1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


SHIFOXONALARNING UMUMIY TARTIBI VA XONALARNI PARDOZLASH


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

SHIFOXONALARNING UMUMIY TARTIBI VA XONALARNI PARDOZLASH 
Kasalxonaga tushgan har bir bemor tezda tuzalib oilasiga, jamo-asiga 
sog’ayib qaytishni o’ylaydi. SHifoxonada bemorlarga dori-dar-monlarni 
o’z vaqtida byerib turish bilan birga, shifoxona xodimla-rining bemorlar 
bilan xushmuomalada bo’lishi talab qilinadi. Bu esa o’z navbatida 
bemorlarning tezda sog’ayib ketishiga hissa qo’shadi. 
Palata xonalarini asabni tinchlantiruvchi rangga bo’yashning ham 
ahamiyati katta. Palataning yorug’ va shinam bo’lishi bemorlar bahri-dilini 
ochadi. Palatalarning devori va shipi nihoyatda tekis suvalgan va bo’yalgan 
bo’lishi kerak. Devorlar g’adir-budir, notekis bo’lsa uning yuzasida chang 
to’planib qolishi mumkin. 
Kafel’ o’rnatilgan devorlarning tepa tomoni albatta gipsli moddalar 
bilan suvalishi va tekis yuza paydo qilishi maqsadga muvofiqdir. Tez-tez 
yuvilishi va tozalanishi lozim bo’lgan xonalarning devorlariga sopol plitka 
va kafellar yopishtirilishi zarur. 
Havo namligi yuqori bo’lgan xonalarning devorlarini ohakli bo’yoqlar 
bilan, oyna romlari, mebellar, yo’lak devorlari, zinapoyalar esa yog’li 
bo’yoqlar bilan bo’yaladi. Ul’trabinafsha nurlar ishlatiladigan xonalarni 
shu nurlarni shimadigan lak va bo’yoqlar bilan bo’yash zarur. 
Xona pollari esa ranga loyqalangan bo’yoqlar bilan bo’yaladi, yaltiroq 
bo’yoqlar bilan polni bo’yalsa yorug’lik kuchli qaytarilib ko’zni 
charchatadi. Pollarni choki iloji boricha bo’lmasligi kerak, mabodo choki 


347
bo’lsa uni maxsus tayyorlangan moddalar bilan byerkitiladi. SHunda 
polning gigienik nuqtai nazardan tozalipshi saqlash mumkin bo’ladi. 
Xullas, palata xonalarining pollari tekis bo’lishi maqsadga muvofiq. 
Haddan tashqari ochiq, yaltiroq bo’yoqlarni ishlatish bemorlarning asabiga 
salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Palatalarni chiroyli mebellar bilan jihozlash bemorlar kayfiyatini 
ko’tarishga yordam byeradi. Olib borilgan kuzatishlardan ma’lum 
bo’lishicha, kasalxona xodimlarining ishni noto’g’ri uyushtirishlari goho 
kasallarning shovqin-suroniga sabab bo’ladi, natijada 75-80% bemorlar 
kasalxonalardagi bo’layotgan shovqinlardan bezor bo’lib shikoyat qiladilar. 
SHuning uchun, shifoxona xodimlari muomala madaniyatiga amal 
qilishlari, ortiqcha shovqin ko’tarilishiga yo’l qo’ymasliklari kerak. Ruxsat 
etiladigan shovqin darajasi kunduzi 35 dB, kechasi 25 dB ga teng. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling