O`t qopi anatomiyasi va tabiiy mizoji. O`t qopi kasalliklarini tashxislash va davolash


Download 19.66 Kb.
bet1/4
Sana06.04.2023
Hajmi19.66 Kb.
#1333490
  1   2   3   4
Bog'liq
16.O`t qopi


O`t qopi anatomiyasi va tabiiy mizoji. O`t qopi kasalliklarini tashxislash va davolash.

O`t qopi jigardan me`da tomoniga qarab osilgan xaltacha bo`lib, devori bir qavat va asablarga boydir. Uning jigarga karagan ogzi va yo`li bor jigarga muvofik keladigan suyuq xilt, ya`ni sariq O`t shu yo`ldan tortiladi. Bu yo`l jigarning uziga va qon vujudga keladigan tomirlarga to`t ashadi shu yerda uning jigar tanasiga botib kirgan anchagina shoxobchalari bor, vaxalangki bu yo`ldagi asosiy tarmokning kiradigan joyi jigarning chukur tomonidadir. Uning yana boshqa ogzi va me`da ham ichaklar tomoniga boradigan kanali bor, shu kanaldan, safroning ortikchasi me`da va ichaklarga yuborildi. Bu kanal shoxobchalarining ko`pi o`n ikki barmoqli ichakka borib to`t ashadi. Ba`zan kichkina bir tarmok me`daning kuyisiga tO`tashadi, goxo ish aksincha bo`lib, yugon tomirlarga to`t ashgan katta qismi me`da kuyisiga yunaladi, kichiklari un ikki barmoqli ichakka to`t ashadi. Ko`p kishilarda bu un ikki barmoqli ichakka tO`tashgan bitta yo`ldan iborat bo`ladi. O`t ni surib oluvchi nayning O`t qopchasiga kirish yo`li, siydik pufagidagi nayning pufakka kirish yo`liga uxshaydi. Kadimgi tabiblar siydik pufagini odatda «katta xalta» deb ataganlaridek, o`t qopchasini «kichik xalta» deb ataganlar. O`t qopchasining yaratilishidagi manfaat jigarni ko`pikli chiqindidan tozalash, jigarni kozon tagidagi olov singari isitish, qonni latiflashtirish, chiqindilarni tarkatish, axlatni chikishga kuzgatish, ichaklarni tozalash va ularning tevaragidagi mushakni pishiqlashidan iboratdir. Ko`p kishilarning O`t qopchasida me`daga tomon yo`l yaratilmagan, yaratilganda ichaklardagi ro`tubat o`t bilan yuvilganidek, me`da ro`tubatlari ham yuvilar edi, bunga sabab shuki, me`da o`t dan aziyatlanib kishi bexuzur bo`ladi, ovqatga yomon xilt aralashuvi sababli me`da hazmi buziladi. O`t qopchasiga arteriyadan va jigarga to`tashib turadigan asablardan juda kichik ikkita shoxobcha kyeladi. O`t qopchasi siy­dik pufagiga o`xshash bir qavat bo`lib, uch turli toladan tuzilgan.


O`t qopchasi o`t ni tortmasa, yoki tortsa ham jigarni tozalab turmasa, turli ofatlar yuz buyuradi. Safro 0`t qopchasidan yuqorida tuxtalib qolsa, jigarni shishiradi va sariq kasalligini paydo qiladi, ba`zan u sasib yomon isitmalarni kyeltirib chikaradi. Agar o`t siydik a`zolariga juda ko`p okib borsa, yara qiladi, biror boshqa a`zoga okib borsa, saramas va namla paydo qiladi. Agar bo`t un badanga tarkalib urnashib qolsa va kuzgalmasa, sariq kasalligini paydo qiladi. Agar o`t ichaklarga xaddan tashqari ko`p oksa, safroli ich ketishi va ichak shilinishini kyeltirib chikaradi.

Download 19.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling