1. Oldindan aniqlangan funksiyalar


Fayllar oqimlari bilan ishlash


Download 34.44 Kb.
bet11/17
Sana23.12.2022
Hajmi34.44 Kb.
#1045945
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
yakuniy dasturlash

27. Fayllar oqimlari bilan ishlash
C++da fayllar oqimlari bilan ishlash uchun fstream kutubxonasi mavjud. fstream kutubxonasi fayllarni o’qib olish uchun javob beradigan ifstream sinfiga, xamda faylga ma’lumot yozishga imkon beradigan ofstream turlariga (sinfiga) ega. #include Biron-bir faylni yozish yoki o’qish uchun ochish uchun, ofstream turdagi yoki mos xolda ifstream turdagi o’zgaruvchini yaratish kerak. ifstream inData; ofstream outData; Bunday o’zgaruvchini inistiallashda fayl nomi o’zgaruvchi nomidan keyin qavs ichida berilgan belgilar massivi ko’rinishida uzatiladi. Masalan, C diskida joylashgan “text.txt” faylini ochish kerak. Buning uchun kodning quyidagi fragmenti qo’llanadi: ifstream inData (“C:\\text.txt”); ofstream outData (“C:\\text.txt”); yoki o’zgaruvchi orqali quyidagicha inistiallash mumkin. char s[20] = “C:\\text.txt”;
ifstream inData(s); Shuningdek, faylni ochish uchun open() funksiyasini ham ishlatish mumkin. ofstream outData; outData.open(“cppfayl.txt”);


28. Fayllar oqimlarida o’qish-yozish funksiyalari
Axborotni fayldan o’qib olish uchun “>>” operatori va get funksiyasidan foydalanish mumkin. put funksiyasi kabi, get funksiyasi xam xar qanday o’zgaruvchilarning standart turlari, belgilar massivlari bilan ishlay oladi. Shuningdek get ga xar jixatdan ekvivalent bo’lgan getline funksiyasini ham ishlatish mumkinAxborotni faylga yozish uchun put() funksiyasidan foydalanish mumkin. Bu funksiya orqali standart turdagi yakka o’zgaruvchi yoki biron-bir belgilar massivi uzatiladi. Belgilar massivi uzatilgan xolda massivdagi yozilishi kerak bo’lgan belgilar sonini uzatish kerak. Bundan tashqari “<<” operatoridan foydalanish mumkin. Bu operatordan kodning bitta satrida turli turdagi qiymatlarni uzatgan xolda ko’p martalab foydalanish mumkin. Satr xaqida gap ketganda, chiqarish satr oxiri belgisi, ya’ni ‘\n’ paydo bo’lishidan oldin amalga oshiriladi. Belgisiz turga ega bo’lgan barcha o’zgaruvchilar oldin belgilarga o’zgartirib olinadi.



Download 34.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling