1. Oldindan aniqlangan funksiyalar


ASCIIZ-satrlarni nusxalash


Download 34.44 Kb.
bet8/17
Sana23.12.2022
Hajmi34.44 Kb.
#1045945
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
yakuniy dasturlash

18. ASCIIZ-satrlarni nusxalash
Satr qiymatini biridan ikkinchisiga nusxalash mumkin. Bu maqsadda bir qator standart funksiyalar aniqlangan bo’lib, ularning ayrimlarining tavsiflarini keltiramiz. strcpy() funksiyasi prototipichar* strcpy(char* str1, const char* str2) ko’rinishga ega va bu funksiya str2 satrdagi belgilarni str1 satrga baytma-bayt nusxalaydi. Nusxalash str2 ko’rsatib turgan satrdagi nol-terminal uchraguncha davom etadi. Shu sababli, str2 satr uzunligi str1 satr uzunligidan katta emasligiga ishonch hosil qilish kerak, aks holda berilgan sohasida (segmentda) str1 satrdan keyin joylashgan berilganlar «ustiga» str2 satrning «ortib qolgan» qismi yozilishi mumkin.


19. ASCIIZ-satrlarni ulash
Satrlarni ulash (konkatenastiya) amali yangi satrlarni hosil qilishda keng qo’llaniladi. Bu maqsadda « string.h » kutubxonasida strcat() va strncat() funksiyalari aniqlangan. strcat() funksiyasi sintaksisi quyidagi ko’rinishga ega: char* strcat(char* str1, const char* str2) Funksiya ishlashi natijasida str2 satr, funksiya qaytaruvchi satr - str1 satr oxiriga ulanadi. Funksiyani chaqirishdan oldin str1 satr uzunligi, unga str2 satri ulanishi uchun etarli bo’lishi hisobga olingan bo’lishi kerak. Quyida keltirilgan amallar ketma-ketligining bajarilishi natijasida satr satriga qo’shimcha satr ulanishi ko’rsatilgan: char satr[80]; strcpy(satr,”Bu satrga ”); strcat(satr,”satr osti ulandi.”); Amallar ketma-ketligini bajarilishi natijasida satr ko’rsatayotgan joyda “Bu satrga satr osti ulandi.” satri paydo bo’ladi. strncat() funksiyasi strcat() funksiyadan farqli ravishda str1 satrga str2 satrning ko’rsatilgan uzunlikdagi satr qismini ulaydi. Ulanadigan satr qismi uzunligi funksiyaning uchinchi parametri sifatida beriladi.


20. ASCIIZ-satrlarda izlash funksiyalari
Satrlar bilan ishlashda undagi birorta belgini izlash uchun «string.h» kutubxonasida bir qator standart funksiyalar mavjud. Birorta belgini berilgan satrda bor yoki yo’qligini aniqlab beruvchi strchr() funksiyasining prototipi char* strchr(const char* string, int c); ko’rinishida bo’lib, u s belginining string satrida izlaydi. Agar izlash muvofaqqiyatli bo’lsa, funksiya shu belgining satrdagi o’rnini (adresini) funksiya natijasi sifatida qaytaradi, aks holda, ya’ni belgi satrda uchramasa funksiya NULL qiymatini qaytaradi. Belgini izlash satr boshidan boshlanadi
Quyida keltirilgan dastur bo’lagi belgini satrdan izlash bilan bog’liq. char satr[]=”0123456789”; char* pSatr; pSatr=strchr(satr,’6’); Dastur ishlashi natijasida pSatr ko’rsatkichi satr satrining ‘6’ belgisi joylashgan o’rni adresini ko’rsatadi. strrchr() funksiyasi berilgan belgini berilgan satr oxiridan boshlab izlaydi. Agar izlash muvaffaqiyatli bo’lsa, belgini satrga oxirgi kirishining o’rnini qaytaradi, aks holda NULL.



Download 34.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling