Ayol chanog‘I


Download 22.23 Kb.
bet5/6
Sana24.12.2022
Hajmi22.23 Kb.
#1060348
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AYOL CHANOG‘I

KICHIK CHANOQ
Kichik chanoq tekisliklari va olchamlari. Kichik chanoq
tug‘ruq kanalining suyak qismi hisoblanadi. Kichik chanoqning orqa
devori – dumg‘aza va dum suyaklaridan, yon devorlari – quymich
suyaklaridan, oldingi devori – qov suyaklaridan va simfizdan iborat.
Kichik chanoqning orqa devori oldingi devoridan uch baravar
uzun. Kichik chanoqning yuqori bo‘limi yaxlit qattiq suyak halqa
hisoblanadi. Kichik chanoqning pastki bo‘limidagi devorlari yaxlit
emas; ularda yopqich teshiklar va quymich o‘ymalari bor, bular
esa ikki juft boylam (dumg‘aza-o‘tkir qirrali o‘siq boylamlari va
dumg‘aza-do‘mboq boylamlari) bilan chegaralanadi.
Kichik chanoq kirish qismi, bo‘shlig‘i va chiqish bo‘limlariga
ajratiladi. Kichik chanoq bo‘shlig‘ining keng va tor qismi bor.
Shunga yarasha kichik chanoqning to‘rtta tekisligi tafovut qilinadi:
1) chanoq kirish tekisligi; 2) chanoq bo‘shlig‘i keng qismining
tekisligi; 3) chanoq bo‘shlig‘i tor qismining tekisligi; 4) chanoqdan
chiqish tekisligi.
68
Chanoq kirish tekisligining chegaralari: oldingi tomonda qov
suyaklari va simfizning yuqori chekkasi, ikki yon tomondan —
nomsiz chiziqlar, orqa tomondan – dumg‘aza suyagining burni.
Chanoq kirish tekisligi buyrak yoki ko‘ndalangiga yotgan oval
shaklida bo‘lib, buning o‘ymasi dumg‘aza suyagining burniga mos
keladi. Chanoq kirish tekisligida to‘g‘ri, ko‘ndalang va ikkita qiyshiq
o‘lcham tafovut qilinadi.
1. Togri olcham — dumg‘aza suyagining burnidan simfizning
ichki yuzasi yuqori qirrasigacha bo‘lgan masofa – akusherlik konyugatasi
yoki chin konyugata (conjugata vera) deb ataladi. Yana,
anatomik konyugata – dumg‘aza suyagining burnidan simfiz yuqori
qirrasining tashqi yuzasigacha bo‘lgan masofa ham ajratiladi;
anatomik konyugata akusherlik konyugatasidan biroz (0,3–0,5 sm)
kattaroq. Akusherlik konyugatasi yoki chin konyugata 11 sm ga
teng.
2. Kondalang olcham — nomsiz chiziqlarning eng olis nuqtalari
o‘rtasidagi masofa — 13 sm ga teng.
3. Qiyshiq olchamlar ikkita: o‘ng va chap qiyshiq o‘lchamlarning
har biri 12 sm ga teng.
O‘ng qiyshiq o‘lcham – o‘ng
dumg‘aza-yonbosh birlashmasidan
chap yonbosh-qov do‘mboqchasigacha
(tuberculum iliopectinium sinistra)
bo‘lgan masofa, chap qiyshiq
o‘lcham esa chap dumg‘azayonbosh
birlashmasidan o‘ng yonbosh-
qov do‘mboqchasigacha (tuberculum
iliopectinium dextra)
bo‘lgan masofa. Tug‘uvchi ayol chanog‘ining qiyshiq o‘lchamlari
yo‘nalishini aniqlash maqsadida M.S.Malinovskiy va M.G.Kushnir
quyidagi usulni taklif etishgan (19-rasm). Ikkala qo‘l panjasi kaftini
yuqoriga qilib to‘g‘ri burchak ostida juftlashtiriladi; barmoqlarning
uchlari kresloda yotgan ayol chanog‘ining chiqish teshigiga
yaqinlashtiriladi. Chap qo‘l tekisligi chanoqning chap qiyshiq
o‘lchamiga, o‘ng qo‘l tekisligi esa o‘ng qiyshiq o‘lchamiga
mos keladi.

Download 22.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling