Azot gruppachasi elementlari


Download 106 Kb.
bet4/8
Sana25.10.2023
Hajmi106 Kb.
#1721609
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Azot gruppachasi elementlari.

Fizik xossalari. Ammoniy tuzlarining hammasi, ishqoriy metallarning tuzlari kabi, suvda yaxshi eriydigan qattiq kristall moddalardir.
Kimyoviy xossalari. Ammoniy tuzlari barcha tuzlarga xos umumiy xossalarga, shuningdek o’ziga xos xossalarga ham ega.
1.Ammoniy tuzlari kuchli elektrolitlar bo’lib, suvdagi eritmalarida ionlarga ajraladi:
2. Kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi:

3. Boshsa tuzlar bilan reaksiyaga kirishadi:


4. Yuqori xaroratda parchalanadi:


Sovitilganda NH3 yana vodorod xlorid bilan reaksiyaga kirishadi, probirkaning sovuq devorlarida NH4Cl xosil bo’ladi.
5. Ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi:
Bu reaksiyadan ammoniy tuzlarini aniqlashda foydalaniladi. Reaksiya boradigan probirka og’ziga suv bilan xo’llangan qizil lakmus qoqoz tutilsa, lakmus ko’karadi. Ammoniy tuzlaridan eng muhim ahamiyatga ega bo’lgani ammoniy sulfat (NH4)2 SO4 dir, ammoniy sulfat juda yaxshi o’g’it
bo’lganligi uchun, g’oyat ko’p miqdorda tayyorlanadi. Ammoniy nitrat NH4NO3 ning ahamiyati undan ham katta, bu o’g’it havodan va suvdan olinadi. Ammoniy xlorid, boshqacha aytganda, novshadil NH4Cl bo’yoqchilikda, chitga gul bosishda, galvanik elementlarda, shuningdek qalay bilan kavsharlashda ishlatiladi. Novshadilning kavsharlashda bilan vodorod xloridga ajralishiga asoslangan. Vodorod xlorid metall oksidlarni eritib, metall sirtini tozalaydi, natijada metall sirtiga
kavshar yaxshi yopishadi. Suyuq ammiak va ammoniy tuzlarining ammiakka to’yingan eritmalari o’g’it sifatida ishlatiladi. Bu o’g’itlarning asosiy afzalliklaridan biri shuki, ular tarkibida ammiak ko’p bo’ladi. Azot oksidlari. Azot kislorod bilan birikib, olti xil oksid xosil qiladi: Azot (I) oksid N2O, azot (II) oksid NO, azot qo’sh oksidi N2O4, nitrit angidrid N2O3 va nitrat angidrid N2O5. Bu oksidlarni hammasi nitrat kislotadan va uning tuzlaridan olinishi mumkin.
Azot (I) oksid N2O, ammoniy nitratning qizdirilishidan xosil bo’ladi:
NH NO = N O +2H O

Azot (1) oksid 0 C va 3000 kPa bosimda suyuqlikka aylanadigan rangsiz, xidsiz gaz, suvda ancha yaxshi eriydi: bir xajm suvda 0°S da 1,3 xajm, 25°S da esa 0,6 xajm N.,0 eriydi. Suvda eriganda suv bilan hech qanday birikma xosil qilmaydi. U qizdirilganda azot va kislorodga oson ajralib ketadi: Shuning uchun, azot (I) oksid yonishga yaxshi yordam beradi. Unga yalliqlanib turgan cho’p tushirilsa, xuddi toza kisloroddagidek, alangalanib ketadi. Azot (I) oksid bilan nafas olgan kishi og’riqni sezmaydigan bo’lib qoladi, shuning uchun azot (I) oksid kislorod bilan aralashtirilgan


holda, ba'zan, jarroxlikda narkoz sifatida ishlatiladi. Ko’p miqdorda azot (I) oksid nafas yo’liga ketsa, asab sistemasiga ta'sir etib, uni qo’zg’atadi; shuning uchun unga ,quldiruvchi gaz" degan nom
berilgan.
Azot (II) oksid NO. Azot bilan kislorod odatdagi sharoitda o’zaro reaksiyaga kirishmaydi. Ammo juda yuqori temperaturada, masalan, xavodan elektr uchqunlari o’tkazilganda, azot kislorod bilan bevosita birikib, azot (II) oksid xosil qilishi mumkin. Shuning uchun, momaqaldiroq bo’lgan vaqtlarda atmosferada azot (II) oksid hamisha xosil bo’lib turadi.
Azot bilan kisloroddan azot (II) oksid xosil qilish jarayoni qaytar reaksiya bo’lib, bunda juda ko’p issiqlik yutiladi:

Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling