Azot gruppachasi elementlari
Download 106 Kb.
|
Azot gruppachasi elementlari.
Azot gruppachasi elementlari. Umumiy xossalari. Ammiak, azot oksidlari, nitrat kislota va uning tuzlari. Ammiak va nitrat kislota ishlab chiqarish. Azot gruppachasi elementlariga azot N. fosfor P, mishyak As, surma Sb va vismut Bi kiradi. Ulardan azot va fosfor ayniqsa katta ahamiyatga ega. Ular atomlarining tuzilish sxemasi quyidagi jadvalda berilgan.
Azot, fosfor va bu gruppachadagi boshqa elementlar atomlarining oxirgi energetik pog’onasida beshtadan elektron bor. Atomlarining inert elementlari uchun xos barqaror holatga erishgunicha uchta elektron yetishmaydi. Bu elementlarning atomlari yetishmayotgan uchta elektronni biriktira oladi. Ularning atomlari beshta electron berganda ham barqaror xolatga o’tadi. Shuning uchun azot gruppachasi elementlari uchun +5 ga teng musbat oksidlanish darajasi, +3 ga teng manfiy oksidlanish darajasi, umumiy ormulasi R O bo’lgan oksidlar, umumiy formulasi R H bo’lgan vodorodli birikmalar xarakterlidir. V gruppa asosiy gruppachasi elementlari birbiriga o’xshashligi bilan bir qatorda bir-biridan farq qiladi. Chunonchi, azot RH ko’rinishidagi birikmani oson xosil qilgan holda, uning R O ko’rinishidagi birikmasini faqat bilvosita yo’l bilan olish mumkin. Fosforning yuqori oksidi esa fosfor yondirilganda hosil bo’ladi. Bu grarqni shunday tushuntirish mumkin: fosfor atomida oxirgi energetik pog’onada bo’sh d orbitallar bor. Shu sababli 3s elektronlar ajralishi va ulardan biri 3d-orbitalga o’tishi mumkin. Bunday holda fosfor atomining tashqi energetik poqonasida beshta juftlashmagan elektron bo’ladi, ular yo’qotilishi yoki elektrmanfiyligi yuqori bo’lgan element, masalan, kislorod tomoniga siljib, oksid P O hosil qilishi mumkin. Azot atomida bo’sh orbitallar yo’q. 2s-elektronlarni ajratish uchun ularning birini uchinchi energetik pog’onaga ko’chirish kerak. Biroq buning uchun katta energaya sarflash talab etiladi. Download 106 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling