1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Turli iqlimli nohiyalar va issiqlikni sezish
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
Turli iqlimli nohiyalar va issiqlikni sezish
Turli iqlimli nohiyalar Tekshirilgan damlar soni Normal issiqlik holatini sezganlar miqdori, da (uy-joy harorati) 20°S gacha 22°S gacha va undan ortiq Birinchi (o’ta sovuq) 656 31,0 69,0 Ikkinchi (sovuq) 1096 53,5 46,5 Uchinchi (mo’tadil) 701 76,8 23,2 To’rtinchi (iliq) 1037 73,0 27,0 Beshinchi (issiq) 232 92,8 7,2 Turli iqlimli nohiyalardagi 2122 uy-joyning issiqlik rejimi o’rganilib quyidagi natija olindi: a) juda sovuq va o’rtacha sovuq bo’lgan nohiyalardagi uy-joylarning 46-70% ning tempyeraturasi 20-22°S atrofida bo’lgan; 364 b) issiq va jazirama issiq iqlimli nohiyalarda joylashgan 63,1-95,2% uy-joylarning issiqligi 17-19°S atrofida bo’lgan; O’zbekiston hududining geografik IV iqlim mintaqasida joylashgan uy-joylarni loyihalashda mikroiqlimning gigienik talabiga mos ish olib borilishi kerak. Ayniqsa, uy-joy iqlimiga O’zbekistonning o’ziga xos iqlimi katta ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun ham uy-joylarni isitish, shovqin-surondan asrash, quyosh nuridan saqlash, havoning kondicion ionlar bilan boyitish, uning nisbiy namligani normallashtirish va boshqalar dolzarb masala bo’lib qoladi. Ayniqsa, ko’p qavatli temir-beton uylarda mikroiqlimni normal- lashtirish og’ir masala bo’lib qoldi. Toshkent va boshqa shaharlarda olib borilgan kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha temir-beton uylarda (yoz oylarida) xonaning havo harorati 32-35,7° S gacha ko’tariladi. Tashqi havo harorati esa shu vaqtda 36°S ni ko’rsatadi. Bu uylarning 1 qavatidagi harorat tashqi havo haroratidan 4°S farqi qilsa, yuqori qavatdagi farq 1°S tashkil qiladi. Issiq iqlim sharoitida uy haroratining bunday bo’lishi aholi sog’lig’iga yomon ta’sir qiladi. Uy harorati 24°S bo’lgan kishilardan so’ralganda 90% kishi qoniqarli deb javob berdi, uy harorati 32°S bo’lganlardan. so’ralganda 100% norozilik javobini berdilar. Ayniqsa, bunday uylardagi haroratning kechga tomon tashqi havo haroratidan farqi qolmaydi, bunda nisbiy namlik 10-20% tushib ketadi. Uy haroratini kondicionyerlar yordamida gigienik norma talab-lariga moslashtirilsa odamlar o’zlarini yaxshi sezishlari mumkin. Ammo, tashqi harorat bilan ichki uy harorati o’rtasidagi 12-15°S farq inson organizmidagi moslanish qobiliyatini buzadi, bu esa o’z navbatida fiziologik o’zgarishlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. O’zbekiston hududida, jamoa binolarining harorati yoz faslida 21- 24°S, qish faslida 20-22°S, nisbiy namlik yoz faslida 45- 55%, qishda 30- 365 50% bo’lishi tavsiya qilinadi. Davolash muassasalari uchun havo tempyeraturasi yoz faslida 24-25°S, qishda esa - 21-23°S; nisbiy namlik - 40-55%, qishda 35-49%, soatiga bir kishi uchun toza havo 90-100 m 3 qabul qilish belgilangan. M.S. Gromosov tomonidan olib borilgan ishlar natijasida turli iqlimli nohiyalar uchun qish vaqtlarida uy-joy havo tempyeraturasi quyidagi holatda alohida-alohida tavsiya qilinadi: Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling