(Maqol).
Sifatdosh ega vazifasida:
Sifatdosh ko’pincha otlashganda ega vazifasida keladi.
Masalan: Rost so’zlagan yetar niyatga, yomon degan qolar uyatga.
Sifatdosh harakat nomi ma’nosida kelib, ega vazifasimi bajaraishi mumkin. Bu vaqtda u otlashmaydi, va infinitive ega sifatida keladi.
Masalan: So’zlashdan so’zlamaslik yaxshiroq.
So’zlagandan so’zlamaslik yaxshiroq.
Taqlid so’zlar otlashganda ega vazifasida keladi. Masalan: taraq – turuq, qaldir – quldur, tinmay davom etdi.
(A.Qahhor).
Qars ikki qo’ldan chiqadi
(Maqol).
Frazeologik birikmalar bilan ifodalangan ega.
Buni qisqacha “Ibora ega” deb atash mumkin.
Masalan: Arizabozlik nohaqlikka yo’l qo’ymaydi.
(T.Murod. 28 b).
Moskvadan kelgan shlyapalik odam kattalarni yig’ibdi.
(T.Murod 217 b).
Eganing qo’llanishiga doir boshqa hodisalarni ko’rib o’tamiz:
1. Ega to’dadan ajratilgan qismini bildirganda to’daning – butunning nomi ko’pincha chiqish kelishigidagi so’z bo’ladi. Bunday qo’llash ko’proq so’zlashuv nutqida uchraydi:
Bunda chiqish kelishigidagi bo’lakdan keyion bosh kelishik formasidagi so’z qo’llansa, ega odatdagi holatda ifodalangan bo’ladi. Bosh kelishikdagi so’z qo’llanmasi bunday konstruksiya bir sostavli gap deb qaratiladi.
Masalan: bizning fakultetimizda har xil millatlar bor: rusdan ham bor tojikdan ham bor.
2. Lekin ayrim –ayrim so’z bilan ifodalanagan bo’lib, gapda eganing qatnashishi yoki qatnashmasligi nutqning mazmun tomonidan grammatik yengillik xususisyatlari bilan bog’liq.
Masalan: Sen doskaga chiq.
Bu gapda qo’shimcha ma’no saralash ajratish ma’nosi.
Masalan: Qoskaga chiq, bu gapda qo’shimcha ma’no saralash, yenglillik ajratish ma’nosi. Bu ikki gapdagi fikrning xilma – xilligini bildirishda, ajratishda intonatsiya muhimdir.
Ega ayrim so’z bilan ifodalanmaganda uni kesimdagi predikativlik effektlari ko’rsatib turadi. Eganing ayrim so’z bilan ifodalanmasligi quyidagi hollarda uchraydi: uyushgan bo’laklar formasida kelgan gaplar egalar;
a) ularning har biri kesim bilan ifodalangan bo’lib, alohida bog’lana oladi. Bunday holat egalarda III – shaxs ma’nosi ifodalaganda sodir bo’ladi;
Masalan: U va Sobit keldi.
b) egalar shaxs jiuhatdan har xil bo’lganda uyushuvchi elementlar birgalikda ega sanaladi. Kesim I yoki II shaxsning ko’pligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |