Ayol chanog‘I
Download 22.23 Kb.
|
AYOL CHANOG‘I
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chanoq bo ‘shlig ‘i tor qismining tekisligi
- Chanoqning chiqish tekisligi
- Chanoqning o
Chanoq bo‘shlig‘i keng qismining tekisligi oldingi tomondan
simfiz ichki yuzasining o‘rtasi bilan, ikki yon tomondan quymich kosalarining o‘rta ichki yuzasi bilan, opqa tomondan II va III dumg‘aza umurtqalarining birlashgan joyi bilan chegaralangan. Chanoq bo‘shlig‘ining keng qismida ikkita: to‘g‘ri va ko‘ndalang o‘lcham farqlanadi. 1. To‘g‘ri o‘lcham — simfiz ichki yuzasining o‘rtasidan II va III dumg‘aza umurtqalarining birlashgan joyigacha bo‘lgan masofa 12,5 sm ga teng. 2. Ko‘ndalang o‘lcham — quymich kosalarining ichki yuzalari o‘rtasidagi masofa 12,5 sm ga teng. Chanoq bo‘shlig‘i keng qismining qiyshiq o‘lchamlari yo‘q, chunki chanoqning bu joyi yaxlit suyak halqadan iborat emas. Chanoq bo‘shlig‘i keng qismining qiyshiq o‘lchamlari shartli ravishda (13 sm) hisoblanadi. Chanoq bo‘shlig‘i tor qismining tekisligi oldingi tomondan simfizning pastki chekkasi, ikki yon tomondan quymich suyaklarining o‘siqlari, orqa tomondan dumg‘aza-dum birlashmasi bilan chegaralangan. Chanoqning tor qismida ikkita: to‘g‘ri va ko‘ndalang o‘lcham ajratiladi. 1. To‘g‘ri o‘lcham dumg‘aza-dum birlashmasidan simfizning pastki chekkasiga (qov ravog‘ining uchiga) boradi; 11 sm ga teng. 2. Ko‘ndalang o‘lcham quymich suyaklarining o‘siqlari orasidagi masofa 10,5 sm ga teng. Chanoqning chiqish tekisligi oldingi tomondan simfizning pastki chekkasi, ikki yon tomondan-quymich do‘mboqlari, orqa tomondan dum suyagi bilan chegaralangan. Chanoq chiqish tekisligi ikkita uchburchak tekislikdan iborat bo‘lib, uchburchak tekisliklarning umumiy asosi quymich do‘mboqlarini birlashtiruvchi chiziq hisoblanadi. Chanoqdan chiqish tekisligida ikkita: to‘g‘ri va ko‘ndalang o‘lcham ajratiladi (20-rasm). 1. Chanoq chiqish tekisligining to‘g‘ri o‘lchami dum suyagining uchidan simfizning pastki chekkasiga boradi; u 9,5 sm ga teng. Homila kichik chanoqdan o‘tayotganida dum suyagi 1,5–2 sm uzoqlashib, to‘g‘ri o‘lcham uzayadi va 11,0 sm ga teng bo‘ladi. 2. Chanoq chiqish tekisligining ko‘ndalang o‘lchami quymich do‘mboqlarining ichki yuzalari orasidagi masofa 11 sm ga teng. Shunday qilib, chanoq kirish qismidagi eng katta o‘lcham ko‘ndalang o‘lchamdir. Chanoq bo‘shlig‘ining keng qismida to‘g‘ri va ko‘ndalang o‘lchamlar teng; shartli ravishda qabul qilingan qiyshiq o‘lcham eng katta o‘lcham hisoblanadi. Chanoq bo‘shlig‘ining tor qismidagi va chanoq chiqish tekisligidagi to‘g‘ri o‘lchamlar ko‘ndalang o‘lchamlardan kattaroq. Chanoqning o‘tkazuvchi o‘qi (chizig‘ i). Kichik chanoqning hamma tekisliklari oldingi tomondan — simfizning Download 22.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling