1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


KANALIZACIYA SHOXOBCHALARI ULARNING SOG’LOMLASHTIRISH


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

KANALIZACIYA SHOXOBCHALARI ULARNING SOG’LOMLASHTIRISH 
VA EPIDEMIK KASALLIKLARNI OLDINI OLISHDAGI AHAMIYATI 


425
Kanalizaciya tarmoqlari va quvurlari yer ostiga joylashgan bo’lib, 
chiqindi iflos suvlarni, insondan ajraladigan fiziologik chiqindilar (siydik, 
najas)ni, xo’jalik-chiqindi suvlarini aholi turar joylaridan shahar 
tashqarisiga, tozalash inshootlariga oqizib uzatadigan turli shoxobchalardan 
iborat. Kanalizaciya shoxobchalarining bo’lishi aholi turar joylarini suyuq 
axlatlardan holi qilib, uning ifloslanishiga yo’l qo’yilmaydi. Jamoat turar 
joylaridagi chiqindilar (najas, siydik va boshqalar) bir zumda trubalardan 
oqib tozalash inshootlariga tushadi. 
Kanalizaciya ichki va tashqi kanalizaciyaga bo’linadi. Ichki 
kanalizaciyaga xonadondagi kanalizaciyaga tegishli bo’lgan asbob-
anjomlar; oshxona chig’anog’i (rakovina), o’tirish tozi (unitaz) va 
boshqalar kiradi. Tashqi kanalizaciyaga esa aholi turar joylardagi truba 
tarmoqlari va tozalash inshootlari kiradi. Turar joylarda kanalizaciya 
shoxobchalarining bo’lishi aholining shaxsiy gigiena talabiga javob berish 
bilan birga ana shu maqsadda ketadigan suv miqdorini aniqlashga ham 
yordam byeradi. 
Turar joylarda kanalizaciyaning bo’lishi turli yuqumli kasalliklarni, 
ayniqsa oshqozon-ichak kasalligi tarqalishining oldini oladi va suyuq 
chiqindilarni tozalashning boshqa usuliga nisbatan ancha arzon tushadi. 
Hozirda yuqorida zikr qilinganlarni hisobga olib, barcha aholi turar 
joylarida kanalizaciya tarmoqlarini o’tkazish nazarda tutilmoqda. Hozirda 
yangi shaharlar qurilishini va eski shaharlarni ta’mirlashni kanalizaciya 
shoxobchalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kanalizaciya shoxobchalarini
qurish boshqa kommunal inshootlarga 
ham bog’liq. SHulardan eng muhimi vodoprovod tarmoqlarining 
o’tganligidir. SHox ko’chalarning kanalizaciya trubalari yerning qiya 
tomoniga yotqiziladi. Bunda chiqindi suvlarni oqizish engil ko’chadi. 
Zarurat tug’ilsa nasoslar ishlatiladi. Kanalizaciya shoxobchalarini 


426
loyihalashda kelajakda shahar aholisining ko’payishi hisobga olinadi. 
YOtqiziladigan trubalar diametri hosil bo’ladigan iflos chiqindilarni 
sig’dirishini o’ylab ish tutiladi, aks holda kanalizaciya tarmoqlarini 
qaytadan qurishga to’g’ri keladi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling