1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


XONALARNI YORITISH VA ULAR KUNGAYLIGINING


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

XONALARNI YORITISH VA ULAR KUNGAYLIGINING 
GIGIENIK AHAMIYATI 
Abu Ali Ibn Sino quyosh nuri inson yashaydigan xonalarning hamma 


375
burchagigacha etib borishi kerak, shundagana uy xonalari makruhdan* 
tozalanadi, degan edi. Bu gapni aytilganiga 1000 yillar bo’lgan bo’lsada 
o’z qiymatini yo’qotgani yo’q. Uy-joylarning yorug’ligi, quyosh nurining 
tushib turishi inson kayfiyatini ko’taradi, organizmda moddalar 
almashuvini yaxshilaydi. 
Uy xonalariga tushadigan yorug’likni o’rganilganda uning faqat 
ko’zga ko’rinadigan nurini emas, balki ko’zga ko’rinmas ul’trabinafsha, 
infraqizil nurlarining ta’sirini ham o’rganish kerak bo’ladi. 
Infraqizil nurlar isitish xususiyatiga, ul’trabinafsha nurlar esa 
fotokimyoviy xususiyatga ega. Ko’z ilg’aydigan quyosh nurlari ta’siri 
jihatidan infraqizil, ul’trabinafsha nurlar ta’siriga yaqindir. 
Quyosh nurdari ta’sirida organizmda moddalar va gazlar almashi-nuvi 
hamda azot va minyeral tuzlar almashinuvi normal holatda o’tadi. 
Quyosh nurining o’zgarishi bosh miyadagi fiziologik jarayonlarni ham 
o’zgartiradi. Ko’z ilg’aydigan quyosh nurlari organizmda tyerining 
yallig’lanishi, organizmning qizib ketishi kabi mahalliy reakciya-larni 
keltirib chiqaradi, shuningdek organizmda immunologik reakciyalarni 
paydo qiladi, yurak-qon tomir sistemasi faoliyatini o’zgartiradi. 
Ul’trabinafsha nurlar ta’sirida fiziologik faol moddalar, vitamin D paydo 
bo’ladi va ularning organizmga so’rilishi jadallashadi. 
------------------ 
*Mikrobdan 
Quyosh nuri juda kuchli bo’lib, baktyeriyalarni qiradi. YAna 
mikroblarning virulent xususiyatlarini o’zgartirib yuboradi. 
Inson ko’zining ko’rish funkciyasi orqali yorug’lik nurini sezadi. 
SHuningdek tabiat go’zalliklarini, rang-barang olamni ko’rish baxtiga 
muyassar bo’ladi. 
Bularning hammasi organizmda murakkab jarayonlar oqibatida 
vujudga keladi. Insonning ko’rish funkciyasining yaxshi bo’lishida 
yorug’likning miqdori, yoritish darajasi katta ahamiyatga ega. 


376
Gigienik nuqtai nazardan ob’yekt va turli predmetlarni yaxshi ko’rish 
uchun yorug’lik quyidagi holatlarga javob berishi kerak: 
1) buyum yuzasining yaxshi yoritilishi; 
2) yorug’lik tarqalishining bir xil bo’lishi; 
3) qaytgan yorug’lik yuzani me’yorida yaltiratishi; 
4) soyalarning kuchsiz bo’lishi; 
5) buyumlar rangining aniq ajralib turishi
6) nur oqimining biologik aktivligi, xavfsizligi va doimiy- 
ligi saqlanishi kerak. 
Ko’rish bilan bajariladigan ishlarning qaytish yorug’ligi koef-
fidientining ahamiyati kam bo’lganda, ko’zning ko’rish xususiyati ta-
ranglashmasdan ish bajarishga molikdir. Sanoat korxonalarida nozik 
ishlarni bajarish uchun ham tabiiy va sun’iy (elektr) nurlardan 
foydalanilganda 5000 LK yorug’lik kerak bo’ladi. Jamoa va uy-joy 
xonalari uchun esa 500 LK yorug’lik kifoya. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling