1. Oldindan aniqlangan funksiyalar


Download 34.44 Kb.
bet1/17
Sana23.12.2022
Hajmi34.44 Kb.
#1045945
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
yakuniy dasturlash


1. Oldindan aniqlangan funksiyalar.
Oldindan aniqlangan funksiyalar asosan tilning turli kutubxona fayllari orqali aniqlangan. Ularga matematik funksiyalar, turlarni tekshirish funksiyalari, belgi va satrlar bilan ishlash funksiyalari misol bo’ladi.

Funksiya ishlatilishi

Kutubxona fayli

Bajaradi gan amali

abs(x)



x butun sonning absolyut qiymatini qaytaradi.

Fabs(x)



x haqiqiy sonning absolyut qiymatini qaytaradi.

log(x)



x sonning
natural logarifmini qaytaradi.

pow(x,y)



hisoblaydi

Sqrt(x)



x sonning kvadrat ildizini qaytardi.

Islower(x)



x qiymatini kichik harfligini tekshiradi

Isupper(x)



x qiymatini katta harfligini tekshiradi

tolower(x)



x qiymatini kichik harfl ko’rinishiga aylantiradi

toupper(x)



x qiymatini katta harf ko’rinishiga aylantiradi



2. Foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan funksiyalar
Dasturda ishlatiladigan har qanday foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan funksiyalar e’lon qilinishi kerak. Funksiyalar qiymat qaytaruvchi va qiymat qaytarmaydigan funksiyalar ko’rinishida bo’ladi. Odatda funksiyalar e’loni sarlavha fayllarda e’lon qilinadi va #include direktivasi yordamida dastur matniga qo’shiladi. Funksiya e’lonini funksiya prototipi tavsiflaydi (ayrim hollarda signatura deyiladi). Funksiya prototipi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
(
);
Bu erda - funksiya ishlashi natijasida u tomonidan qaytaradigan qiymatning turi. Agar qaytariladigan qiymat turi ko’rsatilmagan bo’lsa, kelishuv bo’yicha funksiya qaytaradigan qiymat turi int deb hisoblanadi,
- vergul bilan ajratilgan funksiya parametrlarining turi va nomlari ro’yxati. Parametr nomini yozmasa ham bo’ladi. Ro’yxat bo’sh bo’lishi ham mumkin. Funksiya prototiplariga misollar:
int almashsin(int, int);
double max(double x, double y);
void func();
void chop_etish(void);
Funksiya prototipi tushirib qoldirilishi mumkin, agar dastur matnida funksiya aniqlanishi uni chaqiradigan funksiyalar matnidan oldin yozilgan bo’lsa. Lekin bu holat yaxshi uslub hisoblanmaydi, ayniqsa o’zaro bir-biriga murojaat qiluvchi funksiyalarni e’lon qilishda muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Funksiya aniqlanishi - funksiya sarlavhasi va figurali qavsga (‘{‘, ’}’) olingan qandaydir amaliy mazmunga ega tanadan iborat bo’ladi. Agar funksiya qaytaruvchi turi void turidan farqli bo’lsa, uning tanasida albatta mos turdagi parametrga ega return operatori bo’lishi shart. Funksiya tanasida bittadan ortiq return operatori bo’lishi mumkin. Ularning ixtiyoriy birortasini bajarish orqali funksiyadan chiqib ketiladi.

Download 34.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling