Masalan: Ahmad bir pastda jonlanib ketdi – gapda quyidagi gap bo’laklari mavjud.
“Ahmad” – ega
“Jonlanib ketdi” – kesim
“Bir pastda” – ravish holi
Har bir gap bo’lagi o’zi munosabatga kirishgan so’z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo’ladi. Gap bo’laklari vazifalariga, gapdagi mavqeiga qarab ikkiga bo’linadi.
Bosh bo’laklar
Ikkinchi darajali bo’laklar.
Ikki sostavli gapning asosini tashkil qilgan bo’laklar ega va kesim bosh bo’laklar deyiladi.
. EGANING SO’Z TURKUMLARI BILAN IFODALANISHI.
Son ega vazifasida:
Son ham ko’pincha otlashganda ega vazifasida keladi.
Masalan: “Ikkinchi” si so’z o’rtog’iga pichirlab so’zlar edi. (M.T. 197).
Ikkinchisi shoshilib qolib, yerga chuzilib, o’likka o’xshab yotish. (A.Avloniy 9).
Xususiy nutqda, matematik ifodalarda son miqdorining umumiy nomi sifatida qo’llanadi, va ot kabi ega vazifasini bajaradi.
Masalan: o’n besh beshga kafsiz bo’linadi.
Olmosh ega vazifasida:
Olmosh ot, sifat va sonning o’rniga almashib qo’llaniladigan so’z turkumidir.
Shuning uchun olmoshning ega vazifasida kelishida ikki xususiyat bor.
Ot o’rnida ishlatiladigan olmoshlaro odatda ega vazifasini bajaradi.
Masalan: Hamma ham sakrashni biladi.
(B.Jumayev 19 b).
Sifat va sonning o’rnida qo’llanadigan olmoshlar otlashgandagina ega vazifasida keladi.
Masalan: Ikkovlari ham orqalarini devorga uchirdi.
(M.Yaven).
Hammasi erkaklar, bolalar va ayollar gulhan atrofida o’tirishardi. To’rttasi har bir teshikni bo’shatar tagini qarashga tushib ketishdi.
(J.E. 177 b).
Yaxshiga yondosh yomondan qoch.
(Maqol).
Infinitiv ega vazifasida:
Tortishuv qizib ketdi.
Toza kiyinish emas qiyin ish.
(P.Mo’min O’g’it).
Emlasjdan qo’rqish – dardga yo’liqish.
Ishlamoq – ishtaxa ochar
Do'stlaringiz bilan baham: |