Guruh: i-101. Bajardi: Matkomilova Z


Download 0.68 Mb.
Sana09.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1449511
Bog'liq
gap bo\'laklari (1)

Guruh: I-101.

Bajardi: Matkomilova Z.

Qabul qildi: Mirzakarimova Z


O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta
Maxsus ta’lim vazirligi
Angren Universiteti
“Ona tili” fanidan
MUSTAQIL ISH
Angren - 2023

Reja:

1. Gap bo‘laklari haqida ma‘lumot.

2. Ega va uning ifodalanishi. Kesim va uning ifodalanishi. 3. Ikkinchi darajali bo‘laklar haqida ma‘lumot.


Gap bo‘laklari dastlab, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarga bo‘linadi.
Bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi.
Fikr asosan gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi.
Gapning ega va keaimi bosh bo‘laklar hisoblanadi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar esa bosh bo‘laklarni aniqlab, to‘ldirib keladi.
Ikkinchi darajali boplaklarga to‘ldiruvchi,aniqlovchi va hol kiradi.
Ega . Mutloq hokim vaziyatni egallab, fikrning kimga, nimaga qarashli ekanligini anglatuvchi gap bo‘lagi.

Ega


Ega keng ma‘noda predmet tushunchasini bildiruvchi, kesimdan anglashilgan belgi, harakat, holatning kimga yoki nimaga oidligini ko‘rsatadi.
Ega bosh kelishikdagi so’z bilan ifodalanib , Kim? Nima? Qayer? degan so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi.
Ega ikki tarkibli gapning bosh bo‘laklaridan birdir.

Kesim


Kesim egaga tobe, o’ziga bog’lanib kelgan so‘zlarga nisbatan hokimdir. Kesim turli so’z turkumlari bilan ifoda qilinadi.
Tuslangan fe‘llar ikki sastavli gaplarning kesimi uchun tipik formadir. Odatda, gap bir so‘z orqali ham ma‘lum intonatsiya yordamida ifodalanishi mumkin. Bir sastavli gapda predkatevli struktura jihatidan ko‘pincha kesim orqali ro’yobga chiqadi.
Demak, kesim egasi maxsus so‘z orqali ifodalanmagan gapda ham mavjud bo‘ladi.

Ikkinchi darajali bo’laklar:


Ikkinchi darajali bo‘laklar bosh bo‘laklar orqali ifoda qilingan gapning asosiy mazmuni aniqlab, to‘ldirib, izohlab keladi. Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari 3 ga bo‘linadi.
1. Aniqlovchi
2. To‘ldiruvchi.
3. Hol.

Aniqlovchi


Aniqlovchi – gapning ikkinchi darajali boʻlagi. Narsa, hodisa nomiga tobelanib, uning belgisi (xususiyati, sifati)ni anglatadi. Aniqlovchining uch turi mavjud:
a) izohlovchi Aniqlovchi (boshqa nomni bildiradi ularga jinsi,mansabi,unvoni,qarindoshchiligi mas, oʻzbek shoiri Furqat);
b) sifatlovchi Aniqlovchi (mas, keksa togʻlar); v) qaratuvchi Aniqlovchi– belgili yoki belgisiz qaratqich kelishigi shaklidagi soʻz bilan ifodalanadi (mas, suvning beti yoki suv beti).

To’ldiruvchi


Boshqaruvchi soʻzga bogʻlanish xarakteriga koʻra, to‘ldiruvchi 2 xil boʻladi; vositasiz to‘ldiruvchi va vositali to‘ldiruvchi.
U oʻzi bogʻlangan soʻz (kesim)ga nisbatan grammatik tobe munosabatda boʻladi.
Toʻldiruvchi (tilshunoslikda) — gapning ot yoki otlashgan soʻz bilan ifodalanadigan, harakatning obʼyekti boʻlgan predmetni koʻrsatib, asosan kesimga bogʻlanadigan boʻlagi.

Hol


Hol (tilshunoslikda) — gapning ikkinchi darajali boʻlaklaridan biri boʻlib, ish-harakatning belgi-sifatini, uning bajarilish usulini, shu bajarilish bilan bogʻliq boʻlgan oʻrin, payt, sabab, maqsad, shart-sharoit, miqdordaraja kabi xususiyatlarini koʻrsatadi.
Hol ravish, feʼl, ot, sifat, son, olmosh kabi soʻz turkumlari bilan, shuningdek, taklidiy soʻzlar bilan ifodalanadi.
Ravishning barcha turlari hol vazifasida kela oladi. Feʼlning ravishdosh, sifatdosh shakllari hol vazifasida keladi.
Masalan, Saida kulib soʻzladi. Anvar jilmaygan holda kirib keldi. Oʻzbek tilida hol mazmun jihatdan 8 xil boʻladi: Tarz hol — ish-harakatning bajarilish holati, usuli va sifatini bildiradi, odatda feʼlga bogʻlanadi: Ular juda sekin yurishdi (Oybek).

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A. Nurmatov va boshqalar.O’zbek tilining nazariy sintaksisi. 2. R. Rasulov. So‘z valentligi va sintaksis a‘loqa jurnali. 3. A. Xojiyev. So‘zning morfem tarkibi masalalariga doir "O’zbek tili va adabiyoti“ jurnali. 4. F. Ubayeva, R. Saydullayeva. To‘liqsiz gaplar to‘g‘risida ba‘zi bir mulohazalar . http://fayllar.org


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling