1. Oldindan aniqlangan funksiyalar

Ko’rinish sohasi. Lokal va global o’zgaruvchilar. :: amali

Download 34.44 Kb.
bet3/17
Sana23.12.2022
Hajmi34.44 Kb.
#1045945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
yakuniy dasturlash

4. Ko’rinish sohasi. Lokal va global o’zgaruvchilar. :: amali
O’zgaruvchilar funksiya tanasida yoki undan tashqarida e’lon qilinishi mumkin. Funksiya ichida e’lon qilingan o’zgaruvchilarga lokal o’zgaruvchilar deyiladi. Bunday o’zgaruvchilar xotiradagi dastur stekida joylashadi va faqat o’zi e’lon qilingan funksiya tanasida amal qiladi. Boshqaruv asosiy funksiyaga qaytishi bilan lokal o’zgaruvchilar uchun ajratilgan xotira bo’shatiladi (o’chiriladi). Har bir o’zgaruvchi o’zining amal qilish sohasi va yashash vaqti xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
O’zgaruvchi amal qilish sohasi deganda o’zgaruvchini ishlatish mumkin bo’lgan dastur sohasi (qismi) tushuniladi. Bu tushuncha bilan o’zgaruvchining ko’rinish sohasi uzviy bog’langan. O’zgaruvchi amal qilish sohasidan chiqqanda ko’rinmay qoladi. Ikkinchi tomondan, o’zgaruvchi amal qilish sohasida bo’lishi, lekin ko’rinmasligi mumkin. Bunda ko’rinish sohasiga ruxsat berish amali «::» yordamida ko’rinmas o’zgaruvchiga murojat qilish mumkin bo’ladi.
O’zgaruvchining yashash vaqti deb, u mavjud bo’lgan dastur bo’lagining bajarilishiga ketgan vaqt intervaliga aytiladi. Lokal o’zgaruvchilar o’zlari e’lon qilingan funksiya yoki blok chegarasida ko’rinish sohasiga ega. Blokdagi ichki bloklarda xuddi shu nomdagi o’zgaruvchi e’lon qilingan bo’lsa, ichki bloklarda bu lokal o’zgaruvchi ham amal qilmay qoladi. Lokal o’zgaruvchi yashash vaqti - blok yoki funksiyani bajarish vaqti bilan aniqlanadi.
5. Joylashtiriladigan (inline) funksiyalar
Kompilyator ishlashi natijasida har bir funksiya mashina kodi ko’rinishida bo’ladi. Agar dasturda funksiyani chaqirish ko’rsatmasi bo’lsa, shu joyda funksiyani adresi bo’yicha chaqirishning mashina kodi shakllanadi. Odatda funksiyani chaqirish protsessor tomonidan qo’shimcha vaqt va xotira resurslarini talab qiladi. Shu sababli, agar chaqiriladigan funksiya hajmi unchalik katta bo’lmagan hollarda, kompilyatorga funksiyani chaqirish kodi o’rniga funksiya tanasini o’zini joylashtirishga ko’rsatma berish mumkin. Bu ish funksiya prototipini inline kalit so’zi bilan e’lon qilish orqali amalga oshiriladi. Natijada hajmi oshgan, lekin nisbatan tez bajariladigan dastur kodi yuzaga keladi.
Funksiya kodi joylashtiriladigan dasturga misol.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling