Siydik hosil qilish va siydik ayirish organlari zararlanishidagi asosiy sindromlar va semiotikasi
Bolalarda turli yosh davrlarida siydik miqdori va kimyoviy tarkibi turli xil bo´ladi. Siydikning miqdori ko'p sabablarga bog'liq - suyuqlik qabul qilish tartibi, havo harorati (yuqori haroratda siydik miqdori kamayadi, past haroratda aksincha, siydik miqdori ko'payadi). Bolalarda siydik hosil bo'lishining xususiyati - siydik zichligi pastligi hisoblanadi. Ma'lumki, siydik zichligi kanalcha apparatining reabsorbsion funksiyasi bilan xarakterlanadi. Siydik zichligi va uning osmolyarligi o'rtasida nisbiy bog'liqlik mavjud.
Sog'lom bolada siydik osmolyarligi 1200 mg/kg (bir yoshgacha - 400-600 mg/kg) ga yetadi. Sutkalik osmotik yuklama ning ekskresiyasi uchun siydik xajmi 400 ml.dan kam bo'lmasligi kerak. Kam diurezda azot mahsulotlarining ushlanib qolishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |