8.C++ tilida funksiya chaqirilganda ayrim argumentlarni tushirib qoldirish mumkunmi va bunga kanday erishish mumkun? C++ tilida funksiya chaqirilganda ayrim argumentlarni tushirib qoldirish mumkin. Bunga funksiya prototipida ushbu parametrlarni kelishuv bo’yicha qiymatini ko’rsatish orqali erishish mumkin. Masalan, quyida prototipi keltirilgan funksiya turli chaqirishga ega bo’lishi mumkin:
//funksiya prototipi
void Butun_Son(int I, bool Bayroq=true, char Blg=‘\n’);
//funksiyani chaqirish variantlari
Butun_Son(1, false, ‘a’);
Butun_Son(2, false);
Butun_Son(3);
Birinchi chaqiruvda barcha parametrlar mos argumentlar orqali qiymatlarini qabul qiladi, ikkinchi holda I parametri 2 qiymatini, bayroq parametri false qiymatini va Blg o’zgaruvchisi kelishuv bo’yicha ‘\n’ qiymatini qabul qiladi.
9.Funksiyalar kanday turlarga bo’linadi?
Funksiyalar oldindan aniqlangan va foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan funksiyalarga bo’linadi
10.Funksiya qanday aniqlanadi?
Funksiya aniqlanishi - funksiya sarlavhasi va figurali qavsga (‘{‘, ’}’) olingan qandaydir amaliy mazmunga ega tanadan iborat bo’ladi. Agar funksiya qaytaruvchi turi void turidan farqli bo’lsa, uning tanasida albatta mos turdagi parametrga ega return operatori bo’lishi shart. Funksiya tanasida bittadan ortiq return operatori bo’lishi mumkin. Ularning ixtiyoriy birortasini bajarish orqali funksiyadan chiqib ketiladi. Agar funksiyaning qiymati dasturda ishlatilmaydigan bo’lsa, funksiyadan chiqish uchun parametrsiz return operatori ishlatilishi mumkin yoki umuman return ishlatilmaydi. Oxirgi holda funksiyadan chiqish - oxirgi yopiluvchi qavsga etib kelganda ro’y beradi.
11. Funksiyalar qanday ko’rinishda bo’ladi?
Lokal o’zgaruvchilar o’zlari e’lon qilingan funksiya yoki blok chegarasida ko’rinish sohasiga ega. Blokdagi ichki bloklarda xuddi shu nomdagi o’zgaruvchi e’lon qilingan bo’lsa, ichki bloklarda bu lokal o’zgaruvchi ham amal qilmay qoladi. Lokal o’zgaruvchi yashash vaqti - blok yoki funksiyani bajarish vaqti bilan aniqlanadi. Bu hol shuni anglatadiki, turli funksiyalarda bir-biriga umuman bog’liq bo’lma-gan bir xil nomdagi lokal o’zgaruvchilarni ishlatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |