Ingliz tiliga o’zbek tillarida bosh bo`laklarning ifodalanishi


Masalan: - Tuya ko’rdingmi? -


Download 330 Kb.
bet17/36
Sana16.06.2023
Hajmi330 Kb.
#1510690
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
INGLIZ VA O’ZBEK TILIDA BERILISHI”

Masalan: - Tuya ko’rdingmi?
- Yo’q!
Shaxsi no’malum gaplar.
Bunday turdosh gaplarda ham ega qo’llanmaydi. Kesim III – shaxs formasidagi aniq fe’llardan bo’ladi. Shaxsi no’malum gapning kesimi, uchinchi shaxsning ko’pligi formasidagi fe’l bo’ladi.
Masalan: Farzandning erta – kechi bo’lmaydi deydilar.
(T.M. 147 b).
Itning uvlashi – yaxshi alomat emas deydilar.
Darrov ha desang, kelin o’lib turgan ekan deydilar.
Shaxsi noma’lum gaplarda bajaruvchi shaxs emas balki ishni o’zi birinchi o’rinda turadi, asosiy diqqat shunga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun so’zlovchi bajaruvchi ma’lum bo’lgan hollarda ham uni bajarauvchi umuman noma’lum bo’ladi.
Masalan: Yaqinda bizning qishloqda yaxshi maktab qurilmoqchi. (qurildi, quriladi).
Keyingi paytlarda shaxrimizda ko’plab inshootlar qurilmoqda. (qurildi, quriladi).
Shu yili mehribonlik uylariga katta yordam bko’rsatildi. (ko’rsatishdi, ko’rsatilmoqda).
Ega haqida tushuncha bera turib, biz ikkita asosiy aspektga tayanishimiz kerak, ulardan biri asosan tilni o’rganishdan kelib chiqsa, ikkinchisi zamonaviy ingliz tili strukturasining o’ziga xos muayyan ko’rinishlarga asoslanib aniqlashimiz mumkin. Zamonaviy ingliz tilidagi ega tushunchasi o’zbek tilidagi ega tushunchasiga to’liq bulmasada, qisman to’g’ri keladi. O’zbek tili va adabiyoti kitobida ega haqida quyidagi ma’lumot berilgan. Gapda mutloq hokim vaziyat egallab, fikrning kimga, nimaga qarashli ekanini agnlatuvchi gap bo’lagi ega deyiladi. Avvalambor tushunchaning strukturasini izohini ko’rib chiqaylik.
U quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Eganing ma’nosi, gapda ifodalanishi fikrga munosabatini bildiradi.
2. Gapdagi sintaktik ma’noni bildiradi.
3. Uning morfologik tuzilishini bildiradi. Bundan kelib chiqib egaga quyidagicha izoh beramiz. Ega bu gapning ikkita asosiy bo’laklaridan biridir.
Bosh kelishikdagi ot, kelishik kishilik olmoshlari, son, infinitiv, gerundiy va substantiv sifat gohida ot ibora bo’lib kelishi mumkin.
Ingliz tilida ega muammosiga izoh beradigan bo’lsak, tez – tez quyidagicha gaplar uchraydi va bu gaplarda aniqlik kiritishimiz zarur.

Download 330 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling