. Jumladan, rikketsiyalar, mikoplazmalar, asparogen mikroorganizmlar va boshqalar. 2) V - darajali dezinfekciya - bunday dezinfekciyalar juda chidamli mikroblarga qarshi olib boriladi, ya’ni viruslarga, sta- 354 3) filokokklarga, sil kasali mikroblariga, mog’orlarga qarshi. Viruslarga qarshi dezinfekciyada aktiv moddalar bo’lmish formal’degid, xloramin, achigan sirka kislotasi, spirt va boshqalardan foydalaniladi. SHifoxona xodimlari epidemik holatga qarab epidemiologlar, dezinfekcionistlar bilan kelishib ishni to’g’ri tashkil qilsalar kasalxona ichki infekciyalari tarqalishining oldi olinadi. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari. Bular ham davolash muassasalari qatoriga kiradi. Bu muassasalarda bemorlar tibbiyotning barcha sohalari bo’yicha tibbiy yordam oladilar. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari aholiga qulay joyga joylashgan bo’lib, zarur diagnostik davolash asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Ambulatoriya va poliklinikalar maxsus loyihalar asosida sanitariya normalariga va qoidalariga amal qilgan holda qurilipsh kerak. Poliklinikalar keng qilib qurilgan dahlizdan (vestibyuldan) boshlanadi. Dahlizda odamlarning echinishi uchun alohida joy (gardyerob) bo’ladi. Bu yerda maxsus tayinlangan xizmatchi kelib-ketganlarning ustki kiyim- boshini olib-byerib turadi. Poliklinika xodimlarining kiyimlari uchun alohida joy ajratiladi yoki xodimlar uchun alohida kirish eshigi va kiyim echadigan joy loyihada ko’rsatilishi kerak. Poliklinikaga kelgan bemorlarni ro’yxatga olish uchun maxsus ro’yxatxona ajratiladi. Poliklinikada bemorlarning qabul qilish xonalari ma’lum bir tartibda joylashtiriladi. Sil kasalliklari, asab kasalliklari va tyeri-tanosil kasalliklarini qabul qilish muassasalari alohida dispansyerlar tipida quriladi. Katta poliklinikalarda, ma’bodo tyeri-tanosil kasalliklarini qabul qilish ko’zda tutilgan bo’lsa, ularni kirish eshiklari alohida quriladi. Har bir vrachning mutaxassisliklariga qarab xonalarning kattaligi har xil bo’ladi - jumladan tyerapevtlar uchun 12 m 2 maydon ajratilsa, ko’z vrachlari, quloq-tomoq vrachlari uchun 18 m 2 joy ajratiladi. Jarrohlar, ftiziatrlar, tyeri-tanosil kasalliklari vrachlari uchun 18 kg joy ajratiladi. 355 Umuman olganda hamma soha vrachlari xonasining sanitariya normalari va qoidalari loyihada aniq ko’rsatiladi. Majlislar o’tkazish uchun poliklinikalar qoshida katta majlislar zali qurilishi kerak. SHuningdek sanitariya-maorif ishlarini olib borish xonalari ham loyihada ko’zda tutiladi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling