Ayol chanog‘I


Download 22.23 Kb.
bet2/6
Sana24.12.2022
Hajmi22.23 Kb.
#1060348
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AYOL CHANOG‘I

orqadagi pastki osigi (spina iliaca posterior inferior) deb ataladi.
Orqadagi pastki o‘siq ostida quymich suyagining katta o‘ymasi
(incisura ischiadica major) bor.
Yonbosh suyagining ichki yuzasida, qanoti tanasiga o‘tadigan
joyda qirrasimon tepacha bor, bu tepacha ravoq shaklidagi nomsiz
chiziqni (linea innominata) hosil qiladi (18-rasm). Ana shu chiziq
dumg‘azadan butun yonbosh suyagining ko‘ndalangiga yo‘l olib,
oldindan qov suyagining yuqori chekkasiga o‘tadi. Yonbosh suyak
orqadagi bo‘limning ichki yuzasida quloqsimon yuza – g‘adir-budir
maydoncha bor, bu yuza dumg‘aza suyagining yuzasiga qo‘shiladi.
Quymich suyagi (os ischii)ning quymich kosasining hosil bo‘lishida
qatnashadigan tanasi va ikkita: yuqori hamda pastki tarmoqlari
bor. Yuqori tarmog‘i tanasidan pastga davom etib, quymich do‘mbog‘
i (tuber ischii) bilan tugaydi. Pastki tarmoqning orqa yuzasida
tepacha — quymich o‘sig‘i (spina ischii) joylashgan. Pastki tarmoq
oldinga va yuqoriga borib, qov suyagining pastki tarmog‘iga qo‘shiladi.
Qov suyagi (os pubis) yonbosh suyagidan oldinda va pastda
bo‘lib, chanoqning oldingi devorini hosil qiladi. Qov suyagining
tanasi va ikkita: yuqori (gorizontal) va pastki (tushuvchi) tarmoqlari
bor.
Qov suyagining kalta tanasi quymich kosasining bir qismini
tashkil etadi, pastki tarmog‘i quymich suyagining pastki tarmog‘iga
qo‘shiladi.
Qov suyagi yuqori (gorizontal) tarmog‘ining yuqori chetidan
o‘tkir qirra o‘tadi, bu qirra oldingi tomonda qov do‘mboqchasi
(tuberculum pubicum) bilan tugaydi.
Ikkala qov suyagining yuqori va pastki tarmoqlari oldingi tomonda
kamharakat qov birikmasi — simfiz (symphisis) yordamida
bir-biriga qo‘shiladi. Qov suyaklarining pastki tarmoqlari simfiz
ostida burchak hosil qiladi, u qov ravog‘i deb ataladi.
Qov va quymich suyaklarining qo‘shiluvchi tarmoqlari yopqich
yoki berkituvchi teshik (foramen obturatorium) degan anchagina
keng teshikni chegaralab turadi.

Download 22.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling