Azot gruppachasi elementlari


Azot molekulasi ikki atomdan tuzilgan. Umumiy formulasi N , tuzilish formulasi: N=N Tabiatda uchrashi


Download 106 Kb.
bet2/8
Sana25.10.2023
Hajmi106 Kb.
#1721609
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Azot gruppachasi elementlari.

Azot molekulasi ikki atomdan tuzilgan. Umumiy formulasi N , tuzilish formulasi: N=N
Tabiatda uchrashi. Azot xavoda erkin xolda (xajm jixatidan taxminan 78%) uchraydi. Azot tuproqda ozroq miqdorda nitratlar ko’rinishida bo’ladi. U oqsil moddalarning tarkibiy qismidir.
Olinishi. Texnik maqsadlarda ishlatiladigan azot kislorod olinadigan qurilmalarning o’zida havodan ajratib olinadi. Suyuq xavo bug’latilganda birinchi bo’lib azot uchib chiqadi (azotning qaynash temperaturasi t-196°C, kislorodniki esa t-183°C). Sof holdagi azot uning ba'zi tuzlarini parchalash yo’li bilan olinadi.
Fizik xossalari. Azot rangsiz, hidsiz, havodan bir oz yengil gaz. Uning suvda eruvchanligi juda kam (kislorodning eruvchanligidan ham kam). Azot qattiq holatda molekulyar kristall panjara xosil qiladi, shuning uchun uning suyuqpanish va qaynash tempera-turalari past.
Kimyoviy xossalari. Odatdagi sharoitda azot passiv modda. Bunga sabab uning molekulasidagi kimyoviy bog’lanishning mustaqkamligidir. Yuqori temperaturalarda atomlar orasidagi bog’lanishlar bo’shashib, azot reaksiyaga kirishadigan bo’lib qoladi. Masalan, elektr yoy temperaturasida azot kislorod bilan reaksiyaga kirishadi:

Atmosferada momaqaldiroq paytidagi elektr razryadlari ta'sirida ham xuddi shunday reaksiya sodir bo’ladi. Azot ma'lum sharoitlarda vodorod bilan reaksiyaga kirishadi:


Azot yuqori temperaturada ba'zi metallar bilan reaksiyaga kirishadi, masalan:

Bu reaksiyada hosil bo’lgan magniy nitridni ammiak molekulasidagi vodorod atomlarining metall atomlari bilan almashinish maxsuloti deb qarash mumkin. Bunday birikmalar nitridlar deb ataladi.


Ishlatilishi. Azot, asosan, ammiak sintez qilish uchun, ammiak esa nitrat kislota va tarkibida azot bo’ladigan boshqa moddalar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Suyuq azot kimyoviy jarayonlarni o’tkazishda inert muxit yaratish maqsadida ishlatiladi. Suyuq azot sovitish sistemalarida xam ishlatiladi.
Ammiak. Kimyoviy grormulasi NH3

Biologiya kursidan ma’lumki, azotoqsillar tarkibiga kiradi


oqsillar tufayli esa o’simliklar, hayvonlar va inson a'zolaridagi muxim hayotiy jarayonlar amalga oshadi. Biroq, hayvonlar ham, o’simliklar ham (ildizida atmosfera azotini o’zlashtira oladigan azotbakterinlar bo’ladigan dukkaklilardan tashqari) atmosfera azotini bevosita bog’lay olmaydi.
Ko’pchilik o’simliklar azotni uning birikmalaridan (nitrat kislota tuzlari, ammiakli suv, ammoniy tuzlaridan), hayvonlar esa o’simlik oziqalaridan o’zlashtiradi.
Uzoq vaqtlar davomida o’simliklarning azotga ehtiyoji tabiiy Chili selitrasi (natriy nitrat) tashib keltirish yo’li bilan qoplab kelindi. Shu sababli olimlar oldida atmosfera azotini bog’lashning iqtisodiy jixatdan eng qulay usulini topish muammosi ko’ndalang bo’lib turardi. Ammiakni azot bilan vodoroddan sintez qilish shunday usul hisoblanadi:


Laboratoriada ammiak ammoniy tuzlari va ishqorlar aralashmasini qizdirish yo’li bilan olinadi. Ko’pincha bu maqsadda ammoniy xlorid NH Cl va so’ndirilgan oxak (ortiqcha miqdorda olinadi) ishlatiladi. Bu moddalar yaxshilab aralashtiriladi, kolbaga solib qizdiriladi. Almashinish reaksiyasi
sodir bo’ladi:
Sanoatda ammiak sintez qilish uchun har xil tipdagi qurilmalardan foydalaniladi, bu qurilmalar azot-vodorod aralashmasini tayyorlash uchun, apparatlarining konstruksiyasi, katalizatorlarning tarkibi, bosimning katta-kichikligiga va shu kabilar jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Fizik xossalari. Ammiak o’tkir xidli, rangsiz gaz, xavodan deyarli ikki marta yengil, suvda juda yaxshi eriydi. Odatdagi sharoitda bir xajm suvda 700 xajm ammiak eriydi.
Bosim oshirilganda ammiak suyuqlikka aylanadi. Suyuq ammiak katta bug’lanish issiqligiga ega, shu sabab uni sovitish qurilmalarida ishlatiladi.



Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling