1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


X BO B  TURAR-JOY VA JAMOA BINOLARI GIGIENASI


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

360
X BO B 
TURAR-JOY VA JAMOA BINOLARI GIGIENASI 
 
Respublikamizda keyingi 30-40 yillar mobaynida turar joy binolari 
qurilishining gigiena talablari asosida loyihalash jadal sur’atlar bilan 
amalga oshirilmoqda. 
Turar joy masalasi ijtimoiy masala bo’lib, bunga davlat tomonidan 
katta ahamiyat byerilmoqda. Turar joy qurilishi rejali ravishda aholi 
ehtiyojini qondirish maqsadida tez sur’atlar b’shan amalga oshirilmoqda. 
Bunga Toshkent, Angren, CHirchiq, Qarshi, Nukus va boshqa shaharlar 
qurilishi yaqqol misol bo’la aladi. Har bir inson uchun turar joy zarurligi 
hech kimga sir emas. Agar bu turar joy gigiena talablariga javob byersa nur 
ustiga a’lo nur bo’ladi. 
Turli adabiyotlarda keltirilishicha, aholi o’rtasidagi o’lim, turli 
kasalliklar, bolalar o’limi turar joylarning torligidan, oddiy sanitariya 
talablariga javob byermasligi tufayli sodir bo’lishi qayd etilgan. 
Uy-joyning torligi, bir xonada bir necha kishini yashashi turli yuqumli 
kasalliklarning tarqalishiga sabab bo’ladi. SHuningdek aholi o’rtasida bit 
va burga kabi qon so’ruvchi hasharotlarning ko’payishiga olib keladi. 
Hozir shahar va qishloqlarda turar joy qurilishiga ko’plab yer 
maydonlari ajratilmoqda. Masalan, 1990 yildan boshlab O’zbekiston 
hududida 200000 gektarga yaqin yer maydoni turar joy binolari uchun 
ajratila boshlandi. 
Uy joylarning sanitariya norma va koidalari asosida loyiha-lash va shu 
loyiha asosida qurish katta ahamiyatga ega. Turar joy bi-nolarining 
shovqin-surondan narida bahavoroq maydonga qurish loyihada belgilanishi 
kerak. SHuning uchun ham uy-joylarni loyiha-lashda sanitariya 
vrachlarining ishtirok etishi talab qilinadi. 
Ayniqsa urushdan oldin va keyingi yillarda uy-joy binolari 
loyihalarini tuzishda hamda qurilish jarayonlarida eng talantli gigienist 
olimlar, sanitariya vrachlari faol qatnashdilar. Jumladan S.N. Vetoshkin, 


361
A.3. Zohidov, I.M. Gellyer, N.M. Danicin, M.S. Gro-mosov, A. N. 
Marzeev va boshqalar. Bu olimlarning olib borgan ishlari natijasida uy-joy 
gigienasi ilmi taraqqiy etdi, ular yordamida sanitariya norma va qoidalari 
ishlanib chiqildi. Quruvchi injenyer va texniklar bilan hamkorlikda yangi 
zamonaviy loyihalar, shinam uy joylarning rejalari tuzildi. Ayniqsa iqlim 
sharoitiga qarab uy-joylarni isitish, shamollatish, sun’iy iqlim yaratish va 
boshqa tadbir-choralar ishlab chiqildi. 
Uy-joy gigienasining asosiy vazifasi, uy-joy sharoiti aholi-ning talabi 
darajasida bo’lishi, insonga ijobiy ta’sir ko’rsatadi-gan, uni sog’lig’iii izdan 
chiqarmaydigan, uning yashash sharoitini yax-shilaydigan uy-joy 
qurilishini talab etishdir. Bunda, gigiena tala-biga javob byeradigan qurilish 
matyeriallarini tanlash, uy-joylarni isitish, shamollatish, ularning gigienik 
normalarini ishlab chiqish 
va loyihalash, qurish jarayonida o’sha norma va qoidalarni joriy etish, uy-
joylarni, jamoa imoratlarini loyihalashda, qurishda ogohlantirish sanitariya 
nazoratini olib borish lozim. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling