Ingliz tiliga o’zbek tillarida bosh bo`laklarning ifodalanishi
Download 330 Kb.
|
INGLIZ VA O’ZBEK TILIDA BERILISHI”
GAPDA SO‘Z TARTIBI
O‘zbek tilida gap tarkibida so‘zlar tartibi, asosan, erkin. So‘zlarning o‘rin almashishi ularning grammatik holatiga jiddiy ta’sir etmaydi. Biroq bu gap mazmuniga, uslubiy jihatiga ta’si r etadi. Qiyoslaymiz: Men bozorda G‘olibni uchratdim. G‘olibni men bozorda uchratdim. Bozorda G‘olibni men uchratdim. Bu gaplarda o‘zbek tilining o‘ziga xos mantiq urg‘usining qo‘llanish usuli namoyon bo‘lmoqda. Birinchi gapda boshqa birovni emas, aynan G‘olibni uchratganim, ikkinchi gapda boshqa joyda emas, aynan bozorda uchratganim, uchinchi gapda esa boshqa birov emas, aynan men uchratganim haqidagi mazmun ifodalanyapti. O‘zbek tilida mantiq urg‘usi olgan so‘z odatda kesimdan oldin joylashadi. Mantiq urg‘usi kesimga tushganda, kesim joyini o‘zgartirmaydi, balki o‘z joyida yuqori ton – ohang bilan aytiladi, xolos. O‘zbek tilida eganing gap boshida, kesimning gap oxirida kelishi doimiy, me’yoriy hol hisoblanadi. Biroq badiiy uslubda, shior tipidagi buyruq va undov gaplarda, ayniqsa, og‘zaki nutqda ega bilan kesimning o‘zaro almashinib qo‘llanish holatlari ko‘plab uchraydi. Masalan: Yashasin xalqlar o‘rtasidagi baynalmilal do‘stlik! Keldi bahor, gul bahor, Erib bitdi oppoq qor, kabi. Ega va kesim gapning bosh bo‘laklari hisoblanadi. To‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol ikkinchi darajali bo‘laklardir. Ega va unga bog‘lanib kelgan ikkinchi darajali bo‘laklar ega tarkibini, kesim va unga bog‘lanib kelgan ikkinchi darajali bo‘laklar kesim tarkibini tashkil etadi. Aniqlovchi aniqlanmishdan oldin keladi: yam-yashil bog‘lar, oppoq paxtalar, to‘g‘ri so‘z, oltin soat kabi. To‘ldiruvchi fe’ldan oldin keladi: kinoni tomosha qilmoq, o‘qituvchi bilan bahslashmoq, she’r o‘qimoq kabi. Hol ham fe’ldan oldin joylashadi: bugun boramiz, tezda qaytamiz, tomosha qilgani keldik kabi. Aniqlovchi ega bilan, to‘ldiruvchi va hol esa kesim bilan bog‘lanib, mantiqiy butunlik hosil qiladi. Masalan: Biz fakultetimiz yosh havaskorlar to‘garagi a’zolarining qiziqarli chiqishlarini uzoq kuzatib turdik. O‘zbek tilida ega bilan kesimning shaxs va sonda moslashuvi, asosan, birinchi va ikkinchi shaxsning birlik hamda ko‘plik shakllariga xosdir. Uchinchi shaxsning birlik shaklida ham shunday moslik bor. Masalan: Men keldim. Sen o‘qiding. U boradi, kabi. Bu gaplarda ega qaysi son va shaxsda bo‘lsa, kesim ham shu son va shaxsdadir. Uchinchi shaxs ko‘plik shaklida esa ega ko‘plikda, kesim birlik sonda qo‘llanishi mumkin. Masalan: Bolalar paxta teryapti. Daraxtlar gulladi. Sigirlar o‘tladi, kabi.1 Download 330 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling