7-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Matematik funksiyalar
Download 81.91 Kb.
|
7-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shimcha funksiyalar
- Nazorat savollari
- Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar
7-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Matematik funksiyalar Python dasturlash tili tarkibida mavjud bo‘lgan matematik funksiyalar standart funksiyalar deb ataladi. Ifodalar tarkibidagi funksiyalarni Python dasturlash tilida ifodalash uchun satandart funksiyalardan foydalaniladi. Funksiyalarni python dasturlash tilida ifodalash uchun ularni argumentlarini albatta qavsga olib yozish kerak. Python dasturlash tilida matematik funksiyalardan foydalanish uchun albatta python tili tarkibidagi matematik funksiyalar kutubxonasiga murojat qilish kerak. Matematik funksiyalar kutubxonasiga murojat qilish quyidagicha. from math import*Python dasturlash tili tarkibidagi matematik funksiyalar yozilishi quyidagi ro‘yxat asosida amalga oshiriladi.
Matematik funksiyalarning bajarilish jarayoni, matematikada qanday bo‘lsa python dasturlash tilida ham xuddi shunday amalga oshiriladi. Matematik funksiyalarni ishlash jarayoni tushunarli bo‘lishi uchun, ularni interaktiv rejimda sinab ko‘ramiz. Chunki interaktiv rejim bir vaqtning uzida natija qaytaradi. Misol. Matematik funksiyalarni bajarilishi Type "help", "copyright", "credits" or "license()" for more information. >>> from math import* >>> x=12.7 >>> trunc(x) 12 >>> trunc(12.2) 12 >>> trunc(-12.7) -12 >>> trunc(-12.2) -12 >>> sqrt(81) 9.0 >>>log(e),log2(8),log10(x) (1.0, 3.0, 1.1038037209559568) >>> log(81,3) 4.0 >>> cos(pi) -1.0 >>> atan(180) 1.565240828394204 >>> radians(180), degrees(pi/3) (3.141592653589793, 59.99999999999999) Qo‘shimcha funksiyalarPython dasturlash tilida standart kutubxona tarkibida ketma ketliklar ustida bir nechta maximum, minimum, summa kabi funksiyalar aniqlangan. Boshqa dasturlash tillarida bu funksiyalar alohida algoritmlar yordamida tuzib olinadi, python dasturlash tilida esa bu funksiyalar tayyor holda saqlanadi. Qo‘shimcha funksiyalar quyidagi jadval ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha funksiyalarni ishlash jarayoni tushunarli bo‘lishi uchun, ularni interaktiv rejimda sinab ko‘ramiz. Chunki interaktiv rejim bir vaqtning uzida natija qaytaradi. Misol. Qo‘shimcha funksiyalarni bajarilishi Type "help", "copyright", "credits" or "license()" for more information. >>> max(12,5,-8,7) 12 >>> min(12,5,-8,7) -8 >>> a=(1,2,3,0,-12,123) >>> a (1, 2, 3, 0, -12, 123) >>> max(a), min(a), sum(a) (123, -12, 117) >>> sorted(a) [-12, 0, 1, 2, 3, 123] >>> Misol. Quyidagi ifodalarni python tilida ifodalash. Python tilida ifodalanishi y=pow((x+sin(x)),3)+sqr(cos(x))+(1+log(x,a))/(sqrt(t-x**2)); Misol. Quyidagi ifodalarni Python tilida ifodalash. Matematik ifodasi y = |x − 2| + sinx − | 4 | √t − x2 Python tilida ifodalanishi y=abs(x-2)+sin(x)-abs(4/sqrt(t-x**2)); Nazorat savollariIfoda deb nimaga aytiladi? Ifodalarni python tilida yozilish tartibi? 3.Standart funksiya deb nimaga aytiladi? Standart funksiyalarni python tilida yozilish tartibi? Matematik kutubxonaga murojat qilish tartibini tushuntirib bering? 6.Matematik funksiyalarning har birini yozib ma’nosini tushuntirib bering? 7.Qo‘shimcha(min, max, sum) funksiyalarning har birini yozib ma’nosini tushuntirib bering? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling