Azot gruppachasi elementlari


Download 106 Kb.
bet6/8
Sana25.10.2023
Hajmi106 Kb.
#1721609
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Azot gruppachasi elementlari.

Olinishi. Laboratoriya sharoitida nitrat kislota uning tuzlariga konsentrlangan sulfat kislota ta'sir ettirib olinadi:
Reaksiya oxista qizdirilganda sodir bo’ladi (kuchli qizdirilganda HNO2. parchalanib ketadi).
Sanoatda nitrat kislota xozirgi vaqtda uch xil usul bilan olinadi:
1. Selitradan nitrat kislota olish. Nitrat kislota olishning XVII asr o’rtalaridayoq froydalanilgan eng eski usuli natriyli selitrani konsentrlangan sulfat kislotaga qo’shib qizdirishdan iborat:
Qizdirilganda ajralib chiqadigan nitrat kislota buq’i suv bilan sovitiladigan yiqgichga boradi, bu yerda esa sovib, suyuqlikka aylanadi. Aralashma zaifroq qizdirilsa va sulfat kislota ortiqroq olingan bo’lsa, reaksiya natijasida nordon tuz xosil bo’ladi. Agar yetarli miqdorda selitra olinib, qattiqroq
qizdirilsa, normal tuz xosil bo’ladi:

Ammo bunda nitrat kislota ko’proq isrof bo’ladi, chunki u ajralib ketadi. Shu sababdan jarayon birinchi tenglama bilan ifodalangan reaksiya bo’lishini ta'minlaydigan tarzda olib boriladi.


XX asr boshlariga qadar, nitrat kislota olishning yuqorida tasvirlangan usuli sanoatda qo’llaniladigan birdan-bir usul edi. Shundan keyin, atmosfera azotning fiksasiya qilishga (boq’ashga) asoslangan boshqa usullari bu usul o’rnini batamom oldi.

2. Yoy metodidan foydalanib, xavodan nitrat kislota olish. Sanoatda dastlab Norvegiyada 1905 yidda amalga oshirilgan bu usul azot bilan kislorodning bevosita birikish reaksiyasiga asoslanadi. Bu reaksiya uchun zarur bo’lgan yuqori temperatura sanoatda elektr yoyi yerdami bilan xosil qilinadi, elektr yoyi juda katta elektr tok manbaiga ulanadi.


Agar elektr yoyining alangasi kuchli elektromagnitning ikkita qutbi orasiga joylashgan bo’lsa bu yoy yassi disk shakliga kiradi, buning natijasida alanganing yuzasi juda ortib ketadi. Diametri 3 metrga yetadigan bu olov disk, o’tga chidamli g’ishtlardan qurilgan maxsus pechda xosil qilinadi, bu pechda temperatura 3000— 3500°Cga etadi. Pechning devorlarida juda ko’p kanallar bo’ladi, bu kanallardan pechga xavo xaydaladi. xavo elektr yoyining alangasi bilan to’qnash kelganda juda qizib ketadi va unda ozroq miqsorda azot (II) oksid xosil bo’ladi. Tarkibida 2—3% azot (II) oksid bo’lgan va tashqariga chiqayotgan gazlar 1000— 1100°S gacha juda tez sovitiladi, buning
natijasida, xosil bo’lgan azot (II) oksidning yana azot va kislorodga ajralish imkoniyati yo’qoladi, Gazlarning aralashmasi yana sovitilish jarayonida azot (II) oksidga kislorod birikib, azot qo’sh oksidga aylanadi. Azot qo’sh oksid suvga yuttiriladi va bunda nitrat kislota xosil bo’ladi.

3. Ammiakni oksidlab nitrat kislota olish. Sanoatda ammiakni oksidlab nitrat kislotaga aylantirishni injener-kimyogar I.I.Andreev kashf etgan.


U ammiakni xavo kislorodi bilan oksidlanishda katalizator— platina to’r ishlatishni taklif etdi.
"Nitrat kislota olishning umumiy jarayonini uch bosqichga bo’lish mumkin:
1) ammiakni platina katalizatori ishtirokida N0 ga qadar oksidlash:
2) N0 ni qavo kislorodi ta'sirida NO2.ga qadar oksidlash:
3) NO2.ni mo’l kislorod ishtirokida suvga yuttirish:
Suyultirilgan nitrat kislota xromli po’latdan yasalgan idishlarda, konsentrlangani esa alyuminiy idishda saqlanadi va tashiladi. Uning ozroq miqdori shisha idishlarda saqyaanadi.

Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling