Azot gruppachasi elementlari


Download 106 Kb.
bet5/8
Sana25.10.2023
Hajmi106 Kb.
#1721609
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Azot gruppachasi elementlari.

N +O 2NO __180, 7kJ
Laboratoriyada azot (II) oksid uncha konsentrlanmagan nitrat kislota bilan misning o’zaro ta'siridan foydalanib xosil qilinadi:
Azot (II) oksid suyuqlikka aylanishi nixoyatda qiyin bo’lgan rangsiz gazdir. So’yuq azot(II) oksid— 151,8°C temperaturada qaynab, —163,7°C da qotadi. U suvda nihoyatda oz eriydi: 1 qajm suvda 0°S da atigi 0,07 qajm N0 eriydi. Kimyoviy xossalari jiqatidan befarq oksidlar qatoriga kiradi, chunki suv bilan xech qanday kislota xosil qilmaydi. Azot (II) oksid o’z kislorodini azotning boshqa oksidlariga qaraganda ancha qiyin beradi. Uning eng xarakterli xossasi shundan iboratki, u kislorod bilan qizdirilmaganda ham oson birikib, qo’ng’ir tusli azot qo’sh oksid xosil qiladi.
Agar, azot (II) oksid bilan to’ldirilgan silindrning og’zi ochilsa, silindr oq’zi yonida azot qo’sh oksiddan iborat darxol qo’nq’ir bulut xosil qiladi.
Azot (IV) oksid NO2, — qo’nq’ir tusli zaxarli gaz bo’lib, uning o’ziga xos xidi bor. Suyuqdikka oson aylanadi, natijada, qizqish suyuqlik xosil bo’ladi (uning qaynash temperaturasi 20,7°С ga teng), bu suyuqlik sovitilganda sekin-asta rangini yo’qota boradi va, nixoyat, — 11,2°С da muzlab, rangsiz kristall xoldagi massaga aylanadi.
Aksincha, gazsimon azot qo’sh oksid qizdirilsa, uning ranggi tobora to’q bo’la borib, 140°C da deyarli qora tusga kiradi. Temperatura ko’tarilganda azot qo’sh oksid rangining o’zgarishi bilan birga, buq’ning zichligi xam o’zgaradi. Past temperaturada azot qo’sh oksid buq’ining zichligi taxminan ikkilangan formula N2O4 ga muvofiq keladi.
Temperaturaning ko’tarilishi bilan azot qo’sh oksid buq’ining zichligi kamayadi va 140°C da N0, formulasiga aniq muvogriq keladi. Demak, — 11,2°S va undan past temperaturada mavjud bo’ladigan rangsiz kristallar butunlay N2O4molekulalaridan iborat bo’ladi, shuning uchun u, azot (IV) oksid deb atalishi mumkin.
Rangsiz azot (IV) oksid qizdirilishi bilan sekin-asta dissosilanib, to’q qo’nq’ir azot qo’sh oksid NO2, molekulalarini xosil qiladi; temperatura 140°C ga yetkazilganda azot (IV) oksid tamomila dissosilanib ketadi. Shuning uchun — 11,2 dan 140°S gacha bo’lgan temperaturada xamma vaqt NO2, va N2O4 molekulalarning aralashmasi bo’lib, ular bir-biri bilan muvozanatda turadi:
N2O4 → NO2 56,9kJ
100℅ 100℅
Laboratoriya sharoitida NO2 konsentrlangan nitrat kislota bilan misni o’zaro ta'sir ettirib olinadi:
Cu + 4HNO3 → Cu(NO3)2 + 2 NO2 ↑ + H O
yoki qo’rq’oshin nitrat kristallari qizdirilganda xosil bo’ladi:
Azot (IV) oksid suv bilan o’zaro ta'sir ettirilganda nitrat va nitrit kislotalar xosil bo’ladi:
Nitrit kislota nihoyatda beqaror bo’lib, nitrat kislotaga, azot (II) oksid va suvda darxol ajraladi:
Kislorod mo’l bo’lganda graqat nitrat kislota xosil bo’ladi:

Agar azot qo’sh oksid (azot (IV) oksid ishqorda eritilsa, nitrat va nitrit kislota tuzlarining aralashmasi xosil bo’ladi:


Azot (IV) oksidning suv va ishqorlar bilan bo’ladigan yuqoridagi reaksiyasi bu modda molekulasidagi bir atom azotning oksidlanish darajasi +5, ikkinchisiniki esa +3 ekanligini ko’rsatadi. Shuning uchun, azot (IV) oksid, ko’pincha, nitrit hamda nitrat kislotalarning aralash angidridi deb ataladi va uning struktur formulasi quyidagicha ko’rsatiladi:
Nitrit kislota HNO2. Agar kaliyli yoki natriyli selitra qizdirilsa, ular o’z kislorodining bir qismini yo’qotib, nitrit kislota HNO2. ning tuzlariga aylanadi. Selitraning ajralishi xosil bo’layotgan kislorodni boq’laydigan qo’rqoshin ishtirokida osonroq bo’ladi:

Nitrit kislota tuzlari — nitritlar suvda yaxshi eriydigan (nitrit kislotaning kumushli tuzigina suvda yaxshi erimaydi) kristall moddalardir.


Natriy nitrit NaNO2.xar xil bo’yoqlar ishlab chiqarishda ko’p ishlatiladi.
Nitrat kislota. Toza nitrat kislota zichligi 1,50 g/sm3 va qaynash temperaturasi 83,8°C bo’lgan rangsiz suyuqlik, — 42°C da qotib, tiniq kristall massaga aylanadi. Havoda, konsentrlangan xlorid kislota kabi „tutaydi", chunki nitrat kislota buq’i xavodagi nam bilan qo’shilib, mayda-mayda tuman
tomchilarini xosil qiladi. Nitrat kislota suv bilan xar qanday nisbatda aralashadi; uning 68% li eritmasi 120,5°C da qaynab, tarkibini o’zgartmay haydaladi. Zichligi 1,4 g/sm3 bo’lgan, sotiladigan odatdagi nitrat kislotaning tarkibi ana shunday bo’ladi. Tarkibida 96 %— 98% HNO2.bo’lib, unda azot qo’sh oksid eriganligidan qizq’ish-qo’nqir tusga kirgan konsentrlangan nitrat kislota
tutovchi nitrat kislota nomi bilan ma'lum. Nitrat kislota kimyoviy jixatdan uncha barqaror emas. U yoruq’lik ta'sir etgandayoq sekin-asta suvga, kislorod va azot (IV) oksidga ajraladi.
Temperatura qancha yuqori va kislota qancha ko’p konsentrlangan bo’lsa, ajralish shuncha tez boradi.

Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling