Ingliz tiliga o’zbek tillarida bosh bo`laklarning ifodalanishi


II. Bob 2.1 ingliz va o’zbek tilida Eganing so’z turkumlari bilan ifodalanishi


Download 330 Kb.
bet13/36
Sana16.06.2023
Hajmi330 Kb.
#1510690
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
INGLIZ VA O’ZBEK TILIDA BERILISHI”

II. Bob 2.1 ingliz va o’zbek tilida Eganing so’z turkumlari bilan ifodalanishi

Gapdagi so’z bir – biri bilan o’zaro bog’langan bo’lib, bu so’zning har biri gap sosotavida biror grammatik funksiyani bajaradi:


Masalan: We read an interesting text
Biz qiziqarli matn o’qidik
We – biz; olmosh –ega
Read – o’qidik; fe’l – kesim
An – noaniq artikl
Interesting – qiziqarli, sifat – aniqlovchi.
Text – matn; ot – to’ldiruvchi
Mustaqil so’zlar gap bo’laklari bo’la oladi. Bundan37 ko’rinadiki, mustaqil so’zlar va gap bo’laklari orasida ma’lum bog’lanish bor. Gap bo’laklari sintaktik kategoriya bo’lib, gap sostavidagi elemenetlarning o’zaro munosabatini, harakterini, gapning Grammatik jihatdan qanday bo’laklarga ajralishini, so’zning gapdagi rolini ko’rsatadi. Gapning bo’laklari gapni tashkil qilishdagi uning strukturasini roliga qarab ikki xil bo’ladi:

  1. Bosh bo’laklar

  2. Ikkinchi darajali bo’laklar.

Ikki sostavli gaplardagi har bir sostavning grammatik hajmi so’zi birgalikda gapning bosh bo’laklarini tashkil etadi.
Bu bo’laklar ega bilan kesimdir. Ega o’z sostavidagi bo’laklarga hokim bo’lganidek, kesim ustidan ham hokimdir.
Ega va kesim bir – biri bilan grammatik jihatdan bog’liq. Agar gapning egasi bo’lsa, kesimi ham bo’lishi shart. Endi sizdan ega mana shu gap gap bo’laklaridan ega to’g’risida to’xtalib o’tmoqchimiz. Eganing ingliz va o’zbek tillarida berilishi, qaysi so’z turkumllari bilan ifodalanishi o’zbek tiliga tarjima qilinganda qanday o’zgarishlar bo’lishini atroflicha ko’rib o’tamiz.
Avval biz ega deb qanday gap bo’lagiga aytiladi degan savollarga javob topamiz: ega gapning shunday bo’lagiki u ifodalagan shaxs yoki narsa kesim ifodalagan harakat – holat belgiga tegishli bo’ladi.
Endi gap bo’laklari to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tamiz: gap tarkibidagi so’zlar turli vazifani bajaradi, gapning turli bo’laklari bo’lib keladi. Bu so’zlar o’zaro bog’langanda o’zaro munosabatga kirishadigan gap bo’lagi bo’la oladi.

Download 330 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling