1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHAHARLARNI TOZA TUTISHNI TASHKIL QILISH VA SANITARIYA NAZORATINI UYUSHTIRISH
Haydash shudgorlari. Bunday shudgorlarda najas-suyuq axlatlar
faqat zararsizlantiriladi. Ammo haydash shudgorlariga bo’ladigan sanitariya talabi assenizaciya shudgorlarinikidan aytarli farq qilmaydi. Bunda maydonlar ikkita bo’ladi. Yilda navbatma-navbat yer maydonlari najas bilan to’ldiriladi. Yer maydonining biri suyuq axlat bilan band bo’lganda ikkinchisiga dam byeriladi, chunki birinchi axlat bilan to’ldirilgan maydonda organik moddalar minyerallashib noorganik moddalarga aylanadi. Tuproq asta-sekin organik moddalardan, mikroblardan tozalana boradi. Haydash shudgorlariga ekin ekilmasligini hisobga olib, bir gektar maydonga quyiladigan najas miqdori normasini 2000 tonnaga etkazish mumkin, bunda 1000 aholi uchun 0,6 gektar yer maydoni etarli bo’ladi. Jamoa hojat-xonalarining tozaligini va ko’chalarda axlat yig’ilib qolmasligini nazorat qilish kommunal xo’jalik xodimlari zimmasiga yuklanadi. YAna ular kanalizaciya tarmoqlari o’tmagan yerlarda axlatlarni zararsizlantirishni ham to’g’ri uyushtirishlari kerak. SHAHARLARNI TOZA TUTISHNI TASHKIL QILISH VA SANITARIYA NAZORATINI UYUSHTIRISH SHahardan chiqindi-axlatlar o’z vaqtida olib chiqib ketilmasa turli yuqumli kasalliklar tarqalishiga va shahar havosining ifloslanishiga sabab bo’ladi. Bu vazifa kommunal xo’jalik xodimlari zimmasiga yuklangan bo’lib, o’z vaqtida amalga oshirishni taqozo qiladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun kerak bo’ladigan asbob-anjomlar, transport va boshqa vositalar shu idoralar ixtiyorida bo’ladi. Kommunal xo’jalik idoralarining 423 barchasi ijroqo’mlar ta-sarrufida bo’ladi. Demak, bu idoralar shaharni obodonlashtirish bilan birga uning toza bo’lishiga ham javobgardirlar. Ular chiqindi-axlatlarni o’z vaqtida zararsizlantirishni tashkil etishlari, ko’chalarga qo’yilgan axlat yashiklari, baklarning butunligani va axlat mashinalarining soz-nosozligani nazorat qilib turishlari kerak. Sanitariya muassasasi xodimlari bu borada quyidagi vazifa-larni ajarishlari shart: 1. Ular shahar xududi tozaligani qattiq nazorat qilishlari, agar ifloslansa bunga javobgar shaxslarni ogohlantirishlari, shuningdek tozalash inshootlarining qurilish loyihasini ilmiy asosda o’rganib chiqishlari kerak. 2. Tozalash punktlarini qattiq nazorat ostiga olishlari kerak. 3. CHiqindi-axlatlarni tozalash inshootlarida, ya’ni haydash va assenizaciya shudgorlarida, kompost qilish maydonlarida zararsizrnishi qay darajada borayotganini tekshirishlari kerak. 4. SHaharning iflosligi natijasida tarqalgan yuqumli kasalarning (oshqozon-ichak, sariq kasalligi va gel’mintlarni tarqalishi) tarqalish sababini o’rganib, oldini olishlari kerak. Odatda shahar aholisini demografik ko’rsatkichini, ya’ni aholi ortib borishini ko’zda tutib shahar tozaligini ta’minlash loyihalari 5—10 yilga mo’ljallab tuziladi. Ammo, besh yilga mo’ljallangan loyihalarda ayni vaqtda bajarilishi mumkin bo’lgan vazifalar loyihalashtiriladi. Qolgan besh yilga esa aholi sonini ortib borishini hisobga olib ish ko’riladi. SHunday loyihalar ishlab chiqilgandagina shaharlarni toza tutish rejali ravishda amalga oshirilib, zamonaviy sanitariya asbob-uskunalaridan unumli foydalanish mumkin. SHaharni tozalash loyihasiga tozalashning bosh sxemasi, rejali vazifalar, inshootlar va anjomlarning loyihalari, ishni boshqarish rejasi kiritiladi. Ana shu loyihalarni ishlab chiqishda sanitariya vrachlari albatta ishtirok etishlari kerak. Ammo, shahar tozaligani ta’minlash loyihasini aniq tuzish uchun talay dalillar o’rganilishi lozim: 1) joylarning tabiiy sharoiti ya’ni tuprog’i, tekis- 424 notekisligi, yog’ingarchiliklar) shamol yo’nalishi; 2) shahar va nohiyalarning sanitariya holati; 3) aholi o’rtasida yuqumli oshqozon-ichak kasalliklari, gel’mint kasalliklarining tarqalishi; 4) tozalashning hamma etaplari qay ahvolda ekanligi; 5) kanalizaciya tarmoqlarining hozirgi va kelajakdagi taraqqiyoti; 6) aholining nohiya miqyosidagi zichligi va soni, turar joy fondi; 7) maydonlarning, turar joylarning, ko’cha va xiyobonlarning obodonlashtirilganligi; 8) ko’kalamzorlashtirish-ning ahvoli va boshqalar; Aholi turar joylarini tozalash loyihasini tuzishda kelgusida to’planishi mumkin bo’lgan axlatlar miqdori ham rejalashtiriladi. Tozalashning bosh sxemasi quyidagicha: 1) shaharni tozalashning umumiy rejasi; 2) uy-joylarning muntazam tozalanib turishi; 3) axlatlarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish usulari; 4) axlatlarni zararsizlantirish uchun tanlangan yer maydonlarining kengligi va hajmi; 5) aholi uchun zarur bo’lgan kommunal’ inshootlar; hojatxona transportlar uchun parklar, axlat yoqadigan o’choqlar; 6) ko’cha va maydonlarni tozalash, supurib-sidirish va suv sepish; 7) loyiha bo’yicha tozalashni amalga oshirish uchun ketadigan xarajatlar. Jamoat joylarida, mahallalarda yig’ilgan axlatlarni o’z vaqtida, rejali ravishda tozalab olib chiqib ketish loyiha asosini belgilaydi. Kanalizaciya tarmoqlari bo’lmagan jamoat joylaridagi hojatxona axlatlarini tez-tez tozalab turish ham loyihadan muhim o’rin egallaydi. SHu ishlar amalga oshirilgandagina shahar territoriyasini ozoda saqlash va turli yuqumli kasalliklarning oldini olish mumkin. VII BOB Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling