1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

CHiqindi-axlatlarni 
issiqxonalarda 
(parniklarda) 
zararsizlantirish. CHiqindi-axlatlarni olimlarning isbotlashicha bemalol 
issiqxonalarda zararsizlantirish mumkin. Axlatlar tosh, temir, latta, oyna 
siniqlaridan tozalangach issiqxonalarga (parnik) fevral’ — mart oylarida 
solinadi. Axlatdagi bioximik jarayonlar ekzotyermik holda o’tishi 
natijasida hosil bo’lgan yuqori harorat issiqxonani isitadi, bu issiqlikdan 
unumli foydalanib, unga turli erta pishar ekinlar ekish mumkin.


399
Axlatdan hosil bo’lgan chirindi 
o’simliklar uchun yaxshi ozuqa bo’ladi. Bu usuldan faqat bahor va qish 
oylarida foydalanish mumkin. 
Mukammallashtirilgan axlatxonalar. SHu narsa ma’lumki, aholi 
turar joylardan yig’ilgan axlatlardan har doim ham qishloq xo’jaligida 
foydalanilmaydi. SHuning uchun ham ortiqcha axlatlarni zararsiz holatga 
keltirish maqsadida mukammallashtirilgan axlatxonalarni shahardan 1000 
metr uzoq masofada quriladi. Axlatxonaga ko’milgai axlatlar ustidan 
0,25—0,5 metr qalinlikda tuproq yotqiziladi. Bu, axlatlarni pashshadan, 
atrof muhitni esa noxush hidlardan asraydi. Tuproqqa ko’milgan axlatda 
bioximik jarayonlar bo’lib o’tadi. Bu jarayonlar harorat ko’tarilishiga 
bog’liq holda bo-radi. Harorat bunda 60—70°S ga ko’tarilib, organik 
moddalar gumusga aylanadi, patogen mikroblar va gijja tuxumlari qiriladi. 
Mukammallashtirilgan axlatxonalar to’ldirilgandan so’ng ular ustiga tuproq 
tortilib, tekislanadi, so’ng daraxtlar ekiladi. 
So’nggi yillarda axlatlarni mexanizmlar yordamida qayta ishlash 
uchun maxsus zavodlar qurilmoqda. Masalan, yiliga 65000 tonna axlatni 
qayta ishlash zavodi Sankt-Petyerburgda qurilgan. Bu zavodni loyihalashda 
G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ishga tushirilgan «Dono», «Sifal’» 
«Djon-Tompson» firma loyihalaridan va tajribalaridan foydalanilgan. 
Zavodda hishloq xo’jaligi uchun azotli o’g’itlar ishlab chiqariladi. 
Zavodda axlatlarni qabul qilish va xillarga ajratish bo’limlari bo’ladi. 
Zavodga keltirilgan axlatlar temir-tyersak, toshlardan va boshqa 
narsalardan tozalangach biobarabanlarga (diametri 4 m, uzunligi 60 metrli) 
solinadi. Biobarabanlarda axlatlar 1—3 kun shamollatiladi, so’ng ma’lum 
darajada namlik byerilgach, biobaraban aylanib ularni aralashtiradi. 
Aylanish natijasida chiqindilar qizib ularning harorati 50—60° S ga 
ko’tariladi. Bu tyermofil mikroblarning va organik moddalarning 
birgalikdagi bioximik jarayonlari natijasida yuzaga keladi. 
Harorat 50—60°S ga ko’tarilganda patogen mikrofloralar va gel’mint 


400
tuxumlari qirila boshlaydi. SHu yo’l bilan axlat kompostga, deyarli 
zararsizlangan chirindiga aylanadi. Albatta, bunda umumiy mikroblar soni 
kamayadi, koli-titr 0,1—0,01 ga keladi, pyerfrings titri ham ko’tariladi. 
Ammo bu usulda axlatni zararsizlantirish darajasi yuqori bo’lmaydi. 
SHuning uchun bunday kompostlarni qo’shimcha kolxoz yer maydonlarida 
g’aramlar tashkil qilinib zararsizlantiriladi va etiltiriladi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling