1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


UY-JOY SHAROITIDA HAVONING HOLATI


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

UY-JOY SHAROITIDA HAVONING HOLATI 
Uy-joy xonalaridagi sharoitning yaxshi bo’lishi uning havosiga 
bog’liq. Uy-joy xonalaridagi mo’tadil iqlim kishi organizmiga ijobiy ta’sir 
qiladi. Buning uchun uy havosini vaqti-vaqtida almashtirib turish, havoni 
oksigen bilan boyitishning ahamiyati juda katta. Tashqi havo bilan uy 


371
havosining tabiiy ravishda almashinib turishi shamol bosimi va gravitaciya 
harakatlariga bog’liq. Odatda 1 m
2
devordan o’tadigan havo 10 m
3
ga teng 
bo’lib bu bir soat davomida amalga oshadi. Havo devor g’ovaklari orqali 
juda sekin harakatlanadi. 
Havoning sifati miqdoriy ko’rsatkichlar yordamida aniqlanishi 
mumkin. Jumladan, havo tarkibida baktyeriyalar, kimyoviy moddalar va 
gazlar bo’lishi mumkin. Havoning bunday ifloslanishi kishi organizmida 
modda almashinishi, ovqat pishirish va boshqa jarayonlar oqibatida 
kuzatiladi. 
Uy-joy havosi ifloslanishining asosiy sabablaridan biri inson 
organizmining fiziologik jarayonlari oqibatida ajralib chiqadigan 
gazlarning yig’ilib qolishidir. Bunda ammiak, karbonat angidrid, vodorod 
sul’fid, uchuvchi yog’ kislotalari, ammoniy birikmalari, indol, skabol va 
boshqa zararli moddalar yig’ilib qoladi. 
Birinchi bo’lib M. Pettenkoffyer karbonat angidridi gazining 
miqdoriga qarab uy-joy havosining ifloslanishi mumkinligini aniqlagan. 
Ammo karbonat angidrid gazining havoda kam yoki ko’p miqdorda 
aniqlanishi uy havosini toza yoki iflosligidan dalolat byermaydi. Ko’pchilik 
olimlarning fikricha xona havosida ammiak va uning birikmalarining 
topilishi xona havosining ifloslangan-ligidan darak byeradi. 
Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, ammiak va uning birikmalari bo’lgan 
havodan bir necha soat nafas olgan odamning boshi og’rishi, charchashi va 
ishlash qobiliyati pasayishi mumkin. 
Havoning oksidlanish normasi 1 m
3
havoda taxminan 6 mg oksigenga 
teng bo’lsa bunday havo toza hisoblanadi. 1 m
3
havoni oksidlash uchun 10-
20 mg O
2
sarflansa u havo ifloslangan havo hisoblanadi. 
Inson 1 soat mobaynida 0,057 m
3
oksigen yutib, 0,014 m
3
SO
2

chiqaradi. 
Uy-joylarni shamollatishdan maqsad xona havosini yangilash, ya’ni 
bulg’angan uy havosini tashqi yanga havo bilan almashtirish. Uy-joylardagi 


372
havoning almashtirish masalasi birinchi M. Petten-koffyer va K. Flyugge 
tomonidan ko’tarnlgan edi. Ularning fikricha uy-joylarda karbonat 
angidridning gigienik jihatdan yo’l qo’yiladigan normasi 0,07% ga teng. 
O.B. Eliseevaning fikricha bu norma 0,05% tashkil etadi. Ammo M. 
Pettenkoffyer va K. Flyugge tavsiya qilgan norma shu vaqtgacha o’zini 
oqlab kelmoqda. 
SO
2
odam organizmida moddalar almashinuvi jarayonida hosil 
bo’ladigan gazdir. Kishi organizmidan SO
2
moddasidan tashqari boshqa bir 
qancha moddalar ham ajralib, bu uy-joylarda yoqimsiz hidlar tarqalishiga 
sabab bo’ladi. 
Har bir kishiga uy havosi tozaligini saqlash uchun soatiga qancha m
3
toza havo kerak bo’ladi? 
Bu savolga javob berish uchun M. Pettenkoffyer, A.P. Dobros-lavin, 
F.F. Erisman, K. Flyuggelarning fikriga ko’ra yashash joyida har bir kishi 
uchun qancha havo hajmi kerakligani aniqlash kerak bo’ladi. Bu esa uy-joy 
havosi tarkibida SO
2
ning gigienik normasi bilan, atmosfera havosidagi 
SO
2
ning tabiiy miqdori (0,04 %)ni aniqlashga yordam byeradi Hisob-
kitoblar natijasida har bir odam uchun havo hajmi - m
3
da - 37,7 ga teng. 
Ammo, Medicina fanlar akademiyasiga qarashli Umumiy va kommunal 
gigiena ilmiy-tekshirish institutining olib borgan ishlari oqibatida har bir 
kishi uchun kerakli bo’lgan havo hajmi anchagina o’zgardi. 
Sababi shundaki, tekshirish oqibatida uy havosida juda ko’p zararli
gazlarning, ya’ni, dimetilamin, vodorod sul’fid, sirka kis- 
lotasi, aceton, fenol, azot oksidi, dietilamin, dietanelamin, metanol, 
metiletilketon, butan, butilen, benzol, geksan, toluol, xinolin va 
boshqalarying yig’ilib qolishi, odamlarning uy xonalarida qancha vaqt turib 
qolishiga bog’liq bo’lib qoldi. 
Bu moddalarning koncentraciyasi uy havosiga qancha toza havo 


373
byerilishiga bog’liq. Masalan, soatiga 120 m
3
havo byerilsa yig’ilgan uy 
havosidagi zararli gazlar miqdori 80-85% ga kamayadi. Bundan kelib 
chiqadigan xulosa shuki har bir kishi uchun 1 soatda 120 m
3
havoni uy-
joyga berish atropotoksiyalarni, mikroblarni va chang zarrachalarining 
kamayishiga yoki yo’qolishiga olib keladi. 
Demak, uy havosini normal holatini saqlash uchun har bir kishining 
yashash joyi maydoni 17,5 m
2
dan kam bo’lmasligi kerak. 
Ayniqsa hojatxona, oshxonalarni tez-tez shamollatib turish kerak. 
SHamollatish vositalarining yaxshi ishlamasligi uy havosining buzilishiga 
sabab bo’ladi. Uylarda tabiiy gazdan foydalanish uy havosini buzadi. 
Tabiiy gazning yonishi oqibatida havo tarkibidagi musbat zarrachali 
og’ir ionlar miqdori oshib ketadi. Masalan, gaz plitasining 4 ta gorelkasini 
bir necha minut yonishi bir qancha minutdan so’ng 1 sm
3
havodagi og’ir 
ionlar soni 20-30 marotaba oshib, 200000 va undan ortiq musbat zarrali 
ionlarni hosil qiladi. Uy xonasiga har bir kishi uchun 1 soatga - 30 m
3

kichik bolalar uchun - 20 m

havo berish tavsiya qilinadi. SHunda havo 
tarkibi buzilmaydi. Ammo, bu norma qayta ko’rib chiqilishi kerak. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling