1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


SANOAT CHIQINDILARINI QAYTA ISHLASH POLIGONLARI VA ULARNI


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

SANOAT CHIQINDILARINI QAYTA ISHLASH POLIGONLARI VA ULARNI 
KO’MISH 
 
Barcha ishlab chiqarish korxonalarida juda ko’plab chiqindi-axlatlar 


403
hosil bo’lishi hech kimga sir emas. Bu chiqindi-axlatlar atrof-muhitga va 
inson salomatligiga zararlidir. 
SHuning uchun ham, butun dunyo mamlakatlari sanoat korxonala-
rining asosiy maqsadi texnologik jarayonlarni rivojlantirib, korxonalarda 
hosil bo’ladigan chiqindilarni kamaytirish. Bu esa uz navbatida 
isrofgarchilikning oldini oladi. Ammo bu ish osonlikcha amalga oshadigan
ish emas. Bu ishni amalga oshirish uzoq vaqt, ko’p 
mablag’ talab qilish barobarida yuqori malakali mutaxassislarning ishidir. 
SHu muammolar hal bo’lgandagina atrof muhitni ifloslanishdan saqlagan 
bo’lamiz. 
12-1-007-76-raqamli Davlat standarti bo’yicha sanoat korxona 
chiqindilari o’zining tashqi muhitga ta’siri nuqtai nazardan to’rt turga 
bo’linadi. 
1-tur o’ta xavfli; 
2-tur o’ta kuchli ta’sir etuvchi; 
3-tur o’rtacha ta’sir etuvchi; 
4-tur kam ta’sir etuvchi tur
Masalan, chiqindilar tarkibida simob, margimush, xrom, uch xlor 
sur’ma, benzpiren va boshqa shunga o’xshash hayot uchun xavfli kimyoviy 
moddalar bo’lsa, u holda bunday chiqindilar xavfliligi jihatdan 1-turga 
kiradi. Agar chiqindilar tarkibida mis xlorid, xlorli nikel’, uch oksidli 
surma, qo’rg’oshinli azot-tuz va boshqalar bo’lsa, o’zining xavfliligi 
jihatidan 2-turga kiradi. Korxona chiqindi-axlatlarida mis sul’fati, misning 
shovul kislotali tuzlari, nikelning xlorli tuzi, qo’rg’oshin oksidi, to’rt xlorli 
karbonlar bo’lsa o’zining kishi organizmiga ta’siri jihatidan 3-turga kiradi. 
CHiqindi tarkibida fosfat, marganec, ruxning sul’fat tuzlari bo’lsa, 4-
turga kiradi. 
Kanadada sanoat-korxona chiqindilari 10 turga bo’linadi — organik 
ximikatlar, eritmalar, yog’lar, moylar, kislota va ishqorlar, metall 
chiqindilari, plastmassa chiqindilari, to’qimachilik chiqindilari, tyeri va 


404
rezina chiqindilari, yog’och va qog’oz chiqindilari. GFR da esa alohida 
chiqindilar ro’yxati bo’lib, yangi chiqindilar turi paydo bo’lsa ro’yxatga 
qo’shib boriladi va ularni zararsizlantirish chora-tadbirlari ko’riladi. 
YUqorida zikr qilinganlardan ma’lum bo’ldiki, korxona chiqindi 
axlatlarining muayyan bir tasnifi yo’q ekan. 
Lekin e’tiborga molik bo’lgan tasnif Moskva shahar ilmiy-tadqiqot 
instituti tomonidan tavsiya qilingan tasnifdir. Bu quyidagilar: 
1. Gal’van kukunlari, loyqa cho’kmalari, reagentlar va kimyoviy 
reakciya chiqindisi kiradi. Ular o’z tarkibida kobal’t, nikel’,
qo’rg’oshin, xromni ushlaydi. Kimyo sanoatining kislotali, ishqorli va 
noorganik chiqindilari ham kiradi. 
2. Turli suvlar cho’kmasi, neft mahsulotlarini ushlovchi sanoat 
korxona chiqindilari, sanoat korxonalari zonasidagi turli mahalliy 
va boshqa tozalash inshootlarida hosil bo’ladigan cho’kma chiqindilar. 
3. Neft chiqindilari, neft shlamlari, engil alanga byeruvchi suyuq 
sovituvchi moylar, lak, moy, sanoat chiqindilari. 
4. Polimyer, plastmassa, sun’iy tolalar va boshqa chiqindilar. 
5. Vulkanizaciya chiqindilari. 
6. YOg’och sanoati chiqindilari. 
7. Qog’oz sanoati chiqindilari. 
8. Rangli, qora metallar, po’lat chiqindilari. 
9. SHlaklar, kullar, changlar. 
10. Oziq-ovqat chiqindilari. 
11. Engil sanoat chiqindilari. 
12. Oyna ishlab chiqarish korxonalari chiqindilari. 
13. Qurilish industriya chiqindilari. 
SHu tasnif asosida sanoat korxonalarining chiqindilari tekshirib 
ko’rilib, xillarga ajratiladi. Ulardan xalq xo’jaligida xom ashyo sifatida 
foydalanish mumkin bo’lganlari ajratib olinadi. Foydalanishga yaroqsiz 
chiqindilar axlatxonalarga tashlanadi, suyuq chiqindilar esa 
kanalizaciyalarga oqiziladi. Keyingi vaqtlarda zararli chiqindilardan xalq 
xo’jaligida foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. 


405
Sanoat-korxona chiqindilari ikki turga bo’linadi, ya’ni foydalanish 
mumkin bo’lgan chiqindilar va foydalanish mumkin bo’lmagan chiqindilar. 
Foydalanish mumkin bo’lgan chiqindilardan xalq xo’jaligining turli 
sohalarida foydalaniladi. 
Sanoat-korxona chiqindilaridan o’g’it sifatida, qurilish sohasida, ba’zi 
bir mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish yoki qayta ishlanib yana 
yangi bir mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Masalan, ximiya, neft-ximiya 
sanoati sohasida ajraladigan shlam qoldiq qatlamlarining 1 mln tonnasi 
qayta ishlanib 4300 tonna kobal’t olish mumkin. SHuningdek, metallurgiya 
kombinatlarida ajraladigan shlaklardan va yonilg’ilarning yonishi natija-
sida hosil bo’ladigan chiqindilardan cement, o’g’it, minyeral tolalar olinadi. 
Beton uchun to’ldirgichlar sifatida ishlatsa bo’ladi, kislotaga chidamli, 
izolyaciya matyeriallari tayyorlash ham mumkin. Sanoat chiqindi suvlarini 
ma’lum bir normada qishloq xo’jaligi sohasida ekinlarni sug’orish uchun 
ishlatish mumkin. Xulosa qilib aytganda, sanoat korxonalaridan chiqadigan 
hamma foydalanish mumkin bo’lgan chiqindilarni xalq xo’jaligining turli 
tarmoqlarida ishlatsa bo’ladi. Bu gigienik va moddiy jihatdan katta 
ahamiyatga egadir. 
Endi, foydalanish mumkin bo’lmagan korxona chiqindilariga kelsak. 
Ular zararsizlantirish uchun ko’mib tashlangan holda kelgusida inson 
salomatligiga zarar qilmasligini hisobga olib ish tutiladi. 
O’rni kelganda shuni ham aytib o’tish kerakki, sanoat chiqindilari 
tarkibida turli-tuman xususiyatga ega bo’lgan kimyoviy moddalar bo’ladi. 
Ular uchuvchan, bug’lanuvchi, eruvchan va yana boshqa xossalarga ega 
bo’lishi mumkin. 
Xavfliligi jihatidan birinchi turga tegishli neftni qayta ishlash 
natijasida hosil bo’ladigan zararli chiqindilar yiliga 5000 tonnani tashkil 
qiladi. Ularni faqat yoqish yo’li bilan zararsizlantirish mumkin. O’ta zararli 
moddalar birikmasi esa metall idishlarga (konteynyerlar) solinib, maxsus 
joylarga gigienik talablarga amal qilingan holda ko’mib yuboriladi. 


406
Butun dunyo mamlakatlari amaliyotida foydalanish mumkin 
bo’lmagan chiqindilarni asosan yoqish yoki qizdirish usuli bilan 
zararsizlantiriladi va sanoat korxonalari uchun mo’ljallangan poligonlarga 
ko’miladi. 
CHiqindilarni tyermik, ya’ni issiqlik usuli bilan zararsizlantirishda 
maxsus o’choqlarda 1000—1200
o
S da kuydiriladi, ularni yonishi oqibatida 
hosil bo’ladigan zararli gazlar gaz ushlagich moslamalarida, 
changushlagich qurilmalarida ushlanib qolinadi, bu bilan atmosfera havosi 
ifloslanishining oldi olinadi. Goho, sanoat erxona chiqindilari xo’jalik 
axlatlari bilan ham birga yoqilishi mumkin. 
Uzoq vaqt foydalanish mumkin bo’lmagan chiqindilar sanoat 
korxonalarida maxsus joylarga to’planadi. Masalan, Olmaliqda joylashgan 
sanoat korxonalarining shu usul bilan yig’ilgan chiqindilari hozirda 
taxminan 40 mln tonnani tashkil qiladi. Kelgusida ularni qayta ishlashga 
jo’natiladi. Korxonalarda yig’iladigan chiqindilar juda zararli bo’lsa, 
keyinchalik maxsus poligonlarga ko’mib tashlanadi (sxema). 
Poligonlar atrofi aylanasiga kanal bilan o’raladi. Bu kanallarda 
yig’ilgan gurunt, yomg’ir va qor suvlari yig’ilib, boshqa suv havzalariga 
quyiladi. Bu tadbir poligonni suv bosishdan asraydi. Bu kanal suvini suv 
havzalariga quyishdan oldin namuna olib tekshirib ko’riladi. Poligon atrofi 
tuproq bilan 1,5—1,7 metr balandlikda, kengligi 3—3,5 metr qilib 
shibbalanadi. Bu esa poligonni atrofdan keladigan sel, yomg’ir va qor 
suvlaridan asraydi. Poligonda ikki zona tashkil qilinadi. Biri ishlab 
chiqarish zonasi, ikkinchisi poligondan 25 metr uzoqlikdagi yoramchi 
xo’jalik zonasi. 
Ishlab chiqarish zonasi besh uchastkaga bo’linadi, to’rtta uchastkada 
chiqindilarni turiga qarab zararsizlantirish ishlari olib boriladi. Beshinchi 
uchastkada esa chiqindilar yuqori haroratda yoqilib zazrsizlantiriladi. 


407
Ishlab chiqarish zonasining to’rt uchastkasida zaharli chiqindilarning 
turiga qarab turli hajmdagi o’ralar qaziladi, har bir turga tegishli chiqindilar 
alohida-alohida, ko’miladi (jumladan, qattiq chiqindilar, pastaga 
(qaymoqsimon) o’xshash chiqindilar, suyuq va changsimon chiqindilar va 
boshqalar. Qaziladigan o’ralar hajmi chiqindilarning miqdoriga bog’liq 
bo’ladi. 
Agar ikki-uch xil chiqindi bir-birlari bilan qo’shilib zaharli birikmalar 
hosil qilmasa, ularni birga ko’mib yuborish mumkin. 
Poligonga olib kelinadigan har bir chiqindi pasportida uning texnik 
xaraktyeristikasi, miqdori, tarkibi va ular bilan ishlashda texnika xavfsizligi 
chora-tadbirlari ko’rsatilishi kerak. Ayniqsa ularni qizdirganda, yoqqanda 
va ular bilan to’g’ridan-to’g’ri ishlanganda qanday ehtiyot choralari ko’rish 
kerakligi belgilanishi kerak. 
Suvda eruvchan va uncha ko’p bo’lmagan chiqindilar o’ta zaharli 
bo’lsa, o’ralarga 10 mm qalinlikdagi konteynyerlar bilan ko’miladi. 
O’raning tagi, yonlari begonlangan bo’lishi kerak. Qattiq, pastaga o’xshash 
va suvda yaxshi eriydigan zaharli chiqindilar o’ralarga ko’miladi, ammo 
o’raning tagi, atrofi 1 metr qalinlikda loy bilan chaplab suvaladi. 
CHangsimon, qattiq chiqindilar o’ralarga qavatma-qavat qilib, jipslashtirib 
ko’miladi. CHiqindilarning o’radagi eng ustki qismi yer yuzasidan 2 metr 
chuqurroqda bo’lishi va bu o’raga yaqin xududlar 8 metr kenglikda 
tekislanishi kerak. CHiqindilar ko’miladigan o’ra tuprog’ining fil’trlash 
koefficienti 10-
7
sm/sekunddan oshmasligi ke-rak. 
Poligonlarga yer maydoni sanepidstanciya xodimlarn bilan kelishilgan 
holda ajratiladi. Ammo, poligon tashkil etilmasdan oldin gidrogeologiya 
mutaxassislari poligon uchun mo’ljallangan maydonni sinchkovlik bilan 
o’rganib o’zlarining yozma xulosalarini berishlari kerak. 
Poligonlarni loyihalash davrida uning «pasporti» tuziladi. Pasportda 


408
tuproqning kimyoviy tarkibi, yer osti suvlari, atmosfera havosining 
kimyoviy tarkibi, chiqindilarning tarkibiy qismi, miqdori aks ettiriladi. 
Poligon ishga tushgach vaqti-vaqti bilan 3000 metr masofa radiusidagi 
atmosfera havosi, yer osti suvlarining tarkibi, o’simliklarning tarkibi, 
poligon yaqinidagi tuproq tarkibi tekshirib turiladi. 
Sanoat-korxona chiqindilari maxsus transportlar yordamida 
poligonlarga maxsus yo’llar bilan olib boriladi. CHiqindilarni transportga 
ortish, tushirish va ularni ko’mish mexanizmlar yordamida yopiq sharoitda 
bajarilishi kerak. Avtomobil’ transportlari poligonning maxsus betonlangan 
maydonida yuvilib tozalanadi va zararsizlantiriladi. Bunday joylar 
poligondan 50 metr uzoqlikda joylashtiriladi. YUvindi suvlar, korxona 
suyuq chiqindi suvlari zararsizdantirish maydonlariga oqiziladi. 
Gal’vanika ishlab chiqarish korxona chiqindilari chuqurligi 11— 12 
metr bo’lgan o’ralarga tashlanadi. CHiqindilarning namligi 95— 98% 
bo’lib, tarkibida kislota-ishqorli tuz eritmalari va og’ir metallarning 
gidroksidlari bo’ladi. Bunday chiqindilarni neytrallash uchun kislotalar 
yoki ishqorlar qo’shiladi. CHuqur o’ralar to’ldirilgach 2—2,5 metr 
qalinlikda tuproq bilan ko’miladi. 
Organik suyuq chiqindilar — emul’siya va emul’sollar, bo’yoq 
qoldiqlari, laklar, fenol suvlari, to’rt xlorli karbon, epoksid, akril va yarim 
efir qora moylari va polietilen pardalarning qiyqimlari, kleyonkalar, 
plastmassa ishlab chiqarish korxona chiqindilari 1,5 metr chuqurlikdagi 
o’ralarga ko’miladi. Bu moddalar bilan to’lgan o’ralarni 2—2,5 metr 
qalinlikda loy bilan ustidan byerkitiladi. Uning ustiga o’simlik o’stirish 
uchun go’ngli tuproq yotqiziladi. Bu yerga manzarali daraxtlar ekiladi. 
O’ta zaharli chiqindilar — tarkibida simob, margimush, sinil kislotasi,
fosfor, uglyerod sul’fid bo’lgan chiqindilar beton yoki 
metall konteynyerlarda chuqur o’ralarga taxlanadi, konteynyerlar orasi 


409
tuproq bilan to’ldiriladi. Konteynyerlar taxlanib, o’ralar to’ldirilgach, usti 
2—2,5 metr qalinlikdagi loy bilan byerkitiladi, keyin ustiga tuproq tortilib 
o’simlik ekiladi. 
YOnish xususiyatiga ega bo’lgan korxona chiqindislaridan 
foydalanish yoki ularni qayta ishlash qiyinchilik tug’dirganda ularni suvdan 
ajratib olinib gorizontal cilindrli yoqish o’choqlariga tashlanadi. Bunday 
chiqindilar forsunkalar yordamida havo yuborilib yondiriladi. 
CHiqindilarni yoqish kamyerasida harorat 1300°S ga etadi. Bunday poligon 
Sankt-Petyerburgda «Qizil Bo’r» degan joyda qurilgan, Toshkent 
vohasining G’azalkent yaqinida ham ana shunday poligon bor. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling