Mavzu: Buyrak va ayirish tizimi sistemasidagi kasallari
Download 38.78 Kb.
|
shamshodbek tkk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar kasalliklari
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI GURUH TALABASI PEDIATRIYA FAKULTETI 104-A TURG’UNBOYEV SHAMSHODBEK MAVZU:Buyrak va ayirish tizimi sistemasidagi kasallari Bilan og’rigan bemor bolalar parvarishi Reja:
2.Bolalar ayirish sistemasi kasalliklari. 3.Ayirish sistemasi kasaliklari bilan og’rigan bemor bolalar parvarishi. Bolalar kasalliklari — asosan bolalar orasida uchraydigan yoki bolalik davrida oʻziga xos kechadigan kasalliklar guruhi. Bolaning rivojlanish xususiyatlariga koʻra ona qornida oʻsish davri, chaqaloqlik davri, bola tugʻilgandan keyingi (4 hafta), emizikli davri (bir yoshgacha), yasli davri (Z yoshgacha), maktabgacha davri (7 yoshgacha), boshlangʻich maktab yoshidagi (12 yoshgacha) va oʻsmirlik yoki balogʻatga yetish davri (18 yoshgacha) farq qilinadi. Ona qornida oʻsish davri bolaning shakllanishida muhim rol oʻynaydi; homiladorlik davridagi zararli omillar (kasalliklar, intoksikatsiyalar, turmush va ovqatlanish sharoitining kamkoʻstligi, dori-darmonlar taʼsiri) onagagina emas, qornidagi homilaning oʻsishi va rivojlanishiga ham taʼsir etadi. Bu davrda koʻproq tugʻruq vaqtidagi zararlanishlar (asfiksiya, shikastlanishlar, falajlar, stafilokokk infeksiyalar) kuzatiladi. Chaqaloqlar ayrim infeksion kasalliklarga tugʻma chidamli boʻladi, biroq ularga (ayniqsa, chala tugʻilgan bolalarga) yiringlatuvchi mikroblar avvalo, stafilokokklar tez taʼsir qilib, kindik jarohatining yiringli yalligʻlanishiga, chilla yaraga va hatto chaqaloklar sepsisi kabi ogʻir kasallikka sabab boʻladi. Bu davrda zotiljam ham xavfli kasallik hisoblanadi. Emizikli davrida bola ovqatning oʻzgarishiga moslanishi ancha qiyin, uni notoʻgʻri ovqatlantirilganda meʼdaichak buzilishlari (diareya, ichak infeksiyalari va boshqalar), moddalar almashinuvining buzilishi kuzatiladi. Bu davrda nafas va hazm aʼzolarining kasalliklari ogʻir oʻtadi; bolani notoʻgʻri ovqatlantirish, sof havo va quyosh nuridan yetarli bahramand etmaslik natijasida raxit avj oladi, diatez, spazmofiliya botbot uchraydi. Yasli yoshidagi va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oʻz tengqurlari bilan oʻynab yurgan chogʻida koʻkyoʻtal, qizamiq, difteriya, tepki va boshqa yuqishi mumkin. Bundan tashqari, onasidan oʻtgan immunitetning kuchi yoʻqoladi. Shuning uchun bu davrda bolalar emlanib (vaksinatsiya), immunitet vujudga keltiriladi. Maktab yoshidagi bolalarda yuqumli kasalliklar koʻproq uchraydi. Emizikli bola koʻkyoʻtal va qizamiq bilan ogʻriganda koʻpincha oʻpkasi ham yalligʻlansa, maktab yoshidagi bolalarda bu kasalliklar aksari asoratsiz oʻtadi (oʻpka yalligʻlanmaydi). Boshlangʻich maktab yoshidagi bolalarda angina, yurak va buyrak kasalliklari, shuningdek allergik kasalliklar koʻproq uchraydi. Kattaroq bolalarda va oʻsmirlik (balogʻatga yetish) davrida yuraktomir, nerv va endokrin sistemalar (ichki sekresiya bezlari) faoliyatida jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi. Sof havodan yetarli bahramand boʻlmaydigan, sport bilan shugʻullanmaydigan, kun tartibiga rioya qilmaydigan oʻquvchilarda bu sistemalar koʻproq kasallanadi. Demak, Bolalar kasalliklari ning turli shakllari organizmning chidamliligiga, yuqumli kasalliklarga qarshilik koʻrsatish kuchiga, bolaning yoshiga bogʻliq. Har bir kasallik, u qanday boʻlishidan qatʼi nazar (yuqumli yoki yuqumsiz) jismonan barkamol, sogʻlom bolada yengilroq, ozgʻin, nimjon bolada esa ogʻirroq oʻtadi. Bir xil mikrob qoʻzgʻatgan kasallik bolaning turli yoshida turlicha kechadi. Bolalar kasalliklari ning oldini olishda bola organizmining oʻziga xos xususiyatlari koʻzda tutiladi. Emizikli davrda ona suti eng maqbul oziq boʻlib, bolani qoʻshimcha ovqatlantirish zaruriyati boʻlganda faqat vrach (pediatr) bilan maslahatlashib olish kerak. Goʻdaklarni sut oshxonalari orqali ovqatlantirishning toʻgʻri tashkil qilinishi katta ahamiyatga ega. Bolalar kasalliklari qancha barvaqt aniqlanib, vaqtida davolansa, asorati qolmaydi. Buning uchun kattalar va otaonalar Bolalar kasalliklari ning oldini olish usullarini va dastlabki belgilarini bilishlari, bolada kasallikka xos biror alomat sezganda darhol vrachga murojaat etishlari zarur. Moddalar almashinuvi jarayonida organizmda keraksiz moddalar paydo boʻlib, ularni vujuddan chiqarib tashlash talab etiladi. Urologik tizim organizmda ana shunday muhim filtr vazifasini bajaradi. Agar mana shu tizim mukammal ishlamasa, zaharli moddalar organizmda koʻpayib ketishi natijasida inson tanasi halokatga yuz tutishi mumkin. Peshob ishlab chiqarish tizimida, avvalo, buyraklarning ahamiyati katta. Buyraklar 180-200 gramm ogʻirlikda boʻlib, umurtqa pogʻonasining ikki tarafida joylashadi. Ular xuddi loviyasimon koʻrinishga ega qoʻsh aʼzodir. Buyraklarning asosiy ishchi tizimi — nefronlardir. Nefronlar orqali qon oʻtadi va undan soʻng qon plazmasiga oʻtkaziladi. — Fimoz kasalligi, uni uy sharoitida qanday davolash yoʻllari bor? — Fimoz kasalligi oʻgʻil bolalarda uchraydigan urologik nuqson. Bunda bolaning olatini yopib turuvchi kertmak varagʻi uzun boʻlishi tufayli uning teshigi tor boʻladi. Natijada olat uchida tuz yigʻilib, yalligʻlanish yuzaga keladi. Bu nuqsonni oddiy sterillangan bint va besh foizli sintomitsin surtmasi yordamida uy sharoitida bartaraf etish mumkin. Buning uchun chaqaloqlar patronajiga borgan hamshira bolaning urologik tizimini yaxshilab koʻrikdan oʻtkazib, nuqson aniqlansa, onaga bola parvarishi boʻyicha maslahat va tavsiya berishi lozim. Oʻz vaqtida koʻrilgan ana shunday choralar kelgusida balanit, balanopostit kabi urologik kasalliklarning oldini olishga zamin boʻladi. Hozirda bolalarda buyrak-tosh kasalliklari koʻp uchrayotganining sabablari nimada? — Bolalarda uchrayotgan buyrak-tosh kasalliklari ming afsuski, soʻnggi yillarda 3-4 barobar koʻpaydi. Bunga asosiy sabab esa buyraklarda moddalar almashinuvi jarayonining buzilishidir. Ushbu holatga birinchi navbatda notoʻgʻri ovqatlanish oqibatida duch kelinadi. Odam organizmidagi baʼzi tuzlar nordon muhitda erisa, baʼzilari kislotali (ishqoriy) sharoitda parchalanadi. Agar bola har kuni bir xil ovqat isteʼmol qilaversa, buyrakda muhit oʻzgarmay qolaveradi. Yaʼni, kislotali muhitda eriydigan tuz va toshlar hadeb nordon muhit tushaversa, muqim qotib qoladi. Yoki aksincha, nordon sharoitda eriydigan toshlar ishqoriy muhitda eriy olmay, kattalashaveradi. Bola turli ovqatlar bilan oziqlantirib turilsa, uning buyrak tizimidagi muhit tez-tez oʻzgarib, tuz va toshlar toʻplanishiga imkon qolmaydi. — Bolaning tomogʻi ogʻriganda bodomcha bezda paydo boʻladigan yiringlar qonga soʻrilishi natijasida organizmda har xil antigen va antitanachalar paydo boʻladi. Ular buyrak koptokchalarida toʻplanib qolishi tufayli yalligʻlanish yuzaga keladi. Bu tibbiyot tilida glomerulonefrit deyiladi. Kasallikni davolash uchun ikki yil va undan koʻproq vaqt talab etiladi. Baʼzi hollarda dard bir umr inson sogʻligʻiga taʼsir etadi. Buyrak transplantatsiyasi oʻtkazilayotgan bemorlarning toʻqson foizi bolaligida glomerulonefrit bilan xastalangani buning isbotidir. Demak, bolalarda uchraydigan tomoq ogʻrigʻiga befarq boʻlish keyinchalik oila va hatto jamiyatga ham qimmatga tushishi mumkin. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar beradi. Chaqaloqlarda va ko´krak yoshidagi bolalarda buyrak dumaloq shaklda, bo'lakcha tuzilishiga egaligi hisobiga uning yuzasi g'adir - budur, u po'stloq qismining bu yoshda yetarli rivojlanmaganidan dalolat beradi. Buyraklarning bolakcha tuzilishi 2-3 yoshgacha saqlanadi. Chaqaloqlarda buyraklar uzunligi 4,2 sm, vazni -12 g. Ko´krak yoshida buyraklar o'lchami 1,5 martaga ortadi, vazni 37 gr ga yetadi. Erta bolalik davrida buyraklar uzunligi ortacha 7,9 sm, vazni 56 g. O’smirlarda buyraklar uzunligi 10,7 sm, vazni 120 g. Chaqaloqlarda buyrak po’stloq qismining qalinligi 2 mm ga teng, maqiz qismi - 8 mm, ularning nisbati 1:4. Kattalarda postloq qismining qalinligi chaqaloqlarga nisbatan 4 martaga, maqiz qismi 2 martaga ortadi. Buyrakning o’sishi asosan bola hayo’tining birinchi yilida kuzatiladi. 5-9 yoshlik davrida va asosan 16-19 yoshda buyraklar o'lchami po'stloq qismining rivojlanishi hisobigi ortadi, bu pubertat davri tugagunicha davom etadi; maqiz qismining o'sishi 12 yoshda to'xtaydi. Buyrak po’stloq qismi oqirligi egiluvchan kanalchalar uzunligi va kengligining ortishi va nefron chiquvchi qismining o'sishi hisobiga kattalashadi. Chaqaloqlarda buyrak jomchalari keng va ampulasimon. Buyraklar fibroz kapsulasi bola hayotining 5 yoshida aniq bilinadi, 10-14 yoshlarda xuddi kattalarnikidek bo´ladi. Chaqaloqlarda buyrak pardasi qavati yupqa, bola yoshi ulg'aygan sari sekin-asta qalinlashadi. Buyrakning yo’g’ pardasi bolmaydi va bola hayotining birinchi yilidan keyin shakllana boshlaydi. Keyinchalik asta-sekin qalinlashishda davom etadi. 40-50 yoshda buyrak yog pardasi maksimal olchamga yetadi, keksa va qarilik yoshida yupqalashadi, ba'zida yo’qoladii. Buyrak topografiyasi bola yoshi kattalashishi bilan buyrakning pastga tushishi hisobiga o'zgaradi. Chaqaloqlarda buyrakning yuqori qismi XII ko´krak umurt pog'onasi yuqori qismiga, ko'krak yoshida (1 yoshgacha) esa XII ko´krak umurtqa pog’onasi tanasining o'rta qismiga togri keladi. Chaqaloqlarda buyrakning pastki qismi IV bel umurtqasiga togri keladi, 1 yoshda 1/2 umurtqaga yuqori, bu umurtqa pog’onasining tez o'sishi bilan bog’liq. 5-7 yoshdan keyin buyraklarning umurtqa pog’onasiga nisbatan joylashuvi kattalarnikiga yaqinlashadi. Chaqaloqlarda ikkala buyrak yuqori chegara sohasi va old medial yuzasi (buyrak darvozasigacha) buyrak usti beziga tegib turadi. O’ng buyrakka jigar, ko'r ichak va chuvalchangsimon o'simta ham tegib turadi. Chap buyrakka qora taloqning unchalik katta bo'lmagan qismi tutashadi; darvozadan medial tomonda oshqozon osti bezining dumi joylashgan. Bolalarda ikkala buyrak ko'ndalang kesimi 3-4 yoshgacha umurtqa poqonaga parallel o'tadi, buyrak darvozalari bir oz oldinga qaragan bo´ladi. 5-6 yoshda ko'ndalang kesimi egilgan yonalishga ega bo´ladi. Odam tanasi o'sishi bilan buyraklar holati va uning arteriya va venalarining uzunligi nisbatan o'zgaradi. Chaqaloqlarda "buyrak oyoqlari" nisbatan uzun, tomirlar qiyshiq joylashgan: buyrak arteriyasi boshlanishi va venaning quyilish joyi buyrak darvozasidan yuqori joylashgan. Keyinchalik "buyrak oyoqlari" gorizontal xolatni egallaydi, 50 yoshdan keyin buyrakni birmuncha pastga tushishi hisobiga "buyrak oyoqlari" uzunligi kattalashadi va u pastga yo’nalgan bo´ladi. Chaqaloqlarda siydik nayi egilgan yolakchaga ega. Siydik nayining uzunligi 5-7 sm. 4 yoshga kelib, uning uzunligi 15 smgacha kattalashadi. Mushak qobig'i erta yoshdagi bolalarda kuchsiz rivojlangan. Siydik qopi chaqaloqlarda ovalsimon, bola hayo’tining birinchi yilida noksimon shaklga ega bo´ladi. Ikkinchi bolalik davrida (8-12 yosh) siydik qopi tuxumsimon, osmir yoshda esa kattalarnikidek ko’rinishga ega bo´ladi. Chaqaloqlarda siydik qopining xajmi 50-80 kub sm. 5 yoshda 180 ml siydikni, 12 yoshdan keyin 250 ml siydikni saqlaydi. Chaqaloqlarda siydik qopining tubi shakllanmagan, siydik qopi uchburchagi frontal joylashgan va qop orqa devorining bir qismi hisoblanadi. Siydik qopi devoridagi sirkulyar mushak qavati yaxshi rivojlanmagan, shilliq qavati yaxshi rivojlangan, burmalar yaqqol korinadi. Download 38.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling