1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

Haydash shudgorlari. Bunday shudgorlarda najas-suyuq axlatlar 
faqat zararsizlantiriladi. Ammo haydash shudgorlariga bo’ladigan 
sanitariya talabi assenizaciya shudgorlarinikidan aytarli farq qilmaydi. 
Bunda maydonlar ikkita bo’ladi. Yilda navbatma-navbat yer maydonlari 
najas bilan to’ldiriladi. Yer maydonining biri suyuq axlat bilan band 
bo’lganda ikkinchisiga dam byeriladi, chunki birinchi axlat bilan 
to’ldirilgan maydonda organik moddalar minyerallashib noorganik 
moddalarga aylanadi. Tuproq asta-sekin organik moddalardan
mikroblardan tozalana boradi. Haydash shudgorlariga ekin ekilmasligini 
hisobga olib, bir gektar maydonga quyiladigan najas miqdori normasini 
2000 tonnaga etkazish mumkin, bunda 1000 aholi uchun 0,6 gektar yer 
maydoni etarli bo’ladi. Jamoa hojat-xonalarining tozaligini va ko’chalarda 
axlat yig’ilib qolmasligini nazorat qilish kommunal xo’jalik xodimlari 
zimmasiga yuklanadi. YAna ular kanalizaciya tarmoqlari o’tmagan 
yerlarda axlatlarni zararsizlantirishni ham to’g’ri uyushtirishlari kerak. 
SHAHARLARNI TOZA TUTISHNI TASHKIL QILISH VA SANITARIYA 
NAZORATINI UYUSHTIRISH 
SHahardan chiqindi-axlatlar o’z vaqtida olib chiqib ketilmasa turli 
yuqumli kasalliklar tarqalishiga va shahar havosining ifloslanishiga sabab 
bo’ladi. Bu vazifa kommunal xo’jalik xodimlari zimmasiga yuklangan 
bo’lib, o’z vaqtida amalga oshirishni taqozo qiladi. Bu ishlarni amalga 
oshirish uchun kerak bo’ladigan asbob-anjomlar, transport va boshqa 
vositalar shu idoralar ixtiyorida bo’ladi. Kommunal xo’jalik idoralarining 


423
barchasi ijroqo’mlar ta-sarrufida bo’ladi. 
Demak, bu idoralar shaharni obodonlashtirish bilan birga uning toza
bo’lishiga ham javobgardirlar. Ular chiqindi-axlatlarni o’z 
vaqtida zararsizlantirishni tashkil etishlari, ko’chalarga qo’yilgan axlat 
yashiklari, baklarning butunligani va axlat mashinalarining soz-nosozligani 
nazorat qilib turishlari kerak. 
Sanitariya muassasasi xodimlari bu borada quyidagi vazifa-larni 
ajarishlari shart: 
1. Ular shahar xududi tozaligani qattiq nazorat qilishlari, agar 
ifloslansa bunga javobgar shaxslarni ogohlantirishlari, shuningdek tozalash 
inshootlarining qurilish loyihasini ilmiy asosda o’rganib chiqishlari kerak. 
2. Tozalash punktlarini qattiq nazorat ostiga olishlari kerak. 
3. CHiqindi-axlatlarni tozalash inshootlarida, ya’ni haydash va 
assenizaciya shudgorlarida, kompost qilish maydonlarida zararsizrnishi qay 
darajada borayotganini tekshirishlari kerak. 
4. SHaharning iflosligi natijasida tarqalgan yuqumli kasalarning 
(oshqozon-ichak, sariq kasalligi va gel’mintlarni tarqalishi) tarqalish 
sababini o’rganib, oldini olishlari kerak. Odatda shahar aholisini 
demografik ko’rsatkichini, ya’ni aholi ortib borishini ko’zda tutib shahar 
tozaligini ta’minlash loyihalari 5—10 yilga mo’ljallab tuziladi. Ammo, 
besh yilga mo’ljallangan loyihalarda ayni vaqtda bajarilishi mumkin 
bo’lgan vazifalar loyihalashtiriladi. Qolgan besh yilga esa aholi sonini ortib 
borishini hisobga olib ish ko’riladi. 
SHunday loyihalar ishlab chiqilgandagina shaharlarni toza tutish rejali 
ravishda amalga oshirilib, zamonaviy sanitariya asbob-uskunalaridan 
unumli foydalanish mumkin. 
SHaharni tozalash loyihasiga tozalashning bosh sxemasi, rejali 
vazifalar, inshootlar va anjomlarning loyihalari, ishni boshqarish rejasi 
kiritiladi. Ana shu loyihalarni ishlab chiqishda sanitariya vrachlari albatta 
ishtirok etishlari kerak. 
Ammo, shahar tozaligani ta’minlash loyihasini aniq tuzish uchun talay 
dalillar o’rganilishi lozim: 1) joylarning tabiiy sharoiti ya’ni tuprog’i, tekis-


424
notekisligi, yog’ingarchiliklar) shamol yo’nalishi; 2) shahar va 
nohiyalarning sanitariya holati; 3) aholi o’rtasida yuqumli oshqozon-ichak 
kasalliklari, gel’mint kasalliklarining tarqalishi; 4) tozalashning hamma 
etaplari qay ahvolda ekanligi; 5) kanalizaciya tarmoqlarining hozirgi va 
kelajakdagi taraqqiyoti; 6) aholining nohiya miqyosidagi zichligi va soni, 
turar joy fondi; 7) maydonlarning, turar joylarning, ko’cha va 
xiyobonlarning obodonlashtirilganligi; 8) ko’kalamzorlashtirish-ning 
ahvoli va boshqalar; 
Aholi turar joylarini tozalash loyihasini tuzishda kelgusida to’planishi 
mumkin bo’lgan axlatlar miqdori ham rejalashtiriladi. Tozalashning bosh 
sxemasi quyidagicha: 
1) shaharni tozalashning umumiy rejasi; 
2) uy-joylarning muntazam tozalanib turishi
3) axlatlarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish usulari; 
4) axlatlarni zararsizlantirish uchun tanlangan yer maydonlarining 
kengligi va hajmi; 
5) aholi uchun zarur bo’lgan kommunal’ inshootlar; hojatxona 
transportlar uchun parklar, axlat yoqadigan o’choqlar; 
6) ko’cha va maydonlarni tozalash, supurib-sidirish va suv sepish; 
7) loyiha bo’yicha tozalashni amalga oshirish uchun ketadigan 
xarajatlar. 
Jamoat joylarida, mahallalarda yig’ilgan axlatlarni o’z vaqtida, rejali 
ravishda tozalab olib chiqib ketish loyiha asosini belgilaydi. Kanalizaciya 
tarmoqlari bo’lmagan jamoat joylaridagi hojatxona axlatlarini tez-tez 
tozalab turish ham loyihadan muhim o’rin egallaydi. SHu ishlar amalga 
oshirilgandagina shahar territoriyasini ozoda saqlash va turli yuqumli 
kasalliklarning oldini olish mumkin. 
VII BOB 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling