1. Oldindan aniqlangan funksiyalar


Fayl ko’rsatkichini boshqarish funksiyalari


Download 34.44 Kb.
bet16/17
Sana23.12.2022
Hajmi34.44 Kb.
#1045945
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
yakuniy dasturlash

34. Fayl ko’rsatkichini boshqarish funksiyalari
Fayl ochilganda, u bilan «stdio.h» sarlavha faylida aniqlangan FILE strukturasi bog’lanadi. Bu struktura har bir ochilgan fayl uchun joriy yozuv o’rnini ko’rsatuvchi hisoblagichni - fayl ko’rsatkichini mos qo’yadi. Odatda fayl ochilganda ko’rsatkich qiymati 0 bo’ladi. Fayl ustida bajarilgan har bir amaldan keyin ko’rsatkich qiymati o’qilgan yoki yozilgan baytlar soniga oshadi. Fayl ko’rsatkichini boshqarish funksiyalari - fseek(), ftell() va rewind() funksiyalari fayl ko’rsatkichini o’zgartirish, qiymatini olish imkonini beradi. ftell() funksiyasining prototipi long int ftell(FILE *stream); ko’rinishida aniqlangan bo’lib, argumentda ko’rsatilgan fayl bilan bog’langan fayl ko’rsatkichi qiymatini qaytaradi. Agar xatolik ro’y bersa funksiya -1L qiymatini qaytaradi. int fseek(FILE *stream, long offset, int from); prototipiga ega bo’lgan fseek() funksiyasi stream fayli ko’rsatkichini from joyiga nisbatan offset bayt masofaga surishni amalga oshiradi. Matn rejimidagi oqimlaruchun offset qiymati 0 yoki ftell() funksiyasi qaytargan qiymat bo’lishi kerak. from parametri quyidagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin: SEEK_SET (=0) - fayl boshi; SEEK_CUR (=1) - fayl ko’rsatkichining ayni paytdagi qiymati; SEEK_END (=2) - fayl oxiri. Funksiya fayl ko’rsatkichi qiymatini o’zgartirish muvaffaqiyatli bo’lsa, 0 qiymatini, aks holda noldan farqli qiymat qaytaradi. rewind() funksiyasi void rewind(FILE *stream); prototipi bilan aniqlangan bo’lib, fayl ko’rsatkichini fayl boshlanishiga olib keladi.
32. Faylni ochish, yopish
Fayl oqimi bilan o’qish-yozish amalini bajarish uchun fayl oqimini ochish zarur. Bu ishni, prototipi FILE * fopen(const char* filename, const char *mode); ko’rinishida aniqlangan fopen() funksiyasi orqali amalga oshiriladi. Funksiya filename nomi bilan faylni ochadi, u bilan oqimni bog’laydi va oqimni identifikatsiya qiluvchi ko’rsatkichni javob tariqasida qaytaradi. Faylni ochish muvaffaqiyatsiz bo’lganligini fopen() funksiyasining NULL qiymatli javobi bildiradi. Parametrlar ro’yxatidagi ikkinchi - mode parametri faylni ochish rejimini aniqlaydi. Matn fayli ochilayotganligini bildirish uchun fayl ochilish rejimi satriga ‘t’ belgisini qo’shib yozish zarur bo’ladi. Masalan, matn fayl o’zgartirish (o’qish va yozish) uchun ochilayotganligini bildirish uchun “rt+” satri yozish kerak bo’ladi. Xuddi shunday binar fayllar ustida ishlash uchun ‘b’ belgisini ishlatish kerak. Misol uchun fayl ochilishining “wb+” rejimi binar fayl yangilanishini bildiradi



Download 34.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling