1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


CHiqindilarni saralash stanciyalari


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

CHiqindilarni saralash stanciyalari. Markaziy shaharlarda juda 
ko’p axlatlar to’planishi hammamizga sir emas. Mutaxassislar-ning 
hisoblashicha yiliga har ming kishidan 200 tonna chiqindi-axlat to’planar 
ekan. Bu chiqindi-axlatlarning ichida qayta ishlash zarur bo’lganlari borligi 
sababli ham axlatlarni saralash zavodlari qurish talab qilinadi. 
Axlatlarni saralash zavodida quyidagi ishlar bajariladi: 
— axlatni qabul qilib olish va saralash
— ulardan xalq xo’jaligida qayta ishlash mumkin bo’lgan narsalarni 
ajratib olish (qog’oz, temir-tyersak, shisha siniqlari va to’qimachilik 
mahsulotlari); 
— qolgan chiqindi-axlatlarni zararsizlantirish va ulardan o’g’it sifatida 
foydalanish; 
— qoldiq axlatlarni yoqish va ularning issig’idan, shlaklaridan 
foydalanish; 
Poligonlar — chiqindi-axlatlar tashlanadigan yer maydonlari. Ularni 
qurishdan maqsad aholi turar joylarida axlatlarni to’planib qolishi oldini 
olish. Tashqi muhitni — atmosfera havosini, suv havzalarini, yer osti 
suvlarini, tuproqni iflosla-nishdan asrash. Qolavyersa aholi turar joylarida 
tozalikni saqlash. 


402
31- rasm. Ko’p miqdordagi axlatni qabul qiluvchi poligon. 
a, b, v — axlatni joylashtirish tartibi; 1 — ko’kalamzorlashtirilgan chegara; 2 — to’r 
panjara; 3, 4, 5 — yuqori va oraliq qavatlarning kesma holdagi ko’rinishi; 6 — elektr yoritish 
ustuni; 7 — tug’on; 8 — poligonga kelish yo’li; 9 — vaqtinchalik yo’l; 10 — xo’jalik hovlisi; 
11 — tepalikdagi zovur; 12 — nasos stanciyasi; 13 — zararli chiqindilar uchun ajratilgan 
maxsus joy. 
Poligonlar aholi turar joylaridan 500 metr uzoqlikda, shamol oqimi aholi 
turar joylariga qarama-qarshi tomonga esadigan maydonlardagi 
chuqurlikda tashkil qilinadi. 
Poligonlarni vaqtinchalik qurib, keyinchalik tekislab yuborish va 
o’rniga daraxtlar o’tkazish mumkin. Poligonlarning tagi suv 
o’tkazmaydigan qilib ishlanadi. CHiqindi-axlat tashlangach, 0,2—0,3 metr 
qalinlikda yoyilib ular shibbalanadi, so’ngra tuproq bilan ko’miladi. 
Axlatlardan sizilib chiqqan suvni yig’ib ularni bug’latiladi yoki 
zararsizlantiriladi. AQSH va Olmoniyada xo’jalik axlatlarining 80% ti 
poligonlar yordamida yo’qotiladi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling