1. шахмат pra indd
Download 41.93 Kb. Pdf ko'rish
|
12896 2 C08F5638F773633B1F80E105C7BDECF5860CF427 (2)
2.
Kontrgambit – oqlarning gambitiga qoralarning gambit bilan javob berishi. Masalan: Folkbeer kontrgambiti, Albin kontrgambiti va hokazo. 3. Seytnot – o‘ylash uchun vaqtning kamligi (yetishmasligi). 4. Sugsvang – o‘ynovchi o‘zi uchun noqulaylik tug‘diruvchi yurish qilishga majbur bo‘lgan vaziyat. 5. Sur’at (temp) – shaxmatdagi vaqt birligi. 6. Masala – ma’lum miqdordagi yurishlar (2–3 va hokazo) ichida oqlar yoki qoralar mot qiladigan sun’iy vaziyat. 7. Etyud – tomonlardan biri (odatda oqlar) yagona yurishlar yordamida o‘yinni yutuqqa yoki durangga olib borishi mumkin bo‘lgan sun’iy vaziyat. Tavsifdan ko‘rinib turibdiki, masala yechish shaxmatchining o‘yinni ko‘rish qobiliyatini, yutuqqa olib boradigan qisqa yo‘llar hamda mot qilish usullarini tezda topa bilishda katta yordam beradi. Shaxmatchida bu kabi qobiliyatning bo‘lishi, ayniqsa musobaqalarda asqotadi. Chunki o‘yin vaqti chegaralangan, ya’ni soat qo‘yiladi. Vaqti kam qolgan tomon esa qisqa vaqt ichida yutuqqa erishishi qiyin. 126 Ustunlik bo‘la turib ham vaqti tugaganligi sababli o‘yinni yutqazib qo‘yish mumkin. Masala yechish bilan ko‘proq shug‘ullangan shaxmatchi bunday vaziyatlardan oson chiqib ketadi. Masala yechish o‘yinni tez ko‘ra olish qobiliyatini ham o‘stiradi. Etyudda esa masaladan farqli o‘laroq taxtada yuzaga kelgan vaziyatni birgina yurish bilan o‘zgartirib yuborish mumkin. Aytaylik, vaziyat oqlar uchun og‘ir. Ular shunday bir yurish qiladiki, o‘yin durangga yoki yutuqqa aylanishi mumkin. Shuning uchun ham o‘ynovchi raqib tomonidan kutilmagan yurishlar, imkoniyatlar borligini, istagan paytda bir yurish bilan o‘yin taqdirini hal qilishi mumkinligini nazardan qochirmasligi lozim. Etyudlarni yechish shaxmatchini qiyin vaziyatlardan chiqib ketishga o‘rgatadi. Har ikkala holat ham kombinatsion o‘yin namoyish etishga undaydi. O‘yin davomida qo‘llaniladigan kombinatsiyalar maftunkor va go‘zaldir. Shaxmatga doir etyud va masalalarni yechish o‘yinchining o‘yin darajasi yuksalishiga yordam beradi. Shu bilan birga, o‘yin paytida taxtadagi yurishlarni xayolan sanab, keyingi vaziyat qanday bo‘lishini oldindan ko‘rishga o‘rgatadi. Bu esa shaxmat o‘yinidagi eng murakkab jarayondir! Download 41.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling