Zaharli moddalarning ruxsat etilgan chegaraviy konsepsiyasi


Download 1.22 Mb.
bet1/4
Sana02.12.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1780017
  1   2   3   4
Bog'liq
1480591909 64801

Zaharli moddalarning ruxsat etilgan chegaraviy konsepsiyasi

Atmosferani ifloslanishiga qarshi kurash

  • Atmosferani ifloslanishiga qarshi kurash bo’yicha o’tkaziladigan mantiqiy tadbirlar majmuasiga — atmosferani ifloslantiruvchi asosiy manbalardan biri bo’lgan avtomo­billar uchun yangi turdagi dvigatellar yaratish, ularni texnologik toza yonilg’i turiga o’tkazish, atmosfera havosini ifloslantiruvchi barcha korxonalarni shahardan tashqariga joylashtirish, ishlab chiqarish korxonalarini bir-biriga yaqin joylashtirishni qat’iyan man etish va boshqa shu kabi tadbirlar kiradi.

Sanoat korxonalari va kommunal xo’jaliklari chiqindilari

  • Sanoat korxonalari va kommunal xo’jaliklari chiqindilari hisobiga shaharlar atrofida turli chiqindi omborlarining paydo bo’lishi, axlatxonalarning ko’payishi atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilishni taqazzo etadi. Mazkur masala gigiena fanining masalasi bo’libgina qolmay, balki ijtimoiy va iqtisodiy masala hamdir. Biroq, bu masala kompleks ravishda hal etilmasa, echilishi murakkab bo’lgan muammo bo’lib koladi. Hozirgi vaqtda atmosfera havosini muhofaza qilish maqsadida uch xil tadbirni amalga oshirish ko’zda tutiladi. Bular mantiqiy, texnik va loyixalashga asoslangan tadbirlardir. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish bilan aholi turar joylaridagi atmosfera havosi bulg’anishlarini ruxsat etiladigan miqdorini ta’minlash mumkin, qolaversa, aholining sanitariya-turmush sharoitini ham yaxshilasa bo’ladi.

Texnologik tadbirlar.

  • Atmosfera havosini muhofaza qilishda texnologik tadbirlarning ahamiyati kattadir. Ko’riladigan tadbir asosida tashki muhit ob’ektlariga, jumladan, havoga tashlanadigan chiqindilar miqdorini qisqartirish yoki mutloq. tuxtatish zarur. Buning uchun sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlarni takomillashtirish, hatto chiqindisiz yoki kam chiqindili texnologiyalarni joriy etish mumkin. Bunday texnologiyalar mutloq berk jarayonlar bo’lib, unda chiqindilar butunlay bo’lmaydi, chiqindi moddalar boshqa maxsulotlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo vazifasini o’taydi. Chiqkindisiz yoki kam chiqindili ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishda xom ashyo tayyorlash, mavjud materiallardan tula foydalanish, ularni chiqindi sifatida tashqi muhitga tashlamaslik chora-tadbirlari ko’riladi. Albatta, chikindisiz texnologiya jarayonlarini ishlab chikish nazariy jixatdan oson bo’lsa-da, amalda uni joriy etish juda murakkabdir. Shuni ham aytib o’tish kerakki, chiqindisiz ishlaydigan sanoat korxonalari faoliyatlari asosini barcha xom ashyolarni tayyor mahsulotlarga aylantirish tashkil qiladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling