1 Shakli o’zgargan yer usti novdalarga quydagi guruxdan qaysi biri misol bo’ladi?
Download 19.06 Kb.
|
6-sinf
1. . Shakli o’zgargan yer usti novdalarga quydagi guruxdan qaysi biri misol bo’ladi? A) qulupnay gajagi, no’xot gajagi,do’lana tikani B) akatsiya tikani, bodring gajagi, qulupnay jingalagi C) do’lana tikani, bodring gajagi, qulupnay jingalagi D) bodring jingalagi, qulupnay gajagi, do’lana tikani 2. Quyida berilgan o’simlik hujayralar juftligi va ularni umumiy xususiyatlarini juftlab bering. I) ildiz qinchasi va barg eti hujayralari; II) ildiz po’sti va ildiz tukchalari hujayralari; III) kambiy qavati va o’sish nuqtasidagi hujayralar; IV) meristema hujayralari va o’sish nuqtasidagi hujayralar; a) hujayralari yupqa tuzilgan; b) hujayralari tirik tuzilgan; c) doimo bo’linib ko’payadi; d) bir necha qavat tuzilgan; e) hujayralari yumaloq tuzilishga ega; f) yosh va nozik A) I- a, b, d; II- a, e, f; III- b, c, f; IV- b, c B) I- b, f; II- a, e; III- b, c; IV- b, c C) I- b. d; II- a, b; III- b, c; IV- b, c D) I- b, d; II- a, e; III- b, c; IV- b, c 3. O’tkazuvchi to’qimaga xos bo’lgan to’g’ri javobni aniqlang. 1.o’lik hujayralari ksilema qavatida joylashgan o’tkazuvchi naylar va traxeitlardan iborat. 2.lub tolalari sklerenxima tarkibiga kirib o’lik hujayralardan tashkil topgan. 3.lub tolalari zig’ir,kanop va tut kabi o’simliklarda yaxshi rivojlangan 4.elaksimon naylar floemada joylashgan bo’lib ular orqali bargdan ildizga tomon organik moddalar tashiladi 5.o’simlik tanasida moddalarni harakatlanishini ta’minlaydi 6.elaksimon naylar yadroga ega emas ularni yonida yo’ldosh hujayralar mavjud A)1,4,5 B)2,3,6 C)1,2,6 D)3,4 4. To’g’ri fikrni belgilang. A) g’o’zaninig poyasi va uzunroq o’sgan ikki-uchta yon shoxlarining o’suvchi uchki qismi chilpib tashlanasa, uninig hosildorligi kamayadi B) poyaning eniga va bo’yiga tez va sekin o’sishi kambiy hujayralar faolyatiga bog’liq C) ildizpoyada novdaga xos qo’shimcha ildizlar, qo’shimcha barg va shakli o’zgargan novda mavjud D) tol, g’o’za va tut daraxtlarinig bargi o’yilgan 5. . Shirinmiya (I) va yalpiz (II) ga xos to’g’ri ma’lumotlarni soni to’g’ri berilgan javobni aniqlang. 1) poyasininig yog’ochlashmagan qismini qishda sovuq urib ketadi 2) barglari poyada qarama-qarshi joylashgan hisoblanadi; 3) ildizpoyaga ega hisoblanadi; 4) poyasi turli muddatda quriydi; 5) hayotiy shakli jixatdan gulsafsarga o’xshaydi; 6) barglari poyada halqasimon joylashgan; 7) uchki hosil qiluvchi meristema to’qimasi kuchli rivojlangan; 8) vegetativ ko’payadigan qismida shakli o’zgargan kurtaklar mavjud; 9) sitoplazmasi doimo harakatda A) I- 7; II- 4 B) I- 6; II- 4 C) I- 5; II- 6 D) I- 7; II- 6 6. Yupqa qobiqli hujayralar (a) va uzun hujayralar (b) o’simliklarnig qaysi qismlarida uchraydi? 1) shamshodning ildiz tukchasida; 2) tokning o’sish nuqtasidagi hujayrada; 3) qoqio’tnig meristema to’qimasi hujayrasida; 4) saksovulning ildizini nay hujayralarida; 5) qayrag’oching yog’ochlik hujayralari; 6) sebarganinng barg og’izchalari hujayralari; 7) nokning ildiz qinchasi hujayrasida; 7) makkajo’xorining yog’ochlik hujayralarida; A) a- 1, 2, 3; b- 1, 4, 5 B) a- 1, 3, 5, 6; b- 2, 4, 5, 8 C) a- 1, 2, 3; b- 1, 4, 6 D) a- 1, 2, 3, 6; b- 1, 4, 5 8. . Novdaga xos qo’shimcha ildizlar, shakli o’zgargan barg va kurtaklarga ega o’simlikka xos ma’lumotni belgilang. A) bargi qalami-nashtarsimon, hayotiy shakli bir yillik B) issiq va sernam sharoitda tez ko’karadi va hayotiy shakli ko’p yillik hisoblanadi C) 3 xil vegetativ yo’l bilan ko’payadi, madaniy buta hisoblanadi D) jo’xori turkumiga mansub, begon o’t hisoblanadi 9. . Epiderma mos xarakterli belgilarni aniqlang. 1) bir qavat hujayralardan tashkil topgan; 2) ko’p qavat hujayralardan tashkil topgan; 3) gazlar almashinuvini taminlaydi; 4) ikkilamchi qoplovchi to’qima hisoblanadi; 5) tashqi tomon-dan moy yoki smola bilan qoplangan 6) tashqi tomondan kutikula yoki mum bn qoplangan A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 6 10. Poyada ajartauvchi qavatning hosil bo’lishi paytida quydagilardan qaysi biri sodir bo’ladi? A) yong’oqning ksilema qavatining qattiqlashib borishi B) terakninig barg hujayralariga yorug’lik va namlikning yetishmasligi C) tol tanasida yeg’ilgan zararli moddalarni chiqib ketishi D) saksovulning po’stloq qavatida yoriqlarning paydo bo’lishi 11. Poyada ajratuvchi qavat qachon hosil bo’ladi? A) kuz o’rtalarida B) kuz oxirida C) yoz oxirida D) A va B 12. Qoplovchi to`qimaga xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang. 1.kollenxima va sklerinxima turlari mavjud 2.tarkibiga o`lik va tirik hujayralar kiradi 3.barg va yashil poyalar epidermasida joylashgan hujayralari suv va gaz almashinuvida ishtirok etadi 4.hujayra qobig`iga suberin degan modda shimilgan 5.hujayralar orasida yasmiqchalar shakllanadi 6.o`lik hujayralari ikki turga bo`linadi ya`ni uzun ingichka lub tolalari, yog`ochlik tolalari va yumoloq sklereid hujayralari 7.tirk hujayralari cho`ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar hisoblanadi A) 1, 2, 7 B) 3, 4, 5 C) 2, 3, 6 D) 4, 5, 6 13.O’simlik tanasining quyidagi qismlari qanday to’qimadan iborat ekanligini aniqlang. 1) eman ildizinig yog’ochlik tolalari 2) suv qirqqulog’i bargining ustki yuzasi 3) nok mevasining ichidagi tosh hujayralar 4) lipa yosh novdasining epidermis ostidagi yashil hujayralar 5) baliq ko’z barg va novdasidagi shiraga boy hujayralar 6) shamshod tanasidagi kambiy qavat hujayralari A) 3 – mexanik 2 –qoplovchi 4 – xlorenximalar 5 – g’amlovchi 6 – meristema B) 1,3 – meristema 2 – qoplovchi 4 – xlorenximalar 5 –mexanik 6 – g’amlovchi C) 1 – mexanik 2 – xlorenximalar 4,3 – qoplovchi 5 – g’amlovchi 6 – meristema D) 1 – g’amlovchi 2 – qoplovch 3 – mexanik 4 – xlorenximalar 5 – o’tkazuvchi 6 – meristema 14. O’simlikdagi tirik (a) va o’lik (b) mexanik to’qima hujayralarni aniqlang. 1) skleroid 2) yog’ochlik tolalari 3) ksilema naylari 4) floema naylari 5) kollenxima 6) sklerenxima A) a –5 b –1,2 B) a –4,5 b – 3,5 C) a –3,5 b – 1,2,6 D) a – 2,6 b – 5 15. O’simlikdagi mexanik to’qima hujayralari va ularga tegishli ma’lumotlarni mos ravishda juftlang. a) kollenxima b) sklerenxima 1) qalin qobiqli 2)tirik hujayralar 3) ksilema naylari deyiladi 4) floema naylari deyiladi 5) lub tolalri deyiladi 6) yog’ochlik tolalari deyiladi A) a –1,2 b –5,6 B) a –2,4 b – 3,5 C) a –1,2,5 b – 3,6 D) a – 2,5 b – 3,6 16.Tabiat ko’rki (a) , noyob mevali (b) va hashoratxo’r (c) o’simliklar berilgan qatorni qniqlang. A) a- rafleziya; b- seyshel palmasi; c- safsan B) a- ko’zagul; b- chinnigul; c-nepentes. C) a- sallagul; b- bodom; c- drosera. D) a- jumagul; b- pista; c- safsan 17. Seyshel palmasiga xos bo’lgan xususiyatlar 1)120 oy davomida pishib yetiladi 2) mevasi yong’oq 3).mevasining og’irligi 25 kg 4)Sumatra orolida uchraydi 5)Seyshel orolida uchraydi 6)tanasida 200 l gacha suv saqlaydi A 1,2,3,4,5,6 B 3,5 C 1,2,3,5 D 1,3,5 18. Meksika kaktuslari tanasida qancha suv saqlaydi? A 250 l B 200 ml C 300 l D 200 l 19. Ajdar daraxtiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1) Sumatra orolida o’sadi 2)Kanar orolida o’sadi 3)Meksikada o’sadi 4)6000 yil yashaydi 5)5000 yil yashaydi A 1,5 B 2,5 C 2,4 D 3,4 20. Raffleziyaga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1) Sumatra orolida o’sadi 2)Kanar orolida o’sadi 3)Meksikada o’sadi 4)diametri 1 m gacha yetadi 5)ulkan gul A 1,4,5 B 2,4,5 C 3,4,5 D 1,4 21.Jazirama issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o’sadigan, barglari arang ko’rinadigan o’simliklarni belgilang. A archa, qizilcha B saksovul, qandim C archa, saksovul D qizilcha, saksovul va qandim 22. Qaysi o’simlikning poyasi suv tagida bo’lib, guli suv yuzasida ochiladi? A suv qaroqchisi B nilufar C suv yong’og’i D drosera 23. Hasharotlar bilan oziqlanadigan o’simlik(lar)ni belgilang. 1) nepentes (kuvacha) 2) drosera 3) suv qaroqchisi A 3 B 1,2 C 1,2,3 D 1,3 24.Asosiy to`qimaga xos bo`lgan javoblarni aniqlang. 1.bajaradigan funksiyasiga ko`ra bir necha xil bo`ladi 2.kaktus tanasidagi parenxima hujayrasi bunga misol bo`la oladi 3.bu to`qimaning ikkinchi nomi meristema to`qimasi deb ataladi 4.yirik yadroli, yupqa nozik po`stli, ichi quyuq sitoplazma bilan to`lgan tirik hujayralar yig`indisidan iborat 5. tez-tez bo`linish xususiyatiga ega 6.to`qima hujayralari novda va ildiz uchida joylashgan 7.tarkibiga assimilatsion va jamg`aruvchi to`qima kiradi A)1,2 B)4,5 C)6,7 D)3,7 25.Hosil qiluvchi to`qimaga xos bo`lgan javoblarni aniqlang. 1.bajaradigan funksiyasiga ko`ra bir necha xil bo`ladi 2.kaktus tanasidagi parenxima hujayrasi bunga misol bo`la oladi 3.bu to`qimaning ikkinchi nomi meristema to`qimasi deb ataladi 4.yirik yadroli, yupqa nozik po`stli, ichi quyuq sitoplazma bilan to`lgan tirik hujayralar yig`indisidan iborat 5. tez-tez bo`linish xususiyatiga ega 6.to`qima hujayralari novda va ildiz uchida joylashgan 7.tarkibiga assimilatsion va jamg`aruvchi to`qima kiradi A)1,2 B)4,5 C)6,7 D)3,7 Download 19.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling