1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
INFEKCIYA MANBALARI
Kasalxonalarda infekciyalarning asosiy manbalari bo’lib odamlar (bemorlar, xodimlar, bemorlarni ko’rgani kelganlar), tuproq (chang, axlatlar), suv manbalari, kemiruvchilar (sichqonlar, kalamushlar va hokazolar), hasharotlar hisoblanadi. 351 Bular ichida eng xavflisi mikroblarni tashib yuruvchi «sog’lom» kishilardir. Kasalxonalarda ko’pincha odamlarning tyerisi, shilliq qavatlari va qo’li mikroblar bilan ifloslanadi. Tyerining yiringli kasalliklarini davolashda xizmat qiluvchi hamshiralarning qo’l barmoqlaridan 30% hollarda stafilokokklarni topish mumkin. Kasalxonalarda davolanuvchi 10- 20% bemorlarning tyerisida stafilokokk infekciyasi aniqlaniladi. Tug’ruqxonada ko’zi yorigan ayollarning 30% ning qo’llari va ko’krak bezlarining uchi stafilo-kokk mikroblari bilan zararlangan. YUgoslaviyada chop etilgan tibbiy adabiyotlarda keltirilgan dalillarga qaraganda 72-77% ko’krak byerib boqiladigan bolalarda stafilokokk mikrobi aniqlangan. Ko’p dalillarda, bemor qo’llarida- 13-21%, xodimlarda 6-9% stafilokokk mikroblari, entyerokokk mikroblari esa 27 va 22% hollarda aniqlanadi. Demak, kasallar va xodimlarning shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmasliklari shunday oqibatlarga olib keladi. Odamlarning tyerisi orqali xlamidin, mikoplazma, anaerob va aerob mikroblari, streptokokklar, shigell, sal’monella va mog’orlar tarqalishi mumkin. Bemor va xodimlarning sochlari ham mikroblar manbai bo’lishi mumkin. Ma’lum bo’lishicha tybbiyot muassasalarida mikroblarning tarqalishi bemorlarning sochlari orqali 17-40%, xodimlarniki orqali esa 14- 27% ni tashkil etadi. Burun bo’shlig’i ham infekciya tarqatuvchi manbalardan biridir. Tug’ruqxonalardagi ko’zi yorigan ayollarning 40% i burin bo’shlig’i orqali mikroblar tarqatadi, tug’ilgan bolalarning 80% i bacilla tashuvchidir. Burun shilliq qavatlarining stafilokokk mikroblari bilan zararlanishi 100% hollarda aniqlangan, xodimlar va katta yoshdagi bemorlarning 70% ning burun shilliq qavatida mikroblar topilgan. Ayniqsa qurtlagan tishlar stafilokokk va boshqa infekciyalarning makoni hisoblanadi. Og’iz bo’shlig’i, tomoq shilliq qavati 60- 65% 352 hollarda mikroblar bilan zararlangan. SHuningdek, ko’zning shilliq qavati, kindik chuqurchasi, jinsiy organlar va boshqalar mikroblarning makonidir. SHuning uchun shifoxona sharoitida sanitariya va gigiena talablarini izchillik bilan bajarish, tartib intizomga amal qilish kasalxona ichki infekciyalarini tarqalishini oldini oladi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling