Ayol chanog‘I


Download 22.23 Kb.
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi22.23 Kb.
#1060348
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AYOL CHANOG‘I


AYOL CHANOGI
Suyak chanoq ayolning ichki jinsiy a’zolarini, to‘g‘ri ichagini,
qovug‘i va ular atrofidagi to‘qimalarni beshikast saqlaydigan mustahkam
a’zodir. Bundan tashqari, ayol chanog‘i tug‘ruq kanalini
hosil qiladi. Bola tug‘ilayotganida shu kanaldan o‘tadi. Ayol
chanog‘ining tuzilishi akusherlikda g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
yuqorida, qov suyagi —
oldinda, quymich suyagi — pastda
joylashadi.
Yonbosh suyagi (os ileum) ikki
qismdan: tanasi va qanotidan iborat.
Yonbosh suyagining tanasi kalta,
qalin qismi bo‘lib, quymich kosasining
hosil bo‘lishida qatnashadi. Yonbosh suyagining qanoti anchagina
keng plastinka bo‘lib, ichki yuzasi botiq, tashqi yuzasi qa- bariqdir. Yonbosh suyagining qanoti o‘rtasi yupqa, chetlari qalin
tortgan. Qanotning eng qalin bo‘sh yuqori chekkasi yonbosh suyagining
qirrasi (crista ilei)ni hosil qiladi, ana shu qirrada bir-biriga
parallel yotgan uchta g‘adir-budir chiziq ko‘rinadi, Bular qorin
muskullarining yopishadigan joylaridir. Yonbosh suyagining qirrasi
oldingi tomondagi bo‘rtmachadan boshlanadi, bu bo‘rtmacha yonbosh
suyagining oldingi yuqori o‘sig‘i (spina iliaca anterior superior)
deb ataladi, pastroqdagi ikkinchi bo‘rtmacha yonbosh suyagining
oldingi pastki o‘sig‘i (spina iliaca anterior inferior) deyiladi.
Oldingi pastki o‘siqning ostida, yonbosh suyagining qov suyagiga
qo‘shiladigan joyida, uchinchi do‘mboqcha bor, yonbosh-qov
do‘mbog‘i deb shuni aytiladi. Yonbosh suyagining oldingi yuqori
va oldingi pastki o‘siqlari orasida yonbosh suyagining kichik
o‘ymasi (incisura iliaca minor), oldingi pastki o‘siq bilan yonboshqov
do‘mbog‘ining orasida yonbosh suyagining katta o‘ymasi (incisura
iliaca major) bor.
Yonbosh suyagining qirrasi orqa tomonda yonbosh suyagining
orqadagi yuqori osigi (spina iliaca posterior superior) bilan tugaydi,
shy o‘sig‘dan pastdagi ikkinchi tepacha — yonbosh suyagining

Download 22.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling