1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
CHiqindilarni saralash stanciyalari
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
CHiqindilarni saralash stanciyalari. Markaziy shaharlarda juda
ko’p axlatlar to’planishi hammamizga sir emas. Mutaxassislar-ning hisoblashicha yiliga har ming kishidan 200 tonna chiqindi-axlat to’planar ekan. Bu chiqindi-axlatlarning ichida qayta ishlash zarur bo’lganlari borligi sababli ham axlatlarni saralash zavodlari qurish talab qilinadi. Axlatlarni saralash zavodida quyidagi ishlar bajariladi: — axlatni qabul qilib olish va saralash; — ulardan xalq xo’jaligida qayta ishlash mumkin bo’lgan narsalarni ajratib olish (qog’oz, temir-tyersak, shisha siniqlari va to’qimachilik mahsulotlari); — qolgan chiqindi-axlatlarni zararsizlantirish va ulardan o’g’it sifatida foydalanish; — qoldiq axlatlarni yoqish va ularning issig’idan, shlaklaridan foydalanish; Poligonlar — chiqindi-axlatlar tashlanadigan yer maydonlari. Ularni qurishdan maqsad aholi turar joylarida axlatlarni to’planib qolishi oldini olish. Tashqi muhitni — atmosfera havosini, suv havzalarini, yer osti suvlarini, tuproqni iflosla-nishdan asrash. Qolavyersa aholi turar joylarida tozalikni saqlash. 402 31- rasm. Ko’p miqdordagi axlatni qabul qiluvchi poligon. a, b, v — axlatni joylashtirish tartibi; 1 — ko’kalamzorlashtirilgan chegara; 2 — to’r panjara; 3, 4, 5 — yuqori va oraliq qavatlarning kesma holdagi ko’rinishi; 6 — elektr yoritish ustuni; 7 — tug’on; 8 — poligonga kelish yo’li; 9 — vaqtinchalik yo’l; 10 — xo’jalik hovlisi; 11 — tepalikdagi zovur; 12 — nasos stanciyasi; 13 — zararli chiqindilar uchun ajratilgan maxsus joy. Poligonlar aholi turar joylaridan 500 metr uzoqlikda, shamol oqimi aholi turar joylariga qarama-qarshi tomonga esadigan maydonlardagi chuqurlikda tashkil qilinadi. Poligonlarni vaqtinchalik qurib, keyinchalik tekislab yuborish va o’rniga daraxtlar o’tkazish mumkin. Poligonlarning tagi suv o’tkazmaydigan qilib ishlanadi. CHiqindi-axlat tashlangach, 0,2—0,3 metr qalinlikda yoyilib ular shibbalanadi, so’ngra tuproq bilan ko’miladi. Axlatlardan sizilib chiqqan suvni yig’ib ularni bug’latiladi yoki zararsizlantiriladi. AQSH va Olmoniyada xo’jalik axlatlarining 80% ti poligonlar yordamida yo’qotiladi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling