Ayol chanog‘I
Download 22.23 Kb.
|
AYOL CHANOG‘I
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHANOQ BIRLASHMALARI
Dumg‘aza (os sacrum) suyagi bir-biriga qo‘shilib o‘sgan 5 ta
umurtqadan iborat (18-rasm). Dumg‘aza umurtqalari pastga tomon kichraya boradi, shuning uchun dumg‘aza suyagi kesik konusga o‘xshab ketadi. Uning keng qismi – dumg‘aza asosi – yuqoriga, tor qismi – dumg‘aza uchi – pastga qaragan. Dumg‘ aza suyagining orqa yuzasi qabariq, oldingi yuzasi botiq bo‘- lib, dumg‘aza chuqurchasini hosil qiladi. Dumg‘azaning oldingi yuzasida (chuqurchasida) ko‘ndalangiga ketgan to‘rtta g‘adir- budir chiziq ko‘rinadi. Bular dumg‘aza umurtqalarini birbiriga tutashtirib turgan va suyaklangan tog‘ay parralarga mos keladi. G‘adir-budir chiziqlarning uchlarida dumg‘aza suyagining oldingi teshiklari bor, bu teshiklar orqali orqa miyadan jinsiy a’zolarga nerv tolalari o‘tadi. Dumg‘aza suyagining orqadagi qabariq yuzasi notekis bo‘lib, undan uzunasiga uchta qirra o‘tadi. Dumg‘aza suyagining o‘rta qirrasi umurtqalarning bir-biriga yopishib o‘sgan o‘tkir qirrali o‘siqlaridan iborat; kamroq bilinadigan yon qirralari dumg‘aza umurtqalarining bir-biriga qo‘shilib o‘sgan bo‘g‘im o‘siqlaridan iborat. Dumg‘azaning o‘rta qirrasidan ikki yon tomonda to‘rt juft teshik ko‘rinadi. Bular dumg‘aza suyagining orqadagi teshiklari deb ataladi. Dumg‘aza suyagining ichida yuqoridan pastga qarab dumg‘aza kanali o‘tadi, bu – umurtqa pog‘onasi kanalining davomi. Dumg‘aza kanalining pastki teshigi dumg‘aza pastki bo‘limining orqa yuzasiga ochiladi. Dum suyagi (os coccygis) taraqqiy etmasdan bir-biriga qo‘shilib o‘sgan 4–5 umurtqadan iborat bo‘lib, pastga tomon torayuvchi kichkina suyakdan iborat. CHANOQ BIRLASHMALARI Chanoq suyaklari simfiz, dumg‘aza-yonbosh va dumg‘aza-dum birlashmalari yordamida o‘zaro qo‘shiladi. Chanoq birlashmalarida tog‘ay pardalar bor. Chanoqning hamma birlashmalari pishiq boylamlar bilan mustahkamlangan. Simfiz kamharakat birlashma, yarim bo‘g‘im hisoblanadi. Ikkala qov suyagi simfizda tog‘ay parrasi yordamida birlashadi, unda ko‘pincha suyuqlik bilan to‘la kichkina yoriqsimon bo‘shliq bo‘ladi; homiladorlik vaqtida bu yoriq kattalashadi. Simfizning ustki chekkasi bo‘ylab qov suyagining yuqori boylami, pastki chekkasiga esa ravoqsimon boylam tortilgan, simfizning tashqi va ichki yuzalarida qov suyagining oldingi va orqadagi boylamlari bor. Download 22.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling