Ingliz tiliga o’zbek tillarida bosh bo`laklarning ifodalanishi


Download 330 Kb.
bet1/36
Sana16.06.2023
Hajmi330 Kb.
#1510690
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
INGLIZ VA O’ZBEK TILIDA BERILISHI”


“INGLIZ TILIGA O’ZBEK TILLARIDA BOSH BO`LAKLARNING IFODALANISHI”


M U N D A R I J A

KIRISH. ………………………………………………………………………2-7
I BOB. 1.1. O'zbek tilida gap bo'laklarining tartibi
1.2. Ingliz tilida bosh bo`laklar tartibi
I BOB Xulosasi. ………………………………………………………………..18
II. Bob 2.1 Eganing so’z turkumlari bilan ingliz va o’zbek tilida ifodalanishi…………………………………………………………...21-29

    1. Eganing ingliz va o’zbek tilida gerundiy bilan ifodalanishi……....30-35

2.3.Eganing ingliz va o’zbek tilida infinitiv bilan berilishi …………...36-40
2.4.Ingliz tilida kesimning ifodalanishi........................................

    1. Ingliz va o’zbek tilida ega va kesimning munosabati…………......41-46

II Bob Xulosasi ………………………………………………………………..49
Umumiy xulosa ……………….………………………………………........50-53
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Ilova…………………………………………………………………………56
KIRISH

Bitiruv malakaviy ishimizni yozish jarayonida muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» asari (2008 yil) va 2010 yil 28 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi va Senati qo‘shma majlisi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish ustivor maqsadimiz mavzusida qilgan ma’ruzasidagi bildirilgan fikr va mulohazalar hamda O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishining eng muhim ustuvor yo‘nalish xususidi belgilab bergan vazifalarni e’tiborga oldik. Bizning ustuvor maqsadimiz mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishdir. Bunda demokratik islohotlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash qulay investitsion muhitni shakllantirish va texnik qayta jixozlash barcha tizimlarni, jumladan ta’lim sohasini tubdan isloh etish ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini keng qo‘llash masalalari alohida o‘rin egallaydi. Bunday ishlarni amalga oshirishda asosiy vazifamiz vatanimiz taraqqiyoti va hayotimiz farovonligini yuksaltirishdan iborat.


Yuqorida keltirganimiz Prezident I.A.Karimov asarlari hamda yirik olimlarining bitiruv malakaviy ishi mavzusiga oid tadqiqotlari ushbu ishning metodologik asosini tashkil etadi.
Men Bitiruv malakaviy ishimni kirish qismini boshlashdan oldin kelajagi buyuk Mamlakatimizda Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi va bevosita rahnamoligida xalqimizning hech kimdan kam bo‘lmasdan tinch- totuv yashashi va farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan oqilona va odilona siyosatidan g‘urur va iftihorga to‘lib, Prezident ko‘rsatmalaridan saboq olish niyatida u kishining keyingi paytlardagi ma’ruza va nutqlari bo‘yicha imkon darajasida yozishni maqsadga muvofiq deb topdim.
Unib - o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy jihatdan tarbiyalash va bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan dasturni amalga oshirish bo‘yicha ishlar izil davom ettirildi. Buning natijasida faqat 2010 yilning o‘zida 72 sport inshooti, 27 ta suzish havzasi foydalanishga topshirildi, umumiy qiymati 3 million AQSH dollariga teng bo‘lgan sport inventarlari va uskunalar joylarga yetkazib berildi.
O‘tgan yilda farzandlarimizning ijodiy qobiliyati va ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan musiqa va san’at maktablarining moddiy - texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha qabul qilingan dasturni amalga oshirish boshlandi. Agar 2009 yilda oltita musiqa va san’at maktabi qurilgan va rekonstruksiya qilingan bo‘lsa, hisobot yilida 46 ta ana shunday maktab foydalanishga topshirildi. Ularning qurilishiga 51 milliard so‘mdan ortiq kapital mablag‘ yo‘naltirildi.
O‘quv jarayoniga keng formatli kommunikatsiya tarmoqlari va internet texnologiyalarini joriy qilish maqsadida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘ini barpo etishni nihoyasiga yetkazish hamda 2011 yilda mamlakatimizning bara oliy o‘quv yurtlarini, keyinchalik esa akademik litsey va kasb- hunar kollejlarini yagona kompyuter axborot tarmog‘iga ulashni ta’minlash vazifasi yuklatiladi.
Mamlakatimizda 2011 yilning Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili, deb e’lon qilinishi barchamizning zimmamizga qanday ulkan mas’uliyat yuklashi, bu borada tayyorlanayotgan umumdavlat Dasturini hayotga tatbiq etish bizdan qancha kuch va mablag‘larni safarbar etishni talab qilishi haqida bugun gapirib o‘tirishning, o‘ylaymanki, zarurati bo‘lmasa kerak deb ta’kidladi Prezident Islom Karimov.
Mamlakatimizning barcha mintaqalarida biznesni rivojlantirish uchun yanada qulay ishchan muhit yaratish, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesga yanada keng erkinlik berish, byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora- tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Yuqorida keltirganimiz Prezident I.A.Karimov asarlari hamda yirik olimlarining bitiruv malakaviy ishi mavzusiga oid tadqiqotlari ushbu ishning metodologik asosini tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishda hozirgi zamon ingliz tilida ega va uning gapda qo’llanishiga xususida ilmiy izlanishlar olib borilgan bo’lib, eganing ingliz tilida qanday qo’llanishi, uning ot, olmosh fe’llari bilan ifodalanishi va eganing bopshqa tillarda, ya’ni o’zbek tilida qo’llanishi qiyoslab o’rganildi. Albatta, bu izlanishlarim mobaynida turli o’zbek, rus, ingliz olimlarining fikrali bilan ham tanishib chiqdim va ularning nazariyalariga asoslangan holda yana eganing gapda kelishi va funksiyalanishini izohlab berdim.
1. BITIRUV MALAKAVIY ISHINING DOLZARBLIGI:
Ishning dolzarbligi shundaki, ingliz tilini chet tili sifatida o’rganish va o’rgatishdagi qiyinchiliklardan kelib chiqib, muammolar, qiyinchiliklar ko’rib, o’rganib o’tildi. Ishning materiali sifatida Zamonaviy Amerika va ingliz mualliflarining, o’zbek adiblarining badiiy asarlaridan foydalanildi. Ushbu ish kirish, ikki bob va xulosa qismlaridan iuborat. Ishning oxirida shartli belgilar va qisqartmalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirildi.
1. BITIRUV MALAKAVIY ISHINING MAQSADI:
Mazkur bitiruv malkaviy ishini yozishdan maqsad, birinchidan, hozirigi ingliz tilida grammatikada ega mavzusining keng qamrovli ekanligiga qiziqqanligim, ikkinchidan, shu mavzuni chuqur o’rganib, uning ochilmagan qirralaraini topib, uning ustida ilmiy izlanishlar olib boorish va kelajakda yoshlarga ularni qiqitiruvchi barcha muammolarni tezkor hal qilishga yordam berishdan iboratdir.
Mavzu, albatta, hozirgi ingliz tili grammatikasida enga asosiy o’rinda turishi bilan o’rganuvchi o’quvchilarning e’tiborini tortadi. Mavzuning bugungi kundagi aktualligi ham shundaki, ingliz tilini o’rganishga ehtiyoj ortib brogan sari, bu mavzuning grammatikada tutgan o’rni ham muhim bo’lib boradi. Chunki grammatikani o’rganishni boshlagan o’quvchi gapning bosh bo’lagidan biri bo’lgan egani o’rganmay turib, boshqa bir grammatik bo’lakni o’rgana olmaydi.
Shu bilan birga hozirigi ingliz tili grammatikasida bu mavzu ham hazariy, ham amaliy ahamiyati bilan ham e’tiborga molikdir.
1. BITIRUV MALAKAVIY ISHINING NAZARIY AHAMIYATI:
Uning nazariy ahamiyati shundaki, yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda ayta olamizki ega mavzusi grammatikaga asos bo’lib xizmat qiladi. Uning gaplarda qo’llanishi orqali ko’pgina chuqur va chigal grammatik munosabatlar anglashiladi va o’rganuvchi uchun boshlang’ich bosqich vazifasini o’taydi.
1. BITIRUV MALAKAVIY ISHINING AMALIY AHAMIYATI:
Mavzuning amaliy ahamiyati ham beqiyosdir. Bu ilmiy izlanishlarim natijasida o’quv qo’llanmalar, uslubiy ko’rsatmalar, ilmiy maqolalar, ko’rgazmali qurollar yaratilishi, test savollari tuzilishi mumkin. Umuman, o’rganuvchi yoshlar kelajakda shu mavzu bo’yicha o’z bilimlarini oshirish uchun undan unumli foydalanishlari mumkin.
Bizga ma’lumki gapda ega biror bir so’z turkumi orqali ifodalanib kelishi mumkin. Bu ot yoki olmosh, yoki fe’l bo’lishi mumkin. Aslida so’z turkumlari deganda o’zi nimani tushuniladi?
Har bir konkret tildagi mavjud so’zlar ma’lum guruhlarga bo’lingan bo’lib, ular so’z turkumlari deyiladi. Hozirgi zamon ingliz tili va o’zbek tillarida so’z turkumlari klassifikatsiyasi so’zlarning quyidagi xususiyatlariga ko’ra, ya’ni:

  1. Leksik va leksik - grammatik ma’nolariga ko’ra;

  2. Morfologik formalarning ma’lum bir guruhga kiruvchi so’zlar uchun umumiylikka ko’ra;

  3. So’zlarning gapdagi roliga ko’ra aniqlanadi.

1. BITIRUV MALAKAVIY ISHINING NAZARIY ASOSI:
Ushbu bakalavrlik ishni ob’yektini ingliz va o’zbek tillarida eganing ifodalanishi. Ishning asosiy maqsadi ingliz va o’zbek tilida eganing so’z turkumlari bilan ifodalanishi, egasi yo’q shaxssiz gaplar, shaxsi noma’lum gaplarni o’rganish. Eganing ushbu tillarida ifodalanishini farqlash, qiyoslash.
Maqsadga erishish ayrim vazifalarni hal qilishni, ochishni taqozo qiladi.

  • Eganing so’z turkumlari bilan ifodalanishi

  • Eganing gapdagi o’rni.

Ingliz va o’zbek tillarida – ega tushib qoladigan holatlar:
Ingliz va o’zbek tillarida.

  • Ega va kesim moslashuvi.

Ingliz va o’zbek tillarida.



Download 330 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling